• 2-savol. Nuqtada uzish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi
  • 3-savol. Ikki nuqtada uzish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi
  • -savol. Uzaytirish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi




    Download 0.82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/8
    Sana25.10.2023
    Hajmi0.82 Mb.
    #90452
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    SO`Z TURKUMLARINI O`RGATISH USULLARI
     
    1-savol. Uzaytirish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi 
    Bu buyruqdan yuqori aniqlikda grafik yasashlar bajarishda foydalaniladi. Masalan, berilgan 
    aylanani AV va SD vatarlarining kesishgan E nuqtasini topish masalasi qo‘yilgan bo‘lsin. Bu nuqtani 
    uzaytirish buyrug`idan foydalanib quyidagicha topiladi: 
    1. Izlanayotgan nuqtadan uzoqroqda bu vatarlar bilan kesishadigan ihtiyoriy to‘g`ri chiziq 
    o‘tkaziladi. 
    2. Buyruq tugmasi 
    «Sichqon» bilan yuklanadi va «Enter» bilan qayd etiladi. Shunda, 
    ekrandagi barcha to‘g`ri chiziqlarni uzaytirish holati qayd etiladi.
    3. Shunda, ekranda kvadrat nishoncha paydo bo‘ladi va uni AV vatarni V uchiga keltirib qo‘yib, 
    «Sichqon»ning chap tugmasi bilan yuklansa, V uchidan boshlab AV kesma o‘tkazilgan ihtiyoriy to‘g`ri 
    chiziqqacha uzayib qoladi. Bu amalni qayta-qayta SD to‘g`ri chiziq uchun bajarib, AV va SD to‘g`ri 
    chiziqlarning kesishuv E nuqtasi aniqlanadi, 9-rasm. 
    9-rasm 


    2-savol. Nuqtada uzish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi 
    Ba`zi hollarda to‘g`ri chiziqni ikkiga ajratish kerak bo‘lib qoladi. Bunday hollarda bu buyruqdan 
    quyidagicha foydalaniladi: 
    1. Buyruq 
    tugmasi «Sichqon» bilan yuklanadi va muloqotlar oynasida ob`ekt so‘raladi. Unga 
    javoban to‘g`ri chiziq ekranda paydo bo‘lgan kvadrat nishoncha bilan ko‘rsatiladi. 
    1-rasm 
    2. Muloqotlar oynasida navbatdagi «Uzish nuqtasini ko‘rsating» so‘rovi paydo bo‘ladi, unga 
    javoban uzilish nuqtasi kiritiladi. Shunda, to‘g`ri chiziq ko‘z ilg`amas ikki bo‘lakka ajralib qoladi. 58-
    rasmda shunday to‘g`ri chiziq tasvirlangan. To‘g`ri chiziqning birinchi yarmi 30 mm yo‘g`onlikda va qizil 
    rangda, ikkinchi yarimi 50 mm yo‘g`onlikda hamda, qora rangda tasvirlangan. 
    3-savol.  Ikki nuqtada uzish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi 
    Agar, biror chiziqni ikki nuqta oralig`ida ajratilmoqchi bo‘lsa, quyidagi amallar bajariladi: 
    1. Buyruq 
    tugmasi «Sichqon» bilan yuklanadi va muloqotlar oynasida ob`ekt so‘raladi. Unga 
    javoban to‘g`ri chiziq ekranda paydo bo‘lgan kvadrat nishoncha bilan ko‘rsatiladi. Kompyuter to‘g`ri 
    chiziqni kvadrat nishoncha bilan ko‘rsatilgan nuqtasini, birinchi uzilish nuqtasi deb qayd etadi.
    2. Muloqotlar oynasida navbatdagi «Ikkinchi uzish nuqtasini ko‘rsating» so‘rovi paydo bo‘ladi, 
    unga javoban ikkinchi uzilish nuqtasi kiritiladi. Shunda, to‘g`ri chiziq bu nuqtalar oralig`ida uzilib, ikki 
    bo‘lakka ajralib qoladi. 1-rasmda shunday to‘g`ri chiziq tasvirlangan. To‘g`ri chiziqning birinchi yarmi 30 
    mm yo‘g`onlikda va qizil rangda, ikkinchi yarimi 60 mm yo‘g`onlikda hamda qora rangda tasvirlangan. 

    Download 0.82 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -savol. Uzaytirish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi

    Download 0.82 Mb.
    Pdf ko'rish