• Аннотация.
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Graflar nazariyasi yordamida mantiqiy masalalarni




    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana31.10.2022
    Hajmi0.54 Mb.
    #28650


    GRAFLAR NAZARIYASI YORDAMIDA MANTIQIY MASALALARNI 
    YECHISH 
    Xoljigitov Dilmurod Xolmurod o’g’li
    Jizzax davlat pedagogika inistituti o’qituvchisi 
    Isroilov Ilyos G’ulomoddin o’g’li
    Jizzax davlat pedagogika inistituti 1-bosqich magistranti. 
    Annotasiya. Ushbu maqolada biz graflar nazariyasining paydo bo’lish tarixi 
    haqida qisqacha ma’lumotlar keltirganmiz. Graflar yordamida mantiqiy 
    masalalarni yechishning qulayligiga misollar keltirganmiz.
    Kalit so’zlar: Graf, graflar nazariyasi, mantiqiy masala. 
    Аннотация. В этой статье мы даем краткий обзор истории теории 
    графов. Мы привели примеры простоты решения логических задач с 
    помощью графов. 
    Ключевые слова: граф, теория графов, логическая задача. 
    Annotation. In this article, we give a brief overview of the history of graph 
    theory. We have given examples of the ease of solving logical problems using 
    graphs. 
    Keywords: graph, graph theory, logic problem. 
    XIX asming o‘rtalaridalar aniqrog’i 1736-yilda L. Eyler tomonidan o‘sha 
    davrda qiziqarli amaliy masalalardan biri hisoblangan Kyonigsberg ko'priklari 
    haqidagi masalaning qo‘yilishi va uning yechilishi graflar nazariyasining paydo 
    bo‘lishiga asos bo‘ldi. Keyinchalik G. Kirxgof va A. Keli ham graflar nazariyasi 
    bilan bog‘liq tadqiqot ishlarini olib borishgan. «Graf» iborasini birinchilardan 
    bo’lib D. Kyonig 1936- yilda graflar nazariyasiga bag‘ishlangan dastlabki
    darslikni ishlab chiqdi. 
    Graflar nazariyasi bo‘yicha tadqiqotlar natijasida insonning oldidagi turli 
    masalalar va boshqotirmalarga yangicha yechim topila boshlandi va amaliyotda 
    qo‘lianildi.Masalan: boshqotirmalarni hal qilish; qiziqarli o'yinlar; yo‘llar, elektr
    zanjirlari, integral sxemalari va boshqarish sistemalarini loyihalashtirish; 


    avtomatlar, blok-sxemalar va kompyuter uchun programmalami tadqiq qilish va 
    hokazo. 
    Graf deb shunday juftlikka aytiladiki, bu yerda V≠
    ∅ va
    )
    ,
    (
    ,
    2
    1
    2
    1
    V
    V
    U









    ko‘rinishdagi juftliklar korteji bo’lib,
    V
    V

    to‘plamning 
    elementlaridan tuzilgan juftlikka aytiladi.
    Bir uchdan chiquvchi qirralar soni, uchning darajasi deyiladi. Grafning uchi 
    toq darajaga ega bo’lsa “toq”, juft darajaga ega bo’lsa “juft” deb ataladi.
    Teorema. Har qanday grafda toq darajali uchlar soni juftdir.
    Isbot. Grafning qirralarining soni uning uchlari darajasi yigindisining
    yarmiga teng. Qirralar soni butun son bo’lgani uchun uchlar darajalari yig’indisi
    butun son bo’lishi shart. Bunday holatda esa faqat grafning toq darajali uchlar soni 
    juft bo’lgandagina yuzaga keladi. 
    1-masala (Qadimiy boshqotirma). Kimdir, juda boy odam, quyidagi
    chizmani chizganlarning barchasiga ming dinor berdi. Ammo chizmani chizishda
    bitta shart qo’ydi. Ushbu chizmani chizishda qalamni varaqdan uzmasdan va 
    ustma-ust chiziq hosil qilmasdan chizish kerak edi. Boy bo’lish umidida odamlar 
    juda ko’p qog’ozlarni isrof qilib yubordi, ko’p vaqtni behuda sarf qilishdi va 
    afsonada aytilganidek, ko’plab boshlar uzilgan. 
    Yechish. Ta’rifga ko’ra bu shaklni shartni buzmay turib chizib bo’lmaydi.
    Chunki Eyler graflarini chizish uchun har bir uchidan o’tuvchi qirralar soni juft
    bo’lishi kerak, chunki bu grafni chizishda uchlarga kirishlar soni bilan chiqishlar 
    soni bir xil bo’ladi, albatta boshlang’ich va yakunlovchi uchlar bundan istisno. 
    2-Masala. Qishloqda 9 ta uy bor.Farmon-Ilyos va Amonning qo’shnisi, 
    Mirshod-Ilyos va Sanjarning qo’shnisi, Vali-Dilshod va Naimning qo’shnisi, 


    Elyor-Naimning qo’shnisi ekanligi aniq va boshqa qo’shnilar mavjud bo’lmasa, 
    Farmon kechasi o’zining bog’i orqali o’tib, Naimlarnikidan olma olib bo’ladimi?
    Yechish. Muammo haqidagi savolga darhol javob berish oson emas. Keling, o’g’il 
    bolalarning ismlarini yozamiz va qo’shnilarni chiziqlar bilan bog’laymiz: 
    3-shakldagi grafdan ko’rinib turibdiki Farmon bilan Naim qo’shni emas. Demak, 
    Farmon kechasi o’zining bog’i orqali o’tib, Naimlarnikidan olma olib bo’lmaydi. 
    Xulosa qilib aytganda graflar nazariyasi va kombinatorika elementlariga oid
    olimpiada masalalarini yechishda tadbiqlarini o’rganganimizda, maktab 
    olimpiadasida ayrim masalalarni graflar nazariyasi yordamida osonnva tez 
    yechish mumkin. Graflarni birlashtirish, biriktirish, ko’paytirish, grafni 
    qismlarga ajratish va ba’zi o’yinlarda doim golib bo’lish konbinasiyalarini 
    tuzishga doir masalalar yechimlarini keltirib chiqarish mumkin. 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. H.To’rayev va boshqalarnazariyasi> Toshkent-,,ilm ziyo”-2009.y 
    2. Umida Umarovna Umarova. "Science and Education" Scientific Journal / 
    ISSN 2181-0842 November 2021 / Volume 2 Issue 11.
    3. 
    GEOMETRIYANING ALGEBRAIK TENGLAMALARNI 
    YECHISHGA BAZI TATBIQLARI
    .
     D Xoljigitov - Журнал 
    математики и информатики, 2021 
    4. 
    Dilmurod Xoljigitov, 
    GEOMETRIYANING ALGEBRAIK 
    TENGLAMALARNI YECHISHGA BAZI TATBIQLARI. , Журнал 
    математики и информатики: Том 1 № 3 (2021): MATEMATIKA VA 
    INFORMATIKA 

    Download 0.54 Mb.




    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Graflar nazariyasi yordamida mantiqiy masalalarni

    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish