• Qabul qildi: Ismailov A. Mavzu: Massivlar. Ko’rsatkichlar va dinamik massivlar Reja: Massiv.
  • Referat axborot tizimlari va texnologiyalari Algoritmlash va dasturlash asoslari




    Download 171,85 Kb.
    bet1/5
    Sana22.11.2023
    Hajmi171,85 Kb.
    #103416
    TuriReferat
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    azizbek algaritimlash


    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
    Toshkent Moliya Instituti Andijon fakulteti



    REFERAT


    Axborot tizimlari va texnologiyalari
    Algoritmlash va dasturlash asoslari
    Mavzu: Ko’rsatkichlar va dinamik massivlar
    Topshirdi: Erkinov A.
    Qabul qildi: Ismailov A.

    Mavzu: Massivlar. Ko’rsatkichlar va dinamik massivlar

    Reja:

    1. Massiv.

    2. Ko’rsatkichlar.

    3. Dinamik massivlar.


    Massiv
    C++ dasturlash tilida kompyuter xotirasiga bir o’zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlarda foydalanishga to’g’ri keladi. Bir o’zgaruvchi bilan bir nechta qiymat ustida amallar bajarish uchun berilgan ma’lumotlar bir turga mansub bo’lishi kerak. C++ dasturlash tilida bir o’zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlardan foydalanish uchun massiv degan turdan foydalaniladi. Dasturlash tillarida ro’yxat yoki jadval ko’rinishidagi ma’lumotlarni massiv deb atashadi. Massiv so’zining ma’nosi o’lcham, o’lchov demakdir. Massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo’lib, ular bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi.
    Endi dasturdagi ma’lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma’lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o’zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Statik massivlar elementlar soni oldindan ma’lum bo’lgan va initsializatsiyalangan (qiymat belgilangan) massivlar hisoblanadi. Dinamik ma’lumot tiplari dastur davomida o’z hajmini, egallagan xotirasini o’zgartirishi mumkin. Dinamik massivlar esa elementlari soni oldindan ma’lum bo’lishi va uni initsializatsiyalash (qiymat belgilash) shart emas. Statik massivlarning kamchiliki shundaki, agar ularning o’lchamini oldindan juda katta olinsa-yu, uning ko’p qismi keraksiz qolib ketsa, u holda xotira behuda sarflanishiga olib keladi. Shu muammoni hal qilish maqsadida massivlar C++ tilida asosan dinamik tarzda e’lon qilinadi. Massivlar dasturlashda eng ko’p qo’laniladigan ma’lumot tiplaridir. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o’zgaruvchilar guruhidir. Alohida bir o’zgaruvchini ko’rsatish uchun massiv nomi va kerakli o’zgaruvchi indeksini yoziladi.
    Ta’rif: Bir turga mansub bo’lgan yagona nom bilan saqlanuvchi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi massiv deyiladi.
    Massivlar yagona o’zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning elementlari ma’lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. Massivlar yagona nom bilan bir nechta qiymatni o’zida mujassamlashtiradi, bularga matematikadagi vektorlarni misol keltirish mumkin. Vektor ham yagona nom bilan saqlanib uning tarkibida bir nechta qiymatni o’zida mujassamlashadi. Vektorning ham elementlari bir turga mansub va tartiblangan bo’ladi.


    Download 171,85 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 171,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat axborot tizimlari va texnologiyalari Algoritmlash va dasturlash asoslari

    Download 171,85 Kb.