• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Wi-BRO (WIRELESS BROADBAND): 802.16 d/e NING SIMULYaTsION




    Download 37,85 Kb.
    bet8/8
    Sana16.01.2024
    Hajmi37,85 Kb.
    #139020
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mavzu Simsiz tarmoq texnologiyalari. Bajardi-fayllar.org
    YZDQWdRMRMuWk0FPJLf5CSHvNxRPxzVnQV4oYn91, Mavzu Xayol, kurs ishi, KORXONA IQTISODIYOTI, vkr, Amaliy ekonometrik modellar, Лагмонота 9CD3L4i, O\'zlashtirish qaydnomasi (2), Презентация без названия, 3-Mavzu matnni, Жолдасов Асан объективка, 2 5258468115649412113, 31-Hapte, моя курсовая (4)
    Wi-BRO (WIRELESS BROADBAND): 802.16 d/e NING SIMULYaTsION

    MODELI
    Telekommunikatsiya sohasidagi dunyo olimlari simsiz aloqa texnologiyalarini
    rivojlantirish maqsadida ko’plab ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Buning
    natijasida yangi texnologiyalar paydo bo’lmoqda.
    Simsiz aloqa tizimlari rivojlanishi natijasida foydalanuvchilar uchun keng va

    qulay imkoniyatlar paydo bo’ldi. Ular mobil telefon apparati yoki simsiz aloqa


    vositasi yordamida internet tarmog’iga katta tezlikda ulanish, fayl va turli
    ko’rinishdagi axborotlarni uzatish tarmog’i orqali uzatib qabul qilish kabi
    xizmatlar turidan foydalanish uchun etarlicha imkoniyatlarga ega bo’ldilar.
    Zamonaviy simsiz aloqa texnologiyalariga Wi-Fi, Wi-Max va Wi-Bro misol qilib
    ko’rsatish mumkin. Bu texnologiyalardan ko’pgina davlatlarda keng
    foydalanilmoqda.

    O’zbekistonda ham bu borada ko’pgina ishlar amalga oshirilib,


    foydalanuvchilar tomonidan katta qiziqishlar yuzaga kelishiga sabab bo’linmoqda.
    Mamlakatimizdagi aloqa sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalar, qo’shma
    korxonalar va internet servis provayderlar, jumladan, Huawei Technologies Co
    Ltd., East Telecom, Sharq Telecom, MaxLine kabilar simsiz aloqa texnologiyasini
    telematika xizmatlaridan foydalanishga joriy qildilar.
    Simsiz aloqa texnologiyasining eng so’nggi avlodi IEEE 802.16 d/e standarti

    bo’lib, unga Wi-Bro, ya’ni “keng yo’lakli simsiz aloqa” deb nom berildi. Uni Wi-


    Fi, Wi-Max larning takomillashgan versiyasi deb hisoblash mumkin. Wi-Bro
    texnologiyasini ilk bora 2005 yil Koreyada Samsung Electronics kompaniyasi
    foydalanishga taqdim etdi. Koreya bu texnologiya bo’yicha eng etakchi davlat
    hisoblanadi. 2007 yilning avgustida Toshkentda bo’lib o’tgan “IT” forumda koreys
    mutaxassislari bu texnologiyani O’zbekistonda ham joriy etish taklifi bilan chiqdi.
    Hozirgi kunda davlatimizda bu texnologiyani joriy qilishning texnik-
    ekspluatatsion, moliyaviy, unga bo’lgan talab va taklif va shu kabi boshqa

    jihatlarini o’rganib chiqilmoqda. Tez orada bu texnologiyani tarmoqlarimizga joriy


    qilish ham amalga oshish bo’sag’asida turibdi.
    Aynan shularni e’tiborga olib, bizning mutaxassislarimiz o’z nazariy va amaliy
    bilimlarimizni bu texnologiyaning rivoji va O’zbekistonda qo’llanilishi uchun sarf
    qilish maqsadida loyihalar ustida izlanishlar olib bormoqdamiz. Chet el
    mutaxassislarining ilmiy ishlarini o’rganib, o’zimizning loyihalarimizni
    takomillashtirish oldimizga qo’yilgan dolzarb vazifalarimizdan biridir. Ular ushbu
    ishda Wi-Bro texnologiyasi asosida qurilgan aloqa tizimining tashkil etuvchi
    komponentlaridan foydalanish, uning muhim jihatlarini o’rganish uchun imitatsion
    modellashtirish dasturi yordamida uning muhim masalalari, MAS sathining
    samarali o’tkazuvchanligi, resurslardan foydalanish samaradorligi, QoS ta’minoti
    kabilarning simulyasiyasini ko’rib chiqdilar.
    IEEE 802.16 d/e standartiga asosan keng yo’lakli simsiz ulanish tizimi BWA
    (Broadband Wireless Access) ning fizik PHY va MAS sathlari mavjud bo’lib,
    ularni bazaviy va abonent stantsiya (B&SS- Base&Subscriber Station)sifatida
    ifodalash mumkin. Ushbu texnologiyaning afzalligi shundaki, olis masofadagi
    foydalanuvchilar osongina yuqori tezlikli keng yo’lakli simsiz aloqa xizmatlaridan
    foydalanish muhitiga osongina ulanish, kirish imkoniyatiga ega ekanligidadir. Bu
    mavjud bo’lgan simli va sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlariga qaraganda moliyaviy
    jihatdan archa arzondir. Bundan tashqari 802.16 standarti 802.11 standartiga
    qaraganda bir necha foydalanuvchilarga bir vaqtning o’zida WWW muhitiga kirish
    imkoniyatini beradi. Shuningdek 802.16 standarti nafaqat fiksirlangan BWA
    (802.16 d) tizimlari uchun, balki mobil BWA (802.16 e) tizimlari uchun ham
    mo’ljallangan. Wi-Bro va boshqa simsiz aloqa texnologiyalari ma’lum bir chastota
    diapozonida ishlaydi. Radio kanallar uchun chastota diapozonlarini ajratib berish
    aloqa sohasiga mutasaddi korxonalar va elektromagnit moslashuv markazi bilan
    kelishilgan holda amalga oshiriladi. Wi-Bro tizimi (Wi-Bro texnologiyasi asosida
    qurilgan) uchun 100 MHz chastota diapozoni etarli hisoblanadi. Bu boshqa mobil
    aloqa tizim chastota diapozoniga (GSM 1800, 1900 MHz; CDMA 450, 900 MHz )


    qaraganda deyarli 18-19 barobar kichikdir. Demak, bu tizimning inson


    salomatligiga zarari ancha kamdir.
    Wi-Bro tizimida ham aloqani taxminlovchi radio kanallar mavjud. Ular uplink
    (UL – BSdan SSga signallarni uzatuvchi radiokanal) va downlink (DL – SSdan
    BSga signallarni uzatuvchi radiokanal) deb nomlanuvchi fiksirlangan vaqt
    oralig’lariga bo’linadi va ular “freym” deb ataladi. 802.16 standartiga asosan
    freymlarni vaqt bo’yicha taqsimlash orqali dupleks (TDD – Time Division Duplex)
    kanallar hosil qilinadi. Wi-Bro tizimida radiokanallarni ortogonal chastota
    bo’yicha taqsimlashli ko’p kirishli (OFDMA – Orthogonal Frequency Division
    Multiple Access) TDD ishlatiladi. OFDMA TDD asosida hosil qilingan freymning
    5 msek teng bo’lib, ular “simvol” deb nomlanuvchi aniq vaqt oralig’idagi mantiqiy
    birliklar ketma-ketligidan iborat. Freymning strukturasiga e’tibor beradigan
    bo’lsak, 27 ta simvol DL, 15 ta simvol UL uchun ajratilgan. Uning tuzulishi
    quyidagi rasmda keltirilgan:
    4-rasm. Wi-Bro OFDMA TDD freym strukturasi
    Bu erda MAP – freymning boshqaruvchi qismi bo’lib, u o’z navbatida DL va
    UL pulsatsiya oqimlarini boshqaruvchilaridan iborat. Freym 16 ta radiokanallardan
    iborat bo’lib, bu kanallarda uzatiluvchi va qabul qilinuvchi axborot oqimlari
    joylashtiriladi. SS dan BS orqali ma’lumotlar kontenti manbaiga (DTG – Dinamic
    Traffic Generator) so’rov paketlari jo’natiladi. O’z navbatida DTG ham SS ga
    tasdiq paketini yuboradi va ma’lumotlar almashunivi amalga oshiriladi.
    O’rganilayotgan loyihada foydalanuvchilar quyidagi tur ilovalardan foydalanadi:

    VoIP (Voice over IP) – tovush ma’lumotlari


    Video streaming – video ma’lumotlar
    HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) – internet xizmati
    FTP (File Transfer Protocol) – fayllar almashinuvi



    XULOSA

    Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, simsiz aloqa texnologiyasi rivojlanishi


    natijasida qimmat bo’lgan simli va sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlaridan kam
    foydalanilib, iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka erishish mumkin. Bunday
    texnologiyalarni qo’llash orqali foydalanuvchi mobil va statsionar holatda,
    ixtiyoriy geografik muhitda ham aloqa almashinuvini va boshqa aloqa
    xizmatlaridan samarali foydalana oladi va vaqtdan ham, iqtisodiy jihatdan yutuqqa
    erishiladi.
    Shularni e’tiborga olib, biz ham Wi-Fi, WiMax va Wi-Bro texnologiyalarining
    ochilmagan qirralarini o’rganish, ularni qo’llash choralarini topish, parametrlarini
    optimallashtirish va yangi ko’rinishdagi tarmoq topologiyalarini loyihalashtirish
    oldimizga qo’yilgan dolzarb va muhim masaladir.




    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Qosimov S.S “Axborot texnologiyalari” texnik oliy o’quv yurtlari uchun
    uslubiy qo’lanma. Toshkent.: “Aloqachi” 2006
    2. Internet ma’lumotlari.

    3. www.forum.uz , www.evo.uz , google.co.uz , www.tuit.uz saytlari.





    http://fayllar.org
    Download 37,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 37,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Wi-BRO (WIRELESS BROADBAND): 802.16 d/e NING SIMULYaTsION

    Download 37,85 Kb.