|
Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya
|
bet | 4/8 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 88,88 Kb. | | #133271 | Turi | Referat |
Bog'liq ReferatBiometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya
Biometrik parametrga asoslangan autentifikatsiya usulida biometrik parametr
insonning uzi uchun kalit sifatida xizmat qiladi. Juda ham ko‗plab biometrik
parametrlar mavjud, masalan, barmoq izi, yuz tasviri, ko‗z qorachigi, ovoz, xarakattarzi, qulok shakli, qo‗l shakli va xak. Biometrik parametrlarga asoslangan
autentifikatsiya usuli amalda keng qo‗llaniladi. Masalan, ko‗p qavatli uylarni kirisheshiklarida yoki tashkilotlarga kirishda barmoq iziga asoslangan autentifikatsiyausuli, noutbuklarda va mobil telefonlarda yuz tasviriga asoslangan yoki barmoqiziga asoslangan autentifikatsiyadan keng qo‗llaniladi (rasm).
Barmoq izi Yuz tasviri Kuz korachigi Ovoz
Biometrik na‟munalarga misollar
Axborot xavfsizligi soxasida biometrik parametrlar parollarga karaganda yuqori
xavfsizlikni ta‘minlovchi alternativ sifatida qaraladi. Biometrik parametrlarga asoslanganautentifikatsiya usuli quyidagi xususiyatlarga ega:
- biometrik parametrga asoslangan usul o’zida esda sakdash va birga olib yurish
zaruriyatini talab etmaydi;
- biometrik parametrga asoslangan autentifikatsiyani amalga oshirish parolga
asoslangan usuldan qimmat va tokenga asoslangan usuldan arzon hisoblanadi (ba‘zi,
istisno xolatlar mavjud);
- biometrik parmetrni almashtirish imkoniyati mavjud emas, Ya‘ni, agar
biometrik parametr qalbakilashtirilsa, U xolda autentifikatsiya tizimi shu foydalanuvchiuchun to‗liq buzilgan hisoblanadi;
- turli biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya usullari insonlar
tomonidan turli darajada qabul qilinadi.
Autentifikatsiya soxasida foydalanish uchun ideal biometrik parametr quyidagilarni
qanoatlantirishi shart:
- universal bo’lishi - biometrik parametr barcha foydalanuvchilarda bo’lishi
shart;
- farqli bo’lish - tanlangan biometrik parametr barcha insonlar uchun farq qilishi
shart;
- o’zglik - tanlangan biometrik parametr vaqt o’tishi bilan o’zgarmayarmas qolishi shart;
- to’planuvchanlik - fizik xususiyat osonlik bilan to’planuvchi bo’lishi shart.
Amalda fizik xususiyatni to’planuvchanligi, insonning jarayonga e‘tibor berishiga hambog’lik bo’ladi.
Biometrik parametr nafaqat autentifikatsiya masalasini yechishda balki,
identifikatsiyalashda ham keng qo’llaniladi. Ya‘ni, ―Siz kimsiz?‖ degan savolga javob beraoladi. Masalan, BI da jinoyatchilarga tegishli barmoq izlari bazalari mavjud. Ushbu bazadabarmoq izlari (barmoq izi tasviri, foydalanuvchi nomi)shaklida sakdanadi va bu orqalibiror insonni jinoyatchilar ro’yxatida bor yo’qligini tekshira oladi. Buninguchun, tekshiriluvchi insondan barmoq izi tasviri olinadi va u RV1 bazasida mavjud bo’lsa,u xolda tekshiriluvchi insonning nomi barmoq izi tasviriga mosfoydalanuvchi nomi bilanbir xil bo’ladi.
|
| |