|
Referat Mavzu: Dvigatelar tuzilishi Tekshirdi: AkramovAbdulaziz Bajardi: Xaitov Xudoyberdi Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 26.12.2023 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #128431 | Turi | Referat |
Bog'liq 3-Mavzu. Dvigatelar tuzilishi. Reja
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI IQTISODIYOT FAKULTETI
Referat
Mavzu: Dvigatelar tuzilishi
Tekshirdi: AkramovAbdulaziz
Bajardi: Xaitov Xudoyberdi
Reja
Avtomobil dvigatelinig tasnifi, umumiy tushunchalar va asosiy parametrlari.
Turli dvigatellarni ishlash prinsiplari, to’rt takli dvigatellar, ikki taktli dvigatellar, rotor porshenli dvigatellar, gaz trubinali dvigatellar.
Dvigatelning konstruktsiyalari. Dvigatellarni mexanizm va tizimlari.
Avtomobil dvigatelinig tasnifi, umumiy tushunchalar va asosiy parametrlari.
Dvigatel yonuvchi ish aralashmaning yonishidan xosil bo’lgan kimyoviy issiqlik energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi va avtomobilni harakatlanishi uchun energiya sarflaydigan mashina. Ichki yonuv dvigateli tuzilishi bo’yicha: porshenli, elektr, gaz turbinali, reaktiv, rotor-porshenli, maxovik, bug’, orbital va stirinling dvigatellar bo’ladi.
Zamonaviy avtotransport vositalariga asosan porshenli ichki yonuv dvigatellari o’rnatiladi. Avtomobillarga o’rnatiladigan porshenli ichki yonuv dvigatellari qo’yidagi turlarga bo’linadi:
- ishlatiladigan yonilg’i turiga qarab: yengil suyuk yonilg’i - benzinda ishlaydigan yoki siqilgan suyuk gaz bilan ishlaydigan karbyuratorli dvigatellar, og’ir suyuq yonilg’ida ishlaydigan dizel dvigatellari.
- yonuvchi aralashma xosil kilish usuliga qarab, tsilindr tashqarisida aralashma xosil qiluvchi karbyuratorli dvigatellar va tsilindr ichida aralashma xosil kiluvchi dizel dvigatellari.
- ishchi aralashmaning alangalanish bo’yicha elektr uchkuni bilan alangalanadigan karbyuratorli dvigatellar bilan va siqish natijasida qizigan sof havoga purkalgan yonilg’i zarralari tegib o’z-o’zidan alangalanadigan dizel dvigatellari.
I sh jarayonini xosil qilish usuliga qarab: to’rt taktli va ikki taktli dvigatellar. Konstruktiv tuzilishi bo’yicha: 1,2,3,4,5,6,8,12 porshenli va ularning joylashuv tartibiga qarab (tik qatorli, yotiq qatorli yoki V-simon), gaz taqsimlash mexanizmining joylashuvi bo’yicha - klapanlari yuqorida yoki pastda joylashgan va taqsimlash valining joylashuvi bo’yicha - taqsimlash vali blok ichida joylashgan yoki blok qopqog’ida joylashgan.
|
| |