|
Turli dvigatellarni ishlash prinsiplari, to’rt takli dvigatellar, ikki taktli dvigatellar, rotor porshenli dvigatellar, gaz trubinali dvigatellar
|
bet | 3/4 | Sana | 26.12.2023 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #128431 | Turi | Referat |
Bog'liq 3-Mavzu. Dvigatelar tuzilishi. RejaTurli dvigatellarni ishlash prinsiplari, to’rt takli dvigatellar, ikki taktli dvigatellar, rotor porshenli dvigatellar, gaz trubinali dvigatellar.
Ichki yonuv dvigatelning asosiy tariflari va ko’rsatkichlari. Porshen ustuni tirsakli val o’qidan eng uzoqlashgan tsilindr ichidagi yuqorida turish holati (nuqta) ni yuqorigi chekka nuqta (Yu.CH.N) deb ataladi. Porshen ustining tirsakli val o’qiga eng yaqinlashgan tsilindr ichidagi pastda turish holati (nuqta)ni pastki chekka nuqta (P.CH.N) deb aytaladi. Porshen bir chekka nuqtadan ikkinchi chekka nuqtagacha harakatlanganda bosib o’tilgan masofani porshen (S) yo’li deb ataladi.
Tirsakli valning tayanch bo’yni va shatun o’qlari orasidagi masofa (r) ni krivoship radiusi deb ataladi.
Porshen yo’li krivoship radiusining ikki barobariga S=2R teng bo’ladi.
Porshen yuqorigi chekka nuqtadan pastki chekka nuqtagacha harakatlanganda hosil bo’lgan hajm (Vщ) tsilindrning ishchi hajmi deb ataladi. U qo’yidagi ifoda bilan
aniqlanadi.
Vщ=πD2S/4, m3
bu yerda: D - tsilindr diametri, m
S - porshen yo’li, m
Porshen yuqorigi chekka nuqtada turganda, uning yuqorisida xosil bo’lgan hajm (Vs) siqish yoki yonish bo’linmasining hajmi deb ataladi.
Porshen pastki chekka nuqktada turganda uning ustida hosil bo’lgan tsilindr bo’shlig’i (Va) ni tsilindrning to’la hajmi deb ataladi.
TSilindrning ishchi hajmi va yonish bo’linmasining hajmi qo’shilib, tsilindrning to’la (Va) hajmini ifodalaydi.
Va=Vc+Vщ
TSilindr to’la hajmining yonish bo’linmasining hajmiga nisbatini siqish darajasi deb ataladi. U qo’yidagi ifoda bilan aniqlanadi.
Siqish darajasini qiymati:
Karbyuratorli dvigatellar 6,5-10 gacha;
Dizel dvigatellarida 14-21 ga teng.
Siqish darajasi porshen P.CH.N. dan Yu.CH.N. ga borganda tsilindr ichidagi ishchi aralashmasining hajmi siqish tufayli necha marta kamayishini ko’rsatadi.
Ko’p tsilindrli dvigatellarda tsilindrlarning ishchi hajmlarining yig’indisini dvigatelning litraji (Vl) deb ataladi:
Vl=Vщ·i 1000, l
bu yerda: i-tsilindrlar soni; 1000-m3 ni litrga aylantiruvchi koeffitsient.
2.1-jadval
Avtomobil dvigatelining texnik ko’rsatkichlari
Ko’rsatkichlar
|
Avtomobil nusxalari
|
GAZ-53A
|
Zil-130
|
KamAZ-5320
|
VAZ-2106
|
O’zOtayo’l M-50
|
Tiko
|
Damas
|
Neksiya
|
Dvigatelь
|
SM3-53 V-simon
|
Zil-130 V-simon
|
Kamaz 740 V-simon
|
VAZ-2106
|
IVECO 8040.25
|
F8C
|
F8CB
|
SONC
|
TSilindr diametri, mm
|
92
|
100
|
120
|
79
|
104
|
68,5
|
68,5
|
|
TSilindrlar soni
|
8
|
8
|
8
|
4
|
4
|
3
|
3
|
4
|
Porshen yuli, mm
|
80
|
95
|
120
|
80
|
115
|
72
|
72
|
|
TSilindrni ishchi hajmi, litr
|
4,25
|
6,0
|
10,85
|
1,57
|
3,90
|
0,89
|
0,89
|
1,49
|
Sikish darajasi
|
6,7
|
6,5
|
17
|
8,5
|
17
|
9,3
|
9,3
|
8,6
|
TSilindrlarni ishlash tartibi
|
15426-378
|
15426-378
|
15426-378
|
1342
|
1342
|
132
|
132
|
1342
|
Maksimal quvvati, kVt
|
84,6
|
110,6
|
154,4
|
58,8
|
85
|
30,14
|
27,9
|
66,1
|
Aylanishlar soni, ayl/min
|
3200
|
3200
|
2600
|
5400
|
2700
|
5500
|
5000
|
5400
|
Maksimal burovchi moment, kVt
|
284,4
|
402
|
637,4
|
121,6
|
353
|
60
|
64
|
123
|
Aylanishlar soni, ayl/min
|
2000-2200
|
1800-2000
|
1400-1700
|
3000
|
1400
|
2500
|
3000
|
3400
|
Porshenning chekka nuqtalarda to’xtamay harakatlanishini disk shaklidagi maxovik (16) ta’mirlab turadi.
Kiritish, siqish, kengayish va chiqarish jarayonlarining yig’indisini ish tsikli deb ataladi.
Ish tsiklining bir qismini takt deb ataladi.
Dvigatelning ish tsikli porshenning to’rt yurishida sodir bulsa, bunday dvigatelni to’rt taktli dvigatel, porshenning ikki yurishida sodir bo’lsa, dvigatelni ikki taktli dvigatel deb ataladi.
To’rt va ikki taktli porshenli dvigatellarning umumiy tuzilishi.
2.1 To’rt taktli dvigatellarning ish tsikllari.
To’rt taktli karbyuratorli dvigatelning ish tsikli. Dvigatelning ish tsikli to’rtta taktdan iborat (2.2-rasm).
Birinchi takt - kiritish. Bu takt tsilindrni yonuvchi aralashma bilan to’ldirish uchun zarur. Porshen YuCHN dan PCHN gacha harakatlanganda tsilindrda 0,07-0,08 MPa gacha siyraklanish (havosizlanish) vujudga kelib uning ta’sirida ochilgan kiritish klapani orqali tsilindrga yonuvchi aralashma kiradi. Yonuvchi aralashma tsilindrda avvalga ish tsiklidan kolgan ishlatilgan gaz bilan aralashib ishchi yonuvchi aralashma hosil bo’ladi. Porshen YuCHN dan PCHN ga yetganda tsilindr yonilg’i aralashmasi bilan to’ladi, kiritish klapani yopiladi. Takt oxirida bosim 0,7-0,9 kg/sm2 va xarorati 70-1100 S bo’lgan ishchi aralashmasi xosil bo’ladi.
2.2-rasm. Bir tsilindrli karbyuratorli dvigatelning ish tsikli.
1-kiritish klapani, 2-yondirish shami (svecha), 3-chiqarish klapani,
4-porshen, 5-shatun, 6-tirsakli val
Ikkinchi takt -siqish. Bu taktli ishchi aralashmasining hajmini kamaytirish natijasida uning ichki energiyasini ko’paytirib, uni yonishiga tayyorlanadi. Porshen PCHN dan YuCHN ga tomon siljigan paytda ishchi aralashma siqiladi. Bu paytda kiritish xamda chiqarish klapanlari yopik bo’ladi. Siqish takti oxirida ishchi aralashmaning bosimi 12-17 kg/sm2 xarorati 300-4000S bo’ladi.
Siqish taktining oxirida svecha elektrodlari orasida yuqori kuchlanishga ega bulgan elektr uchkuni paydo bo’ladi, uning ta’sirida tsilindrda siqilgan ishchi aralashma alangalanadi.
Uchinchi takt - ish yo’li. Yoki yonish va kengayish takti. Bu taktda ishchi aralashmaning yonishidan xosil bulgan issiqlik energiyasi foydali mexaniq energiyaga aylantiriladi. Bunda kiritish va chiqarish klapanlari yopiq holatda bo’ladi. Takt boshlanishda aralashma yonib ko’p miqdorda issiqlik chiqaradi. SHu vaqtda yongan gazlarning bosimi 35-50 kg/sm2 xarorati esa 2000-24000S gacha ko’tariladi. Bu bosim ta’sirida porshen YuCHN dan PCHN ga harakatlanib, bunda ish yo’li takti bajariladi.
To’rtinchi takt - chiqarish. Bu taktda tsilindrni ishlatilgan gazlardan tozalanadi. CHiqarish klapani ochilganda porshen PCHN dan YuCHN ga harakatlanib yongan gazlarni tsilindr ichidan surib tashqi muhitga chiqarib yuboradi. Bu taktning oxirida tsilindr ichida qolgan gazlarning bosimi 1,1-1,2 kg/sm2 xarorati 500-8300 sm atrofida bo’ladi.
To’rt taktli dizel dvigatelning ishchi tsikli. Dizel dvigatelda tsilindr ichiga tozalangan sof xavo kiritiladi va siqilgan xavoga forsunka yordamida yonilg’i purkaladi. (2.3-rasm)
2.3- rasm. To’rt taktli dizel dvigatelining ish tsikli
1-kiritish klapani, 2-forsunka, 3-chiqarish klapani, 4-porshen,
5-yuqori bosimli yonilg’i nasosi (YuBYoN)
Birinchi takt–kiritish. Porshen YuCHN dan PCHN ga tomon harakatlanganda tsilindrga kiritish klapani chang to’zonlardan tozalangan sof havo so’riladi, takt oxirida tsilindrdagi xavoning bosimi 0,8-0,9 kg/sm2 xarorati esa 50-700S bo’ladi.
Ikkinchi takt-siqish. Ikkala klapan yopiq holatda bo’ladi. Porshen PCHN dan YuCHN ga harakatlanganda tsilindrdagi havo siqiladi. Siqish takti oxirida havo bosimi 30-40 kg/sm2 gacha xarorati esa 500-7300S gacha ko’tariladi. SHu payt tsilindrga forsunka orqali yuqori bosimli yonilg’i nasos yordamida 200 kg/sekund bosim ostida yonilg’i purkaladi. Purkalgan yonilg’i o’ta qizdirilgan havo bilan aralashtirib o’z o’zidan alangalanadi.
Uchinchi takt-kengayish. Ikkala klapan yopiq holatda bo’ladi. Siqish taktning oxirida alangalangan yonilg’ining yonishi biroz davom etadi. Bu paytda tsilindrdagi bosim 50-80 kg/sm2, xarorat 1630-19300S atrofida bo’ladi. Yuqori bosim ta’sirida porshen YuCHN dan PCHN ga harakatlanib, shatun orqali tirsakli val krivoshipni 1800S burchakda buradi. Porshen PCHN ga yaqinlashganda gazlarning kengayishi natijasida ularning tsilindrdagi bosimi 30-40 kg/sm2 ga, xarorati esa 630-9300S ga pasayadi.
To’rtinchi takt - chiqarish. Bu taktda chiqarish klapani ochiq holatda bo’ladi. Porshen PCHN dan YuCHN ga harakatlanib, ishlatilgan gazlarni chiqarish klapani orqali tashqi muhitga chiqarib yuboradi.
Bu takt oxirida tsilindrda qolgan gazlarning bosimi 1,1-1,2 kg/sm2 xarorati esa 430-6300S ga teng bo’ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Turli dvigatellarni ishlash prinsiplari, to’rt takli dvigatellar, ikki taktli dvigatellar, rotor porshenli dvigatellar, gaz trubinali dvigatellar
|