|
Referat mavzu: Mutaxassislik bo‘yicha Bajardi: Aliyev Azizbek 072-22 Tekshirdi: Komila Goyubova
|
bet | 1/3 | Sana | 08.07.2024 | Hajmi | 193,57 Kb. | | #267030 | Turi | Referat |
Bog'liq 072-22 Azizbek Aliyev
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETI
REFERAT
Mavzu: Mutaxassislik bo‘yicha
Bajardi:Aliyev Azizbek 072-22
Tekshirdi:Komila Goyubova
Toshkent-2024
Reja :
1. AXBOROTNI XAVFSIZLIGI, KIBERJINOYATCHILIK VA AXBOROTGA TAHDIDLAR.
2.Axborotni ximoyalashning maqsadlari
3.Axborot xavfsizligi nuktai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
4.Turkumlanishi
5.Axborot xavfsizligi
6.Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar
7.Axborot zaifliklari
AXBOROTNI XAVFSIZLIGI, KIBERJINOYATCHILIK VA AXBOROTGA TAHDIDLAR
Axborot xavfsizligi – tasodifiy va atayin qilingan hujumlardan himoyalanish. Axborot xavfsizligi ko‗p qirrali faoliyat sohasi bo‗lib, unga faqat tizimli va kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin
O‗zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‗g‗risida»gi qonunida axborot va uning turlari to‗g‗risida quyidagi ta‘riflar keltirilgan:
axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‘iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari;
ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‗ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar;
hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‗yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot;
maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‗yiladigan hujjatlashtirilgan axborot. Ushbu ta‘rif O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida» 2011-yil 8-iyuldagi PQ–1572-son qarorini amalga oshirish choratadbirlari haqida»gi 2011-yil 7-noyabr 296 sonli qarorida quyidagicha ifodalangan:
maxfiy axborot – O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‗lmagan hujjatlashtirilgan axborot.
|
| |