|
Referat mavzu: soliq solishda biznes subeyktlari maqomini aniqlash mezonlari. Guruh: sst-stx-15-22
|
bet | 1/2 | Sana | 01.03.2024 | Hajmi | 412.6 Kb. | | #165245 | Turi | Referat |
Bog'liq 15-22 Biznesni soliqqa tortish Odil Keldibekov mhgfkf, 15 MAVZU, 6unja646F$, SST-STX 15-22 Kasimova Maxfuza MIT, 4 KURS TALABALARINING MFY GA BIRIKTIRILGANLIGI 26 02 2024 YIL, Abraham Maslouning ehtiyojlar piramidasi, ДНЕВНИК, 5 МАҚОЛАЛАРНИ ТАҚДИМ ЭТИШ ШАРТЛАРИ 2022, O\'qish savodxonligi 3 chorak yakuni bo\'yicha Test sinovi Gulchehra, Dalerjon Norkulov converting color spaces 1-6 topshiriq, 1 mustaqil ishs, 2 mustaqil ishh, saf mashqlari
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH” FАKULTETI
“BIZNESNI SOLIQQA TORTISH” fani
REFERAT
MAVZU: SOLIQ SOLISHDA BIZNES SUBEYKTLARI MAQOMINI ANIQLASH MEZONLARI.
Guruh: SST-STX-15-22
Bajardi: O. Keldibekov
Tekshirdi: Fayziyev Farrux
Reja:
Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston respublikasi prezidentining va o‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda uni o‘zbekistonda tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Kirish.
2023-yil 10-fevral kuni prezidentning “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, tadbirkorlar quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratildi:
- kichik tadbirkorlik subyektlari:
-yakka tartibdagi tadbirkorlar;
-mikrofirmalar – taʼsischilari jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi yil davomida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
-kichik korxonalar – jami daromadi yil davomida 1 milliarddan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
-oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 10 milliarddan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
-yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 100 milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlar.
2023-yil 1-apreldan:
- 1 yilda bir marotaba oʻrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan (6 mln soʻmgacha) qismi qoplab beriladi;
- daromadi 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi;
- davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;
- yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bogʻliq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.
|
| |