• 6. Adabiyotlar ro’yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish
  • 7. Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyot jihatidan tekshirilishi
  • 8. Referatning Rasmiylashtirilishi
  • Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari




    Download 13,97 Kb.
    bet3/4
    Sana03.12.2023
    Hajmi13,97 Kb.
    #110118
    TuriReferat
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Referat tarkibidagi klishelangan jumlalar. Vaqt 2 soat Talabala-fayllar.org

    Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari
    «Ishda …. Tizim ko’rib chiqiladi…»
    (Muallifning F.I.Oi.) «……….» asarida … berilgan.
    «Kirishda ko’rsatilishicha, ..»
    «Muallifning hisoblashicha, …»
    Muallif shunga asoslanadiki, …. Shu bilan birga u … shunday deb hisoblaydi.
    «1-bobda … masalasi yoritiladi»
    «2-bobda … tadqiq qilinadi»
    « … haqida gapirganda, muallif … deb ta’kidlaydi»
    «Ishda, shuningdek … ga e’tibor qaratiladi»
    «Shunday qilib, muallif… degan xulosaga keladi»
    « 3-bobda… tadqiq qilinadi, … ko’rib chiqiladi»
    «… zarurligi belgilanadi»
    «Xulosada muallif: «…» deb yozadi.
    6. Adabiyotlar ro’yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:
    1. O’zR qonunlari.
    2. O’zR Prezidenti farmonlari.
    3. O’zR Hukumati qarorlari.
    4. Me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar.
    5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.
    6. Internetdan olingan axborot manbalari.
    Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar ko’rsatiladi: muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda (gazetada) bosilgan bo’lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta) sahifasi raqami.
    7. Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyot jihatidan tekshirilishi
    Referat savodli tarzda yozilishi va toza ko’rinishda bo’lishi kerak. Umumiy qabul qilingan so’zlardan boshqa so’zlarning qisqartirilishiga, shuningdek xatolar, noaniqliklar, uslubiy nuqsonlarga yo’l qo’yilmaydi. Referat ilmiy rahbarga taqdim etiladigan vaqtga kelib hamma jihatdan maromiga yetkazib ishlab chiqilgan bo’lishi lozim.
    8. Referatning Rasmiylashtirilishi
    Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog’ozda, chap tomonidan 2,5 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 sm lik hoshiyalar bilan terilishi kerak.
    Matn sahifalari albatta raqamlanishi lozim. Ishning raqamlanishi uzluksiz bo‘ladi va 3-sahifadan boshlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar - bu titul varag‘i va ish rejasi bo‘lib, ular raqamlanmaydi). Sahifa raqami yuqorida o‘rtaga yoki o‘ng tomonga qo‘yiladi.
    Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak. Referatning tuzilishi:

    1) titul varag‘i;


    2) har bir masala, kichik masala (band) sahifalari ko‘rsatilgan ish
    rejasi;
    3) kirish;
    4) materialning masalalar va kichik masalalar (bandlar)ga bo‘lingan
    matnli bayoni, muallif foydalangan manbalarga zaruriy qaydlar ham
    ko‘rsatiladi;
    5) xulosa;
    6) foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
    7) jadvallar, diagrammalar, grafiklar, rasmlar, sxemalardan iborat ilovalar.
    Ilovalar ular mazmunini ko‘rsatadigan sarlavhalarga muvofiq tarzda izchillik bilan tikib qo‘yiladi.
    Referat ilmiy rahbar tomonidan referatni baholash bo‘yicha kafedra belgilagan ko‘rsatkichlar va mezonlar asosida baholanadi.

    Download 13,97 Kb.
    1   2   3   4




    Download 13,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari

    Download 13,97 Kb.