• Bajardi: Srajatdinov Og’abek ___________ Qabul qildi: Jaksimova Urziya ___________
  • Referati bajardi: Srajatdinov Og’abek Qabul qildi: Jaksimova Urziya reja




    Download 78,46 Kb.
    Sana30.05.2024
    Hajmi78,46 Kb.
    #258003
    TuriReferat
    Bog'liq
    Srajatdinov Og’abek AkademikYozuv.




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali

    Kompyuter injiniringi” fakulteti Kompyuter injiniring AT­-Servis ta’lim yo'nalishi 106-21 guruh talabasi Srajatdinov Og’abekning Akademik Yozuv fanidan
    REFERATI

    Bajardi: Srajatdinov Og’abek ___________
    Qabul qildi: Jaksimova Urziya ___________
    REJA:

    Kirish
    Kitob insonning eng yaqin do’sti.


    Asosiy qism



    1. Kitob - kelajak yo’lboshchisi

    2. Kitob - inson ruhining tarbiyachisi

    3. Xozirgi zamonda kitobning ahamiyati

    Xulosa


    Kirish.

    Kitob — insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo’tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga bo'lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.


    Kitob-bilim manbai, ziyo chashmasi va tarbiya vositasidir. Davlat arboblari hamda mashxur adiblarimiz ham kitobning xalkning og’irini yengil qiladigan asosiy omil, ilm-fanni egallashda «kalit» deb qarab keldilar. Hayotda kitobga eng qimmatli narsa deb qaraladi va uni extiyot qilib saqlanadi. Chunki kitob har bir kishining yo’ldoshidir.Kitob har bir kishining do’sti bo’lib qoldi, u yoshlarimizning g’oyaviy-siyosiy jixatdan, did va farosatini tarbiyalashda g’oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kitob tarbiyachi va ma'naviy ko’makdosh ahamiyatiga ega ekan, uni o’z ko’zimiz qorachig’idek asrashimiz, e'zolashimiz lozim.
    Kitob – bilim manbai, ilm shamchirogi, ma'naviyat sarchashmasi. Kitobni quyoshga qiyoslash o’rinlidir: quyosh insonning jisman ulgayishi uchun qanchalik muhim o’rin tutsa, kitob ma'nan barkamollik uchun ham shunday ahamiyatga ega. O’qish davomida kitobni mutolaa qilish jarayonining o’zidayoq insonning ongi va dunyoqarashi shakllana boradi. Kitobning o’zi bir olam. Uni takror va takror o’qish davomida yangidan yangi ufqlar kashf etiladi, har gal uni qayta mutolaa qilgan odam undan o’zgacha taassurotlar oladi. Aytishlaricha, Forobiy Arastuning “Jon haqida” deb nomlangan asariga o’z qoli bilan: “Men bu asarni 200 marta o’qidim”, — deb yozib qoygan ekan.
    Kitobdan shunchaki ermak, zerikishda qol keladigan bir vosita sifatida foydalanish yaramaydi.

    Asosiy qism.





    1. Kitob - kelajak yo’lboshchisi.

    Kitob − umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'lguvchi sodiq do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitobdek qudratga ega vosita topilmas. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan.
    Tarixning guvoxlik berishicha, ota-bobolarimiz utmishda kitobga nondek aziz deb qaraganlar. Qolaversa, bir kitob yo’zaga kelgunga qadar qanchadan-qancha mehnat sarf etiladi. Muallif kunni tunga ulaydi, zaxmat chekadi, uni o’z farzandidek ardoqlaydi, uni qayta-qayta ishlaydi. Ota-bobolarimiz xonadonlarida Mashrab, Navoiy, Bedil va boshqa shoirlarimizning asarlarini maroq bilan o’qishgan. Farzandlari kitobxonlik davralarida ishtirok etishgan. Natijada ularda kitob o’qishga havas uyg`ongan. Kitob – moziy darakchisi, bugunning tarbiyachisi va muallimi, kelajakning yolboshchisi. Kitobni ma'naviy xazina, haqiqiy boylik, dedik. Uni chin dildan sevib qadrlagan Abu Ali ibn Sino og’ir betob bo’lgan Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansurni davolagach, evaziga oltinu kumushlar tola sandiqni emas, balki saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qolga kiritishni afzal korgan edi.
    Darhaqiqat, kitob insonni yerdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko'rsatib berishga qodir mash'ala hisoblanadi.Haqiqatan ham, kitob o'qigan inson qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, kitobxonlik buyuk kelajak kafolatidir.
    2.Kitob - inson ruhining tarbiyachisi.
    Kitob ong va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi, shaxsni shakllantiradi. Kitob odamdan mutolaada nafaqat ko’z va aql, shuningdek, kongil ham birdek ishtirok etishini talab qiladi. Kitob o’qishdan maqsad aql-tafakkur bilan uni mantiqiy muhokama etishgina emas, balki chin yurakdan zavqlanish, ta'sirlanish, o’zlikni, haqiqatni izlab topish hamdir.
    Kitobni o’qib, lekin hech narsa yidda qilmasa, uni o’qigan hech qanday foyda yo’q. Uni tushunmoq kerak, yodlash shart emas. Tushunmoq zaruriyati ham ikkinchi darajali narsa. Eng avvalo, kitobning asosiy mohiyatini anglamoq joiz. Kitoblarga ularni yozgan shaxslar o’z ruhiyati, tafakkuri, jismu jonini baxshida etadilar. Olamda neki alloma, donishmand, avliyolar, faylasuflar yetishib chiqqan bolsa, ularning barchasi kitoblar tufaylidir.
    Kitob — insoniyat qahramoni, ustozlar ustozi. Ilm-fan misli korilmagan darajada rivoj topdi. Cheksiz bilimlar mohiyati, asriy sir-sinoatlar tilsimi hozirgi davrga kelib bashariyatga oshkor bolmoqda. Qadimda kitoblarni xattotlar ming bir mashaqqat bilan kochirishgan bolsa, bugungi kunda texnika yutuqlari tufayli ular millionlab nusxalarda chiqarilib, butun dunyo boylab tarqatilmoqda. Biroq tezkor zamonning tezkor sur'atlarida hayot kechirayotgan odamzod shunchalik shoshadigan, betoqat bolib qoldi-ki, uning bir muddat xotirjam tin olishga imkoniyati yoq, eng qaygulisi, bunga uning xohishi yoq. Vaqt ayni zamonda
    oltindan ham yuqori qiymatga ega boldi. Insonning ongi fikrlar, ma'lumotlarga tola, ammo u fikrlashga layoqatsiz bolib bormoqda. Uning diqqati bir joyda jam emas, shoshganidan shoshadi-ki, kitoblar turfa xil va son jihatdan ko’p bo’lgani bilan uni mutolaa qilishga, teran fikrlashga fursati yoq. Kitobning o’zini emas, uning syujeti, mohiyati togrisidagi qisqagina annotatsiya-ma'lumotlarni o’qish, aniqrogi, ko’z yugurtirish afzal bo’lib qoldi. Kitobning hayotdagi ornini axborot deb atalgan hissiz va ruhsiz ashyo egallab oldi, natijada odamzod tinimsiz axborot qabul qilishga moslashib qoldi. Axborot oqimi shu qadar shiddatli-ki, uni qayta ishlashga, fikr yuritishga ulgurib bolmaydi. Dunyo kitobdan uzoqlasha boshladi, vaholanki, dunyoni shu yuksak taraqqiyot pogonalariga olib chiqqan bilimlar manbai osha — kitob edi. Axborotlashuv omili global dunyo uchun birlamchi vazifaga, axborotga egalik hukmronlik belgisiga aylandi. Inson axborotga ega bo’lish ishtiyoqi tufayli kitobdan uzoqlashishi bilan birga tabiatdan, hayotning go’zalligidan, o’zligidan uzoqlasha boshladi. Moddiy, nafsoniy ehtiyojlar beqiyos darajada ortib ketishi, qalb va ruhning ma'naviy ehtiyojlari qondirilishiga to’siq boldi. Texnikaviy taraqqiyotning eng yuksak cho’qqisiga chiqqan odamzod kordi-ki, uning ortida ma'naviy qadriyatlar, ruhiy xotirjamlik va qalb istaklarining boy berilishi oqibatida vujudga kelgan tubsiz jarlik mavjud ekan. Dunyodagi, ayniqsa, garb olamidagi taraqqiy etgan mamlakatlar jamiyatlarining ijtimoiy-ma'naviy hayotida sodir bolayotgan “ommaviy madaniyat” niqobidagi axloqsizlik, sotqinlik, jinoyatchilik, narkotrafika, korrupsiya kabi illatlarning keng urchishi, bu — ruhiy-ma'naviy inqirozning belgilaridir. Moddiy quyosh bilan birga ma'naviy quyosh hisoblanmish kitob ham bolmas ekan, dunyo zulmatga aylanadi.

    3.Xozirgi zamonda kitobning ahamiyati


    Zamonamiz analiz-sintez — mushohada zamoni. U bizdan shiddat bilan kechayotgan lahzalarda oxir-oqibatda qayerga borishi va nimaga erishishini bilmagan holda tinmay shoshishni emas, balki insoniyat o’tmishi, sirlari va yutuqlarini chuqur o’rganish, teran fikrlash asosida o’zlikni anglash hamda kelajak tomon mas'uliyat bilan qadam tashlashni talab qilmoqda. Biz ruhiyatimiz, qalbimiz, ya'ni o’z olamimiz va tabiat bilan qayta til topishmoqchi ekanmiz, kitoblar mutolaasiga qaytishimiz zarur.
    Shunisi ham borki, kitoblarning barchasi ham o’qib-organilishi muhim bo’lgan bilimlar manbai sirasiga kirmaydi. Ular orasida ma'nisiz, maqsadsiz va yovuz goya-mafkuralarni targib etadiganlari ham uchraydi. Inson asl kitoblar, durdona asarlarning keraklilarini tanlay olishi, uni aqli va qalbi bilan idrok etib, zavqlanib, ta'sirlanib hamda qiziqib o’qishi darkor. Kitobni shunchaki o’qib qo’yish bilangina ruhning, qalbning pok bo’lishiga erishib bo’lmaydi. Har bir kitobxon kitobdagi bilimlarni ongiga jo qilib, uni hayotiy faoliyatida munosib qollay olsagina, bu chinakam muvaffaqiyatdir. Kitob bizga dunyo sirlarini, ajoyibotlarini ochib beradi, yangi bilimlar egallashga yordam beradi. Zamonaviy talim berishda sinalgan vositalar bor. Shulardan eng muhimi – bu kitobdir.Insoniyatning bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida erishgan olamshumul kashfiyotlardan qatiy nazar,oquvchini kitobdek ulug nemat bilan dostlashtirish hech qachon kech emas . Zero, kompyuter texnologiyalari bolaning aqlini ogirlab qo`yishi mumkin.

    Xulosa

    Xulosa qilib aytganda biz ajdodlarimizdan o’rnak olib ,bo’sh vaqtimizni kitob o’qishga sarflashga harakat qilishimiz, kitobni sevishimiz kerak. Bizning hozirgi vazifamiz kitob o’qishdir. Kitob o’qish uchun vaqt ajratsak, o’z ustimizda ishlashimiz kerak. Kelajakda o’qimishli kishi, komil inson bo’lib, O’zbekistonning kelajagi uchun yangiliklar yaratishimiz va uning rivojiga oz bo’lsada o’z hissamizni qo’shishimiz mumkiin.

    Foydalanilgan adabiyotlar





    1. Prof.Usmonov.Q. “Yuksak manaviyat yengilmas kuch” maxsus kursi ma’ruza matnlari.- 3-4-84-85 betlar.


    1. Rahmat Bobojonov. “Kitob haqida buyuklar nima deydi” to’plamidan.




    1. O’zstandart agentligi rasmiy sayti: “standart.uz”,

    “Fayllar.org” sayti,




    “savol.javob.com” saytidan “Kitoblar haqida hikmatli so’zlar” sahifasidan.
    Download 78,46 Kb.




    Download 78,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referati bajardi: Srajatdinov Og’abek Qabul qildi: Jaksimova Urziya reja

    Download 78,46 Kb.