• Sunniylik 7 ta
  • Referati tayyorladi: Abdirashidova g tekshirdi: O`dayev r reja: Dinshunoslik faniga kirish




    Download 33,19 Kb.
    bet2/3
    Sana09.10.2024
    Hajmi33,19 Kb.
    #274236
    TuriReferat
    1   2   3
    Bog'liq
    dinshunoslik referat

    Teosofiya (yun. theos — xudo va sophia — donishmandlik, bilim) — keng maʼnoda — eng zoʻr ilohiy sirlarni ochishga daʼvo qiluvchi har qanday diniy taʼlimot. Shaklsiz, yagona, hamma narsani qamrab oluvchi xudo haqidagi, barcha narsalarning ilohiy mohiyati haqidagi tasavvurlar Teosofiyaning nazariy asosini tashkil etadi. Gʻayritabiiy va narigi dunyodagi kuchlar bilan bevosita aloqa bogʻlash mumkinligini tan olish Teosofiyani spiritizm va okkultizma olib boradi. Tor maʼnoda — rus yozuvchisi Ye.P. Blavatskaya (1831—91) va uning tarafdorlarining liniy taʼlimoti boʻlib, unda buddizm va boshqa sharq taʼlimotlaridagi mistika okkultizm va noortodoksal xristianlik elementlari bilan qoʻshilib ketgan.

    Teologiya (yun. theos — xudo va ...logiya) — xudoning mohiyati va irodasi haqidagi diniy talimotlar majmui. Xudo shaxsan oʻzini vahiy orqali kishilarga maʼlum qiladi degan konsepsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va muqaddaslashtirilgan yozuvlar Teologiyaning asosiy manbalari hisoblanadi. Teologiya turli diniy oʻquv yurtlari — seminariyalar, akademiyalar, madrasalar va boshqalarda oʻqitiladi. Teologiya tushunchasi avvalo iudaizm va xristianlikka nisbatan qoʻllangan. Teologiya islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham ataladi.

    Xudojo‘ylik tushunchasining mazmuni va mohiyati. Xudo va din yo‘lidan chiqmaydigan va Xudoga ishonadigan kishi xudojo‘y deyiladi. Xudojo‘ylik va dindorlik inson zimmasiga dinga e’tiqod natijasida muhokama yuritmasdan bajarilishi lozim bo‘lgan ibodat, diniy talab va vazifalarni yuklaydi. Shuning uchun xudojo‘ylik din yo‘lidan chiqmasdan uning asosiy talablarini bajarishni o‘zida ifodalaydi. Ulamolarning fikriga ko‘ra din Alloh tomonidan o‘z payg‘ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilishi zarur bo‘lgan ilohiy qonunlar bo‘lib, har bir diniy ta’limotda dindorlar bajarishi zarur bo‘lgan talablar ishlab chiqilgandir. Agar islom diniga e’tiqod qiladigan xudojo‘y dindorlar amal qilishi kerak bo‘lgan asosiy talablar ko‘rib o‘tilsa, islom ta’limotining asosini imon, islom va ehson talablari tashkil etadi. Islom dinidagi imon talablari 7 aqidaga asoslanib, bular Allohga, farishtalarga, payg‘ambarlarga, muqaddas kitoblarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonishni tashkil qiladi. Islom dinida har bir dindor-xudojo‘y 5 ta diniy marosim talablari, islomning ustuni bo‘lib hisoblangan Kalimai shahodatni bilishi, namoz o‘qishi, ro‘za tutishi, zakot berishi va haj qilishi zarurligi belgilangan. Ehson talablari esa har bir dindor-xudojo‘y musulmondan imon va islom talablarini sidqidildan bajarishni talab qiladi.

    Aqida (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar.
    Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan.
    Islomning sunniylik va shialik yoʻnalishi ilohiyotida eʼtirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari
    Sunniylik 7 ta:

    1. Allohning yagonaligiga

    2. Farishtalarga borligiga

    3. Muqaddas bitiklarga

    4. Paygʻambarlarga

    5. Oxiratga

    6. Taqdirga

    7. Inson qazo qilganidan soʻng qayta tirilishiga ishonish


    Download 33,19 Kb.
    1   2   3




    Download 33,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referati tayyorladi: Abdirashidova g tekshirdi: O`dayev r reja: Dinshunoslik faniga kirish

    Download 33,19 Kb.