Kuzatish
- ayniqsa keng tarqalgan usul. Aynan u tarbiyaviy
ish uchun ayniqsa
ko‘p material beradi. Pedagog
bolaning oila va maktabda
, tengdoshlari bilan
o‘zini tutishini kuzatadi. Boshlovchi pedagog o‘z kuzatishlarini qayd etib borishi va
keyinchalik ularni tahlil qilishi lozim. Ijtimoiy-pedagogik kuzatish muayyan
tayyorgarlikni talab qiladi: xulq-
atvorni samarali o‘rganish
uchun harakatlar
, nutq
va mimikaning barcha ko‘rinishlarini aniq bilish talab etiladi. Xatti
-harakatlar va
gap-
so‘zlarni surunkali qayd etib borishgina shaxsning xususiyatlarini va uning
shakllanish qonuniyatlarini tushunish imkoniyatini beradi. Kuzatish
odatda tabiiy
sharoitlarda
, faoliyat va muloqot jarayoniga aralashmasdan amalga oshiriladi.
Kuzatishga
kirishishdan oldin reja tuzish
, unda nimalarga e’tibor berish lozimligini
belgilash zarur.
Suhbat
. Suhbatga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida anketa so‘rovi
o‘tkazish,
oldindan savollar tuzish
, bola mazkur muassasa (reabilitatsiya
markazi)ga tushganida xulosa chiqargan komissiya natijalari bilan tanishish lozim.
Suhbatning muvaffaqiyati oldindan o‘rnatilgan aloqaga, u qay
darajada
mukammal tayyorlanganiga
, ijtimoiy pedagogning suhbatni tashkil etish
mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Suhbat qisqacha kirish qismi bilan boshlanadi. Unda
so‘rov mavzusi, maqsadi va vazifalari haqida gapiriladi. So‘ngra mazmunan
neytral bo‘lgan oddiy savollar taklif qilinadi.
Tahlilni
, mulohaza yuritishni talab
qiluvchi murakkabroq savollar suhbat o‘rtasiga joylashtiriladi. Suhbatning yangi
yo‘nalishiga o‘tish izohlar bilan quvvatlanishi lozim.