Bajardi: Ergasheva Xurshida
Mavzu: Ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
•
Reja:
•
1.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining mazmuni.
2. Ijtimoiy pedagogning umumiy va maxsus
funksiyalari.
3. Shaxs bilan ijtimoiy-pedagogik ish olib borish
metodikasi va texnologiyasi.
•
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat deganda ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy-pedagogik muhofaza
qilish vazifalarini yechishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
•
Hozirgi davr sharoitlarida turli ijtimoiy tuzilmalar ishida ijtimoiy pedagog olib boruvchi
faoliyatning asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Bular: moddiy yordam ko‘rsatish (nafaqalar
va imtiyozlar, kundalik hayotda yordam); ijtimoiy ishni tashkillashtirish (xodimlarni
tanlash); insonga ta’sir ko‘rsatish. Insonga ta’sir ko‘rsatish
- bu pedagogik va psixologik
ta’sir ko‘rsatish jarayoni bo‘lib, mazkur ish bilan ijtimoiy xodim, ijtimoiy pedagog
shug‘ullanadi.
•
Ijtimoiy pedagog ijtimoiy tarbiya, oilaviy tarbiya, bola shaxsiyati nimaligini,
qanday
muloqot usullari mavjudligini
, tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashning
xususiyatlarini bilishi lozim.
•
Ijtimoiy pedagog ishining maktab pedagogi yoki sinf rahbari ishidan farqi nimada?
Pedagog ko‘pincha sinf yoki guruh bilan ishlaydi, uning ish metodlari asosan jamoa bilan
ishlashni nazarda tutadi. Ijtimoiy pedagog ayrim shaxs, ayrim bola bilan, kichik guruh
bilan, muayyan oila bilan ishlaydi.
•
Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi -
bolani, o‘smirni
ijtimoiy himoya qilish
, unga
ijtimoiy yoki tibbiy yordam ko‘rsatish, uning ta’lim olish, uni reabilitatsiya qilish yoki
jamiyatga moslashuv jarayonini tashkillashtirish. Bu vazifalarni hal qilish uchun ijtimoiy
pedagog bolani, uning holatini o‘rganadi, uni yanada rivojlantirish yo‘llarini rejalashtiradi.
•
Ijtimoiy-pedagogik muhofaza - ayrim tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va axloqiy-
psixologik xavfsizligini ta’minlovchi omillar va vositalar tizimi, uning manfaatlari va
huquqlarini himoya qilish, uning ma’naviy va jismoniy kuchlari erkin rivojlanishi uchun
moddiy va ma’naviy sharoitlar yaratish.
•
Ijtimoiy muammolar -
inson maqsad va natija o‘rtasidagi nomuvofiqlik sifatida
tushunuvchi ziddiyat. O‘suvchi organizm sifatidagi har qanday bola ijtimoiy hayotda
muammoli vaziyatlarga duch keladi. Rivojlanishning har bir bosqichida bola va uni
qurshagan muhit ijtimoiy vazifalarning yangi darajasi va o‘z imkoniyatlari o‘rtasida
ziddiyatlarni aniqlaydi. Agar me’yorlar o‘z vaqtida o‘zgartirilmasa, tegishli sharoitlar
yaratilmasa, hayot uchun muhim vazifalarni mustaqil yechish yo‘lida turli xil muammolar
yuzaga keladi.
•
Mushkul vaziyatda bolani qo‘llab
-quvvatlash oson ish emas. Pedagog bolaga yordam
berishga qodir bo‘lgan
mutaxassislar
, ijtimoiy himoya xizmatlari bilan bog‘lanadi. Buning
uchun u professional tayyorgarlikdan o‘tgan, ta’lim va tarbiya ishini olib borish uchun
yetarli malakaga ega bo‘lishi lozim. Bu pedagogik mahorat deb ataladi. Har bir o‘qituvchi
shaxsdir. Bola shaxsini shakllantirish haqida gapirganda, pedagog haqida unutmaslik
kerak, chunki u tarbiyalanuvchiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
•
Pedagog kasbi o‘ta individualdir. Har bir pedagogning bosh vazifasi
-
o‘z ishining ustasi
bo‘lish. Pedagogik mahorat o‘z kasbi sohasida individuallikni yorqin ifoda etish sifatida
tushuniladi. Pedagogik mahorat unsurlari kasbiy vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalar bilan belgilanadi. Ko‘nikmalarning quyidagi guruhlari farqlanadi:
•
1. Loyihalash ko‘nikmalari.
•
2. Konstruktiv ko‘nikmalar.
•
3. Tashkilotchilik ko‘nikmalari.
•
4. Kommunikativ ko‘nikmalar.
•
5. Gnostik ko‘nikmalar.
•
Pedagogik mahorat zamirida pedagogik kompetentlik yotadi. Pedagogik kompetentlik deganda
konkret tarixiy davrda qabul qilingan me’yorlar, standartlar va talablarga muvofiq pedagogik
funksiyalarni bajarishga tayyorlik va qodirlikni belgilovchi professional-shaxsiy xususiyatlar
tushuniladi. Professional - pedagogik kompetentlik pedagogik voqelikni izchil idrok etish va unga
izchil ta’sir ko‘rsatish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Professional kompetentlik o‘z faoliyat sohasida
erkin mo‘ljal olishni nazarda tutadi.
•
Insonning kasbiy layoqati -
muayyan ish funksiyalarini o‘zlashtirish va muayyan sohada samarali
faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar, jismoniy, ruhiy va axloqiy fazilatlarning zaruriy
majmui. Pedagogik faoliyatga loyiqlikni tavsiflovchi shaxsiy fazilatlar qatoriga yoshlar bilan
ishlashga moyillik, kirishimlilik (boshqa odamlar bilan til topa olish), sipolik,
kuzatuvchanlik
, zehni
o‘tkirlik, tashkilotchilik qobiliyatlari, o‘ziga o‘ta talabchanlik kiradi. Bu fazilatlarning barchasini
aniqlash va sinovdan o‘tkazish mumkin.
•
Pedagog o‘z kasbiy bilimlari va mahoratini oshirishi uchun pedagogik faoliyatning tarkibiy
tuzilishini aniq tasavvur qilishi lozim.
•
Ijtimoiy pedagogga zarur bo‘lgan kasbiy bilimlar: pedagogika va psixologiya, bola rivojlanishi
fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi. Ushbu bilimlar bolani o‘rganish, uning qilmishlari va xulq
-
atvorini, o‘zaro munosabatlari xususiyatlarini, boshqa bolalar guruhiga moslashuv yo‘llarini tahlil
qilish uchun zarur.
•
Ijtimoiy pedagog bolalar faoliyati va hamkorligini tashkillashtira olishi lozim. Pedagogik
texnologiya tushunchasi mavjud bo‘lib, ijtimoiy pedagog uni ham yaxshi bilishi zarur. Bu
tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatish usullari va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni anglatadi. Pedagogik
texnika va shakllangan ko‘nikmalar ijtimoiy pedagogni kasbiy mahorat cho‘qqilariga olib keladi. Bu
tarbiyalanuvchini
tushuna bilish
, qilmishga, insonga o‘z munosabatini bildira olish, ayni vaqtda
o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi tahlil qilish qobiliyatini anglatadi.
•
Pedagog har bir bola bilan til topa olishi lozim. U pedagogning har bir so‘zi
bola hayotida ulkan rol o‘ynashini yodda tutishi kerak.
•
Ijtimoiy pedagog nutq madaniyati va texnikasiga e’tibor berishi lozim. Nutq
madaniyati o‘z fikrini aniq, lo‘nda va o‘rinli bayon etish ko‘nikmasi bilan
belgilanadi. Nutq texnikasi nafas olish, ovoz va diksiya usullari bilan
belgilanadi. Bularning barchasini uzoq mashq qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish
mumkin.
•
Ijtimoiy pedagog teatr pedagogikasi unsurlarini ham o‘zlashtirishi
muhimdir. Zero
pedagog ishi rejissyor ishi
, aktyor ijodiga yaqin turadi.
•
Ijtimoiy pedagog tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, tez qaror qabul
qilishi va ishni tez tashkillashtira olishi lozim.
•
Hozirgi jamiyatda ijtimoiy pedagog ishi quyidagilar uchun zarur:
•
• maktabda, tarbiyasi og‘ir bolalar bilash ishlash uchun;
•
• maktab
-internatlar, bolalar uylarida;
•
• bolalar sanatoriyalari, sog‘lomlashtirish
markazlarida
;
•
• ijtimoiy
-psixologik yordam markazlarida;
•
• dam olish markazlari, yoshlar klublarida;
•
• yozgi mehnat va dam olish oromgohlarida.
•
Funksiya
- vazifa
, faoliyat doirasi. Ijtimoiy pedagogning umumiy
funksiyalari qatoriga quyidagilar kiradi:
•
• ta’lim va tarbiya berish funksiyasi
- bolalar va kattalar xulq-atvori va
faoliyatiga izchil pedagogik ta’sir ko‘rsatilishini ta’minlash, barcha ijtimoiy
institutlar -
oila, ta’lim
muassasalari
, mehnat jamoalari,
ommaviy axborot
vositalari
, mahallaning pedagogik faoliyatiga ko‘maklashish;
•
• diagnostik funksiya
- bolalar, oila, ijtimoiy muhit xususiyatlari va ijtimoiy
yashash sharoitlarini o‘rganish;
•
• tashkilotchilik funksiyasi
- bolalar va pedagoglarning ijtimoiy
faoliyatini
tashkillashtirish
, rejalar, loyihalar va dasturlarni amalga oshirish;
•
• prognostik va ekspertlik funksiyasi
- ijtimoiy-pedagogik
rivojlanish
dasturlari
, loyihalari va rejalarini ishlab chiqish, hujjatlar
va materiallar
ekspertizasi
;
•
• muhofaza va himoya funksiyasi
- shaxs huquqlari va manfaatlarini
himoya qilish uchun huquqiy normalardan foydalanish. Ularning eng
muhimlariga to‘xtalamiz.
•
|