Tiristorli bevosita chastota o'zgartkichlar




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#57482
1   2   3
Bog'liq
Tok invertorlari
копия5 Mavzu Tijorat banklarining to’lov qobiliyati va uni mustahkamla
Tiristorli bevosita chastota o'zgartkichlarda tarmoqdan kelayotgan o‘zgarmas chastotali 
va kuchlanishning haqiqiy qiymati o'zgarmas bo'lgan o‘zganivchan tok kuchlanishi bevosita oraliq 
o‘zgartkichlarsiz chastota hamda kuchlanishining haqiqiy qiymati rostlanuvchan o'zgaruvchan tok 
kuchlanishiga o‘zgartiriladi. 
Bevosita TChO‘ning ishlash prinsipini shu o‘zgartkichning bir fazali sxemasi asosida 
ko'rib chiqamiz (34.1- rasm). 
Bu sxema o'zgarmas tok tiristorli o'zgartkichning reversiv nol sxemasidan iboratdir. Agar chap 
guruh tiristorlariga ochilishi uchun signal berilganida, yuklanish Z
yuk
dan kuchlanish nol nuqtaga 
nisbatan musbat ishorali bo‘ladi va uning o‘rtacha qiymati U
yuk
= U
yuk0
cosα bo‘lib, buntda: α – 
tiristorlarning boshqarish burchagi; U
yuk0 
 boshqarish burchagi α = 0 bo'lgandagi yukla-
nish Z
yuk
dagi kuchlanish. 
 



 
34.1-rasm. Birfazali bevosita 
TChO’ning sxemasi. 
Endi o‘ng guruh tiristorlariga boshqaruv signallari berilib ochilganda, chap guruh 
tiristorlari yopilib Z
yuk
dagi kuchlanishning ishorasi manfiy bo‘ladi. Agar boshqaruv impulslari goh 
u, goh bu guruh tiristorlariga davriy ravishda yuborib turilganda, yuklanishdagi kuchlanishning 
ishorasi ham mos ravishda o'zgarib turadi. Shunday qilib, yuklanishda chastotasi tarmoq 
chastotasidan farqli (unga teng yoki undan kam) chastotali o'zgaruvchan kuchlanish hosil qilamiz. 
Boshqaruv impulslarning ketma-ketlik davrini o‘zgartirib U
yuk
ning chastotasi boshqariladi, agar α 
boshqaruv burchagini o'zgartirsak, U
yuk
ning o‘rtacha qiymati rostlanadi. 
Sanoat qurilmalari elektr yuritmalarida bevosita TChO‘larning uch fazali nol sxemalari 
ko‘proq qo‘llaniladi va uning prinsipial sxemasi 34.2- rasmda tasvirlangan. 
34.2-rasm. Uch fazali nol sxemali bilvosita TChO'ning sxemasi. 



 
Ishchi tiristorlarning soni 18 ga teng. Bevosita TChO‘ning uch fazali ko‘prik sxemali 
variantda esa ishchi tiristorlarning soni 36 ga teng (34.3- rasm). O‘rta va katta quvvatli 
o‘zgaruvchan tok elektr yuritmalarida ushbu sxemali bevosita TChO'ning ishlatilishi iqtisodiy va 
ekspluatatsion ko'rsatkichlari bo‘yicha o'zini oqlaydi. 
Bevosita TChO'larning boshqariv burchagini boshqarish uchun reversiv o'zgar-mas tok 
o'zgartkichlarida qo‘llaniladigan faza siljitish qurilmalaridan foydalani-ladi. Bevosita TChO'ning 
ishchi sxemasida tiristorlar komplekti soniga qarab FSQ lar ham shuncha bo‘lishi, ya’ni uch fazali 
nol sxemali bevosita TChO‘lar uchun FSQlar soni oltita bo'lishi talab etiladi. 
34.3- rasm. Uch fazali ko'prik sxematt bilvosita TChO'ning sxemasi. 
FSQlarni boshqarish uchun chastotasi hamda kuchlanish amplitudasi rost- lanuvchan bo‘lgan olti 
fazali simmetrik tizim bo'lishi kerak. 
Bevosita TChO‘ chiqish kuchlanishining formasi to‘g‘ri burchakli — pog'onali bo‘lsa, u 
holda boshqariluvchi kuchlanish manbayi sifatida to‘g‘ri burchakli impuls ishlab chiqaruvchi olti 
fazali «generator»dan foydalaniladi. Bunday «generator» bir fazali generator va impulslar 
tarqatgich bloklaridan tashkil topgan bo‘ladi. 
Bevosita TChO'larning asosiy afzalliklari: 
1. Tiristorlar quvvatlarining kichikligi va o‘zgartkich foydali ish koef- fitsiyenti yuqori. 
2. Tiristorlarni 
boshqarishda 
sun'iy 
kommutatsiya 
qurilmalarining 
bo'lmasligi 
o‘zgartkichning ishonchliligi darajasini orttiradi va og‘irlik — o'lchov kattaliklarini kamaytiradi. 
3. Formasini o'zgartirmagan holda past chastotalarda chiqish kuchlanishlarni olish 
mumkinligi. 
4. Asinxron motorning rekuperativ tormoz rejimini osonlik bilan hosil qilish mumkinligi. 
Bevosita TChO' ning asosiy kamchiliklari: 
1. Chiqish kuchlanishi chastota qiymatining chegaralanganligi (tarmoq kuchlanish 
chastotasiga yaqin va undan katta qiymatli chastotaga ega bo‘lgan kuchlanish hosil qilish mumkin 
emasligi). 
2. Tarmoq quvvat koeffitsiyentining past bo‘lishi. 
3. Ishchi sxemalarda tiristorlar sonining ko‘p bo‘lishi (uch fazali ko‘prik sxemali bilvosita 
TChO‘da tiristorlar soni 12ga teng bo'lgan holda bevosita TChO'da esa tiristorlar soni 36 ga teng). 

Download 0.55 Mb.
1   2   3




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tiristorli bevosita chastota o'zgartkichlar

Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish