Mavzu: Ekologik chiqindilar
Reja:
1 Avtomobillardan chiqadigan chiqindi.
2. Sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindi
3. Aholi yashash joylarida tashlanadigan chiqindi
4. Tibbiyot chiqindilari
5. Serves hizmatlaridan (sartaroshxona, salon,moykalar) chiqadigan
chiqindi
6. Suv va havo avtomobillaridan chiqadigan chiqindi
7. Tabiat hodisalari chiqindilari
8 Elektr energiyasidan chiqadigan chiqindi
9. Tuproq chiqindilari
Transport majmuasi atrof-muhitning eng katta ifloslantiruvchi vositasidir.
Mamlakat miqyosida barcha manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi mod-
dalarning umumiy chiqindilarida transportning ulushi 45% ga (shaharlarda -
85-95%), "iqlim" gazlarining emissiyasida-10% ga etadi. Shahar aholisining
shovqin ta’sirida transportning ulushi 85-95%.Har qanday yonilg‘ini yoqqanda,
har xil yonish chiqindilari ajralib chiqadi. Bu chiqindilar kishi salomatligiga va
atrof muhitga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shahardagi zavodlar, fabrikalar va avto-
transport korxonalari atrof muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalardir. Agarda
zavod va fabrikalar bir aniq joyda joylashib, shu yerni ifloslantirsa, avtomobillar
esa qayerda ishlasa o‘sha yerda ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobil transporti, hozirgi
vaqtda zavod va fabrikalarga qaraganda, atrof muhitni ko‘proq ifloslantiruvchi
hisoblanmoqda. Keyingi 50 yil mobaynida dunyo bo‘yicha avtoparklar soni 12
martagacha oshdi, avtomobillar soni 1 millyarddan oshib ketdi.
Atrof-muhitning ifloslanishi, ayniqsa sanoat chiqindi gazlari emissiyasi inson
immunitet tizimining buzilishiga olib keladi va shuning uchun sog'liq uchun xavf
tug'diradi, ayniqsa gipertoniya, yurak kasalliklari, surunkali o'pka kasalliklari
va diabet kabi surunkali kasalliklarning yuqori ko'rinishini keltirib chiqaradi.
Ma’lumki, tabiatning holati birdaniga va darhol yomonlashib qolmaydi. Bu
jarayon uzoq vaqt davom etadi. Boshqacha aytganda, ekologik vaziyat asta-sekin
yomonlasha boradi. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin
ijtixnoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlaming manfaatlariga
mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu
muammoning hal qilinishiga bogliqdir. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida inson
bilan tabiatning o‘zaro ta’siriga oid bir qator muammolarni hal etish faqat bir
mamlakat doirasida cheklanib qola olmaydi. Ulami butun sayyoramiz ko‘lamida
hal qilish zarur. Ekologiya muammosi Yer yuzining hamma burchaklarida ham
dolzarb. Faqat uning dolzarblik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va
mintaqalarida turlichadir. Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik falokatning
g'oyat xavfli zonalaridan biri vujudga kelganligini alam bilan ochiq aytish
mumkin. Vaziyatning murakkabligi shundaki, u bir necha o‘n yillarlar mobay-
nida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas, balki mintaqada inson
hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi
natijasida kelib chiqqandir. Tabiatga qo'pol va takabburlarcha muomalada bo‘lishga
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz bu borada achchiq tajribaga egamiz. Bunday muno-
sabatni tabiat kechirmaydi.
≪
Inson tabiatning xo‘jayini
≫
, degan soxta mafku
Ayni paytda O‘zbekiston aholisining 57 foizi maishiy chiqindini to‘plash, olib
chiqish xizmatidan foydalanish imkoniyatga ega, deb xabar bermoqda Eko-logiya va
atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Axborot xizma-ti. Ma'lum
qilinishicha, 2013-17 yillarda tuman markazi va qishloq aholi yashash
punktlarida maishiy chiqindini to‘plash hamda olib chiqib ketish xizmati faqat
1,3 million kishiga ko‘rsatilgan. Ya'ni umumiy aholining 5-6 foizi ushbu
xizmatdan foydalanishi mumkin bo‘lgandi.
«Toza hudud» DUK va «Maxsustrans» tomonidan har yili mamlakatda 8-9
million tonna chiqindi aholi yashash punktlaridan olib chiqiladi va ularning 8-
9 foizi qayta ishlanadi.
Qo‘mita ma'lumotiga ko‘ra, mazkur sohada samarali ishni tashkillashtirish
uchun yana 1090 ta maxsus transport sotib olinishi kerak.
Shunga qaramay, maishiy chiqindilarni to‘plab, olib chiqish bilan birga, aholi
yashash punktlarida noqonuniy chiqindi to‘plash markazlari paydo bo‘lishi
nazoratga olingan.
2019 yil aprel oyi ma'lumotiga ko‘ra, qo‘mita tomonidan 1753ta noqonuniy
chiqindi to‘plash maskanlari aniqlangan, 1543ta korxonaning 616tasi ko‘zdan
kechirilganda chiqindi o‘rnatilgan tartibda olib chiqilmagani aniqlangan. Asta-
sekin ushbu masala bo'yicha maxsus qonunchilik va dunyoning turli mam-
lakatlarida ushbu turdagi chiqindilar bilan ishlash usullari ishlab chiqila
boshlandi. Tibbiy chiqindilar uchun beshta xavfli sinf mavjud: "A" klassi: bu
atrof-muhit va inson uchun xavf tug'dirmaydigan tibbiyot muassasalarining
chiqindilari. Bunga qog'oz, oziq-ovqat chiqindilari va boshqalar kiradi.
Bularning barchasi odatdagi axlat qutisiga tashlanishi mumkin. "B" klassi:
ushbu guruhga kasal odamlar bilan aloqada bo'lgan narsalar, shuningdek davo-
lash va operatsiyalar natijasida chiqadigan chiqindilar kiradi. Ular maxsus
chiqindixonalarga olib ketilmoqda. "C" klassi: bu bemorlar bilan aloqada bo'l-
gan, har qanday infektsiyani yuqtirish kafolatlangan narsalar. Bunga labo-
ratoriyalar chiqindilari ham kiradi, chunki ular ifloslangan bo'lishi mumkin.
Bunday "axlat" hisobga olinishi va maxsus yo'q qilinishi kerak. "D" klassi: bu
yerda - turli xil sanoat chiqindilari. Masalan: termometrlar, dorilar, dezi-
nfektsiyalash vositalari va boshqalar. Ular bemorlar bilan umuman aloqada
bo'lmasligi mumkin, ammo o'zlari xavfli. Ular maxsus o'qitilgan xodimlar
tomonidan tashiladi va yo'q qilinadi. "D" klassi: ushbu guruhga nurlanish
darajasi oshgan tibbiy moddalar va materiallar kiradi. Bunday chiqindilar,
hatto vaqtincha saqlash paytida ham, metall muhrlangan idishlarga
joylashtirilishi kerak. Ayni vaqtda, butun dunyoda va umuman O'zbekistonda
tibbiy chiqindilar muhim muammo hisoblanadi. Umuman olganda ularning
oqimi (maishiy chiqindilarga qaraganda) yiliga nisbatan 125 ming tonnani
tashkil etadi. Biroq, bu chiqindilar infektsiya, kasallik va atrof muhitni
ifloslanishiga olib kelishi mumkin [1]. Hozirgi vaqtda 2019-yilgi Covid-19
pandemiyasi paytida ularning soni, shubhasiz, bir necha o'n ming tonnaga
ko'paygan. Umuman olganda, ular infektsiyaning tarqalishi xavfini keltirib
chiqaradi, epidemiologik vaziyatni yomonlashtiradi va atrof-muhitning doimiy
ifloslanishiga olib keladi. 1979-yilda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST)
tibbiy chiqindilarni xavfli deb tasniflagan va ularni qayta ishlash bo'yicha
maxsus xizmatlarni yaratish zarurligini ko'rsatgan. 1992-yilda Bazel kon-
ventsiyasiga binoan (Shveytsariyada) 45 turdagi xavfli chiqindilar ajratildi,
ularning ro'yxati klinik chiqindilar tomonidan yig’iladi. Sanitariya-epide-
miologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan sartarosh-
xonalar va go‘zallik salonlari, kosmetologiya xizmatlari, jumladan tatu va
boshqa xizmatlar amaldagi 0305-12, 0306-12-son “Sanitarno-epidemiologicheskie
trebovaniya k ustroystvu, oborudovaniyu i soderjaniyu parikmaxerskix” sani-
tariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normativlariga muvofiqligini baholash
mezonlarini aniqlash bo‘yicha savolnoma asosida tekshiriladi. Aholiga xizmat
ko‘rsatadigan sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari, kosmetologiya xizmatlari,
jumladan tatu va boshqa xizmatlar ishchi-xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tgan
bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun instru-
mentlar, sochiq, salfetka va choyshablar bilan yetarli miqdorda ta’minlangan
bo‘lishi lozim. 0305-12-son sanitariya qoida va me’yorlarida belgilangan
talablariga asosan manikyur, pedikyur va kosmetik kabinetlarda har bir ish
joyida mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun uch komplekt instrumentlar
bilan ta’minlangan bo‘lishi darkor. Sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari
(manikyur, pedikyur, qosh terish va boshqa kosmetologiya xizmatlari) jihozlari
mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan oldin zararsizlantirilib, sterilizatsiyalangan
bo‘lishi kerak. Har bir mijozga toza oqlik (sochiq, salfetka, choyshab) ishlatilishi
va ishlatilgandan keyin oqliklar yuvilishi muhim hisoblanadi. Gepatit, OIV-
infeksiya, tuberkulyoz va boshqa yuqumli hamda parazitar kasalliklarning
yuqishining oldini olish maqsadida har bir mijozdan keyin ishlatilgan
instrumentlar zararsizlantiruvchi eritma solingan idishga solinib, 15 daqiqa
davomida zararsizlantirishi, so‘ngra toza suvda yuvilib, sterilizatsiya qilinishi
muhim sanitariya-epidemiologik ahamiyatga ega.
Toza instrumentlar maxsus metall qutilarda, usti yopiq holatda saqlanishi
kerak. Ish uchun maxsus kiyim bosh kiyishi, mijozga xizmat ko‘rsatishdan oldin va
keyin qo‘llarini sovun bilan yuvishi, kosmetologiya xonasida qo‘l terisi uchun
antiseptik ishlatishi, soch bo‘yashda rezinali qo‘lqoplardan foydalanishga amal
qilishi kerak. Pedikyur jarayonida mijoz oyog‘i tagiga qo‘yiladigan yostiqcha,
klyonnka bilan qoplangan bo‘lishi, har bir mijozdan keyin zararsizlantiruvchi
eritma bilan artilishi, oyoqlar uchun pedikyur vannasi har bir mijozdan keyin
yuvuvchi vositalar va dezinfektantlar bilan zararsizlantirilishi shart.
Sartaroshxona xodimlari tarkibida 70 foizli spirt, yodning 5 foizli spirtli
eritmasi, leykoplastir, bog‘lov materiallari bor bo‘lgan aptechka bilan ta’minlangan
bo‘lishi shart.
Shu bilan birga, motorizatsiya tushunchasi harakatni ta'minlaydigan texnik
vositalar to'plamini o'z ichigaoladi avtomobil va yo'l. Biroq, fan-texnika
taraqqiyoti yutuqlari odamlarga nafaqat foyda, balki zarar ham keltiradi.Siz
hamma narsa uchun to'lashingiz kerak deydi qadimgi donolik.Avtomobil uchun
to'lov - bu bizning sog'ligimiz, hayotimiz.Bu yo'l-transport hodisalari,baxtsiz
hodisalar ehtimoli.Bu chiqindi gazlar, transport shovqinlari va boshqa jismoniy
ta'sirlar bilan atrof-muhit ifloslanishidan zararning muqarrarligi.Ulardan
hamma odamlar, hatto hech qachon mashina ishlatmaydiganlar ham azob chekishi
kerak.Va nafaqat odamlarga - butun tabiatga.Atrof-muhitga bu zararli ta'sirlarni
yaratadi, albatta, yo'l emas,balki avtomobil.Yo'l atrof-muhitni avtomobildan
himoya qiladi.Dizayn muhandisi, quruvchi, operatorning vazifasi bu himoyani
yanada samarali va arzonroq qilishdir.Biz mashinasiz yashashga
undamaymiz.Biz faqat 20-asrning ushbu yutug'i uchun to'lashimiz uning
foydasiga ko'proq mos kelishini xohlaymiz.Bugungi kunda O‘zbekiston
ko‘chalarida 4 milliondan ziyod mashina harakatlanmoqda.Bugungi kunda
O‘zbekistonda har yetti kishiga bittadan avtomobil to‘g‘ri keladi.Ya'ni,O‘zbekiston
ko‘chalarida 4 milliondan ziyod mashina harakatlanayapti.Bundan tashqari,
avtomobil shovqini zararli tovushdir.O‘zbekistondagi yirik shaharlar aholisining
60 foizdan ortig‘i bugungi kunda xuddi shunday zararli shovqindan aziyat
chekadi,Biz nafas oladigan havo - atmosferani tashkil etadigan qatlamlar har
qaysisi o‘zining muayyan vazifasiga ega.Masalan, ozon qatlami barcha tirik
organizmlarni nurlanishdan saqlaydi. Quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azot
oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo‘lgan ozon kuchli ultrabinafsha
nurlarni o‘ziga yutib, tirik organizmlarni uning salbiy ta'siridan himoya
qiladi.Avtomobillardan havoga chiqariladigan is gazi esa ozonning yemirilishiga
sabab bo‘ladi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, havoni ifloslantiradigan
asosiy antropogen omillar ro‘yxatida avtomobil transporti birinchi o‘rinni
egallaydi.Ya'ni umumiy zararning 40 foizi Yer yuzida harakatlanayotgan
avtomobillar hissasiga to‘g‘ri keladi.Qolgan zararning 20 foizi energetika sanoati,
14 foizi korxona va tashkilot ishlab chiqarishi, 26 foizi qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi, maishiy kommunal xo‘jaligi va boshqa sohalardan yetkaziladi.Shuning
uchun mutaxassislar avtomobilni "g‘ildirakli kimyoviy fabrika" deb
atashadi.Dunyoning eng ilg‘or, rivojlangan davlatlarida tashqi muhitning
ifloslanishi avtomobil dvigatellari chiqarayotgan zaharli moddalar tufayli yuz
beradi.
Azaldan tuman va Buyuk Britaniya bir-biriga hamisha bog‘liq bo‘lgan. 1952 yil 5
dekabrda Londonga tushgan tuman haqiqatdan ham halokatli oqibatlarga olib
kelgan va 12 ming kishining hayotiga zomin bo‘lganligi aytiladi.
1952 yil Britaniyada qish ancha erta boshlangan. Noyabr oyida qattiq sovuq
tushgan, qor yog‘gan va dekabrga kelib, qishki ob-havo mamlakat hududini butunlay
o‘rab olgan.Londondagi havo fabrika va zavodlardan chiqadigan tutun bilan qattiq
ifloslanib borayotgan edi, chunki mamlakat sanoati urush
vayronagarchiliklaridan faol ravishda tiklanayotgan bo‘lgan. Ko‘plab avtomobillar
va jamoat transporti ham atrof-muhitning ifloslanishiga hissa qo‘shgan.
O‘sha yili Angliya poytaxtiga sovuq tuman tushgan, uning tarqalishiga esa hech
qanday imkon bo‘lmagan. Va bu tuman ichida chiqindi gazlar, zavod chiqindilari,
yuz minglab kaminlarning qorakuya zarralari to‘plangan.
Ko‘chalarda deyarli hech narsa ko‘rinmas, odamlar faqat bino devorlarini ushlab
harakatlana olar edilar.
5 kun davom etgan qora tuman minglab kishilar, ayniqsa katta yoshdagilar,
yosh bolalar va respirator kasalliklari borlarning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Birlamchi hisobotlarga ko‘ra, tuman oqibatida 4 ming kishi vafot etgan. Biroq,
ayrim mutaxassislar qora tuman paytida zararlanib, keyinchalik vafot etganlar
soni 12 minggacha yetgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashadi.
Bunday tumanda burun va og‘izga hatto qalin doka bog‘lab ham nafas olish juda
qiyin bo‘lgan. Ko‘pgina hayvonlarning nobud bo‘lgani ham aniqlangan.
Butun dunyo uchun 1952 yildagi buyuk London tumani atrof-muhitning
ifloslanishi qanchalik xavfli ekanligini yaqqol ko‘rsatgan. Buyuk Britaniyada
ushbu tuman sabablarini o‘rganish parlament darajasigacha ko‘tarilgan.
Mamlakatda bunday darajadigi ekologik halokat takrorlanishining oldini olish
uchun qonunchilikni kuchaytirish choralari ko‘rilgan.
Adabiyotlar
1.Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: «O’zbekiston», 1997.-110 b.
2. Alekseev G.N. Energoentropika.-M.: Znanie, 1983.-192 b.
3. Andersen Dj.M Ekologiya i nauki ob okrujayushey srede: biosfera,
ekosistema, chelovek.-L.: Gidrometeoizdat, 1985.-166 b.
4. Burgin V.A., Martsinkovskaya M.I. Selskoe xozyaystvo i ekologiya.-T.: Mehnat,
1990. - 168 b.
5. Bauer E.S. Teoriticheskaya biologiya.-M.-L.: izd-vo Vsesoyuzn. in-ta
eksperim.medits., 1935.-206 b
|