Reja axborot tizimi tushunchasi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish. Axborot tizimini yaratish




Download 143.76 Kb.
bet16/17
Sana24.01.2023
Hajmi143.76 Kb.
#39245
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Hurliman, 7-seminar, Муратбаева Лайло (3), РЕЖА 2020 Хотин қизлар маслахат Кенгаши НДПИ, 2. Строение атома (лекция), Precessiya, men, 1-АБ кайта тапсырыу, Qattiq jism fizikasi (uzb) MOK2022-23d, 2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org, 2a tex, 1 Laboratoriya ishi, Бабамыз Берунийдиӊ 1050 жыл крилша., 5-mavzu, 388978

Axborot tizimini qanday yaratish mumkin, degan savoliga javob beraylik. Bu haqiqatan ham aksariyat zamonaviy korxonalarda, ularning qanday biznes bilan shug'ullanishidan qat'i nazar, hal qilinishi zarur bo'lgan muammodir. «Axborot tizimi» atamasi biznes yuritishni engillashtiruvchi yoki «avtomatlashtiruvchi» dasturiy mahsulotlar sinfiga kiradi. Agar tizim biznesni axborot bilan ta'minlash yo'li bilan qo'llab-quvvatlasa, «axborot» tizimi deb ataladi (har qanday odam ham zarur axborotlarni olib turishga qancha kuch va mablag' sarflanishini yaxshi biladi). Tegishli dastur, agar u bittadan ortiq (ba'zi hollarda ketma-ket, ba'zan esa parallel) funktsiyani bajarsa (ombor xo'jaligini yuritishni qo'llab-quvvatlovchi axborot tizimlari keng tarqalgan misollardan biri hisoblanadi: ular omborga tovarlar kelib tushishi, xaridorga tovarlar berilishini kuzatib turadi, shuningdek omborda har bir mahsulotning zaruriy miqdori mavjudligini nazorat qiladi) «tizim» deb ataladi.

Tizimlarni yaratish jarayoni tizimlarning yaratilish davri (system development life cycle) deyiladi, chunki bu jarayon bilan bog'langan faoliyatlar davomiydir. Tizimlarning yaratilishida yo'l qo'yilgan xato qanchalik kech aniqlansa, shunchalik uni tuzatish kimmatga tushadi, chunki oldin qilingan ishlar ham yana ko'rib chikilishi zarur bo'ladi. Ana shuning uchun tizimlar

yaratilishi jarayonini bosqichlarga bo'lib, tizimlar yaratishda ma'lum metodlar ishlab chiqilgan.

yaratilishi jarayonini bosqichlarga bo'lib, tizimlar yaratishda ma'lum metodlar ishlab chiqilgan.

An'anaviy tizimlarni yaratish davri uslubi (uni yana “Sharshara” modeli deb nomlashadi) quyidagi bosqichlardan iborat:

• Birinchi bosqichda hal qilinadigan muammo aniqlanadi va unin texnik jixatdan amalga oshirilish imkoniyati o'rganiladi. Bu erda qo'yiladigan savol “Muammo nimadan iborat va bu muammoni echish mumkinmi?”.

• Tizim tahlili bosqichida “Muammo echilishi uchun axborot tizimi nima qilishi kerak?”-degan savolgan javob izlanadi. Bu bosqichda amaldagi tizim va uning ish jarayoni o'rganiladi. Bu esa tizimning kuchli, kamchiligi va yangi imkoniyatlarini namoyish etadi. Tizim tahlili bosqichidan chiqadigan natija – tizim talablari ro'yxati va ularning ustunligi.


Download 143.76 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 143.76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja axborot tizimi tushunchasi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. Axborot tizimidagi jarayonlar va ularni joriy etish. Axborot tizimini yaratish

Download 143.76 Kb.