• Elektron hukumat tizimini rivojlanishi uchun ijtimoiy mediani o‘rni
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti elektron hukumat fanidan




    Download 24.9 Kb.
    Sana27.05.2023
    Hajmi24.9 Kb.
    #65804
    Bog'liq
    Malikov Murodxon 030-19
    Mustaqil ish Malikov Murodxon 030-19

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
    UNIVERSITETI ELEKTRON HUKUMAT FANIDAN


    Mustaqil ish


    Bajardi: 030-19 guruh talabasi Malikov Murodxon
    Toshkent-2023

    Elektron hukumat tizimini rivojlanishi uchun ijtimoiy mediani o‘rni

    Reja:

    1.Elektron hukumatning bugungi kundagi o`rni.

    2.Elektron hukumatda axborot vositalarining o’rni.

    3.Elektron hukumatni rivojlantirish.



    Elektron hukumatning bugungi kundagi o`rni


    Elektron hukumat doirasida mamlakatlarning reyting darajalariga ko`ra BMTga a’zo 193 mamlakatdan bugungi kunda O`zbekiston 100 o`rinni egallab kelmoqda. Bu esa qaysidir ma’noda achinarli, albatta. Kuchli o`ntalikni esa quyidagi mamlakatlar tashkil etadi: Koreya Respublikasi, Avstraliya, Singapur, Fransiya. Niderlandiya, Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Yangi Zellandiya va Finlandiya.
    Bugungi kunda elektron hukumat turli davlatlarda turli xil siyosiy tizimlar asosida rivojlantirib borilmoqda. Shu o`rinda davlat organlari yuridik va jismoniy shaxslar bilan aloqa o`rnatishning yangicha elektron tizimini o`rnatishga talab oshib bormoqda. Xalqaro tajribalarni misol qilib keltiradigan bo`lsak demokratik tusga ega bo`lgan bir necha mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Niderlandiya, Daniya, Finlandiya)da demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)”ni qo`llash usulidan jadallik bilan foydalanilmoqda.
    Yevropa elektron-demokratiya nazariyotchilari (Paul G. Nixon, Vassiliki N. Koutrakou, Rajash Rawal va boshqalar) bu borada quyidagicha fikr yuritmoqdalar: “qanchalik elektron texnologiyalarni davlat boshqaruvida samarali qo`llanilsa, shunchalik davlat organlari ish faoliyatining sifat darajasini oshirilishiga, ma’muriy jarayonlarning avtomatlashtirilishiga va davlat organlarining o`zaro qaror qabul qilishda yangi demokratik tartiblarning joriy etilishiga olib keladi”.
    Elektron-demokratiya talimotiga asosan shaxslarning davlat ishlarida rivojlangan texnologiyalar vositasida bevosita ishtiroki, saylov kabi siyosiy jarayonlarning onlayn tizim orqali amalga oshirilishida namoyon bo`ladi. Quyida elektron-demokratiyaning afzallik tomonlariga yana batafsil to`xtalib o`tamiz.
    O`rganilayotgan holatga har taraflama yondashadigan bo`lsak, ijtimoiy munosabatlarni quyidagi tartibdagi pog`onalarga ajratsak bo`ladi:
    Ø G2G (government to government);
    Ø G2B (government to biznes);
    Ø G2C (government to citizen)
    Ba’zi bir manbalarda esa G2E (government to employees) darajasini ham keltirib o`tilgan. Ijtimoiy munosabatlarni bu kabi darajalarga ajratish bugungi kunda ko`plab mamlakatlarning qo`llayotgan usullaridan xisoblanadi.
    Elektron hukumatning joriy etilishi borasida O`zbekiston miqyosida qaraydigan bo`lsak, 2013-yil 16-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi (hozir vazirlik) qoshida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini tashkil etish to`g`risida”gi qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, 2015 yil 9 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Elektron hukumat to`g`risida”gi qonunga imzo chekdi. Bundan ma’lum bo`ladiki, mamlakatimizda ham elektron hukumat (e-goverment)ga talab oshib bormoqda.
    Mamalakatimizda davlat organlarida mavjud holatlarni qisman tahlil qilib chiqadigan bo`lsak:
    Birinchidan, mamlakatimizda davlat organlari orasida bugungacha qog`oz hujjatlar asosida axborot almashinishi namoyon bo`lmoqdi. Albatta, ba’zi bir holatlarda telefaks orqali ham amalga oshirilmoqda. Lekin, qog`oz hujjatlar asosida axborot almashinishi birinchi o`rinda, vaqtdan samarali foydalana olmaslikga olib kelishi tabiiy. Ikkinchi o`rinda esa, iqtisodiy jihatdan zarar, ya`ni qog`oz hujjatlarning ko`p isrof bo`lishiga olib keladi.
    Aynan shu holatlar bo`yicha mamlakatimizning jinoyat protsessi jarayonidan asoslar keltiradigan bo`lsak, jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirishda, ularga yig`ilgan hujjatlarni har biriga taqdim etishda shu o`rinda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining V bobida ko`rsatilgan jinoyat protsessida o`z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslarning material va hujjatlardan nusxalar olish kabi huquqlarini amalga oshirilishida qog`oz hujjatlarning ko`p isrof bo`lishiga olib kelishi tabiiy.
    Ikkinchidan, fuqarolik hamda jinoiy ishlar bo`yicha davlatlar o`rtasida axborot almashinishining tezkorlik jihatlari hali hanuz sust. Aytaylik fuqarolik holati bo`yicha birgina misol, fuqaroning nikohdan o`tganlik haqidagi ma’lumotni tekshirish uchun notarial idoralarning so`rovnoma yuborib, ushbu so`rovnomaga tegishli tartibda javob kelishini kutishga vaqt ketishini kuzatishimiz mumkin.
    Endi bu holatlarga davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni shuningdek, internet vositalarini to`g`ri tatbiq etgan holda qaraylikBirinchi holat bo`yicha: davlat organlari orasida axborot almashinishining internet vositalari asosida huquqiy jihatdan tartibga solinishi bu esa, o`z o`rnida davlat organlari o`rtasidagi axborot almashinishining birinchi o`rinda tez, ikkinchi o`rinda esa samarali jihatlariga olib kelishi namoyon bo`ladi.
    Ikkinchi holat bo`yicha, davlat organlari o`rtasidagi axborot almashishlar qog`oz vositalari bilan emas, balki, davlar organlari o`rtasida joriy qilinuvchi elektron hukumat orqali tez va tejamkor tomonlarini ko`rishimiz mumkin.
    Uchinchi holat bo`yicha, jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarga tegishli tartibda taqdim etilishi lozim bo`lgan material va hujjatlardan nusxalar berilishi bugungi kunda amaliyotda biroz qiyinchilik keltirib chiqarmoqda. Nazariy jihatdan qaraydigan bo`lsak, bu kabi hujjatlarni jinoyat protsessi ishtirokchilariga taqdim etilishining “disk yoki boshqa yuklovchi vositalar” bilan taqdim etilishi borasida takliflar kiritilgan. Agarda, elektron hukumatdan samarali foydalangan holda bu kabi munosabatlarda ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini to`g`ri qo`llay olsak, jinoyat protsessi ishtirokchilariga elektron tarzda ularning pochtalariga yuborish yoki davlat organlarida AKTning joriy etilishi orqali fuqarolarga hujjatlar bilan tanishib chiqish uchun yetkazilishning yengil usullari joriy qilingan bo`lar edi.
    Yuqorida biz keltirib o`tgan holatlar G2G hamda qisman G2C bo`lmish ijtimoiy munosabatlardagi kamchiliklar edi. Quyida bu kabi holatlar bo`yicha xorijiy tajribalarni o`rganish asosida takliflar keltirib o`tamiz.
    Endi G2C (government to citizen) hamda G2B (government to biznes) holatlariga to`xtalib o`tadigan bo`lsak.
    Elektron hukumat fuqarolar va davlat o‘rtasidagi aloqani kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun mobaynida geografik joylashuv va yil faslidan qat’iy nazar ta’minlab berishi kerak. Mamalakatimizda yaqin bir-ikki yil ichida fuqarolarning o`z huquqlarini erkin amalga oshirishlari hamda, buzilgan huquqlarini tiklash borasida bir necha chora tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, “ishonch telefonlari”, hududlarda, jamoat joylarida tez yordam chaqirish vositalari (sariq rangli tez yordam chaqirish tugmasi mavjud uskuna), yagona interaktiv davlat xizmat portallari (YaIDXP my.gov.uz) shular jumlasidandir. Fuqarolarning davlat organlari bilan aloqalarini bevosita taminlashning bundanda boshqa interaktiv usullarini qo`llash bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
    Zero, mamlakatimizda internet vositasining ko`plab aholi punktlarida o`rnatila boshlanganligi aholining ham siyosiy jarayonlarda bevosita o`z internet vositalari orqali ishtirok eta olishlarini taqazo etadi. Jumladan, fuqaro nafaqat o`z uyida balki, boshqa joylarda ham internet vositalari orqali davlat organlariga ushbu organlar joylashgan hududlarga bormasdan ham murojaat etishlari, shu o`rinda huquqiy yordam olishlari mumkin.
    Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning sudga bo`lgan ishonchlari ortib bormoqda. Fuqarolarning sudga murojaatlari ortib borayotgan bir vaqtda fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sud ishlarini yuritish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu boradagi xorijiy amaliyotga nazar tashlaydigan bo`lsak, hozirgi vaqtda Janubiy Koreya, Malayziya kabi davlatlar sud tizimi faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng qo`llanilayotganligini ko`rishimiz mumkin.
    Mamlakatimizda o`tgan davrda bu borada muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan «Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori ushbu yo`nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirishda muhim hujjat bo`ldi.
    Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi vakolatxonasi bilan hamkorlikda«Fuqarolik sud ishlarini yuritishni isloh qilish: samarali sud boshqaruvi» qo‘shma loyihasi doirasida «E-Sud» milliy elektron sud ishi yurituvi tizimi ishlab chiqildi.
    Bundan tashqari mamlakatimizda 2014-yil 1-sentabrdan buyon Oliy xo`jalik sudlarida sud majlislari “videokonferensaloqa” rejimida o`tkazilayotganligi qaysidir ma’noda yutug`imiz hamdir. Bu kabi texnologiyalarni fuqarolik hamda jinoyat sudlarida ham qo`llanilishi sudlarning ochiqlik hamda sud ishlarining olib borilishi samaradorligiga olib kelishi tabiiy bo`lar edi, albatta.
    Elektron hukumatning sud tizimida joriy etilshini xalqaro tajribalar asosida o`rganadigan bo`lsak, xususan, Germaniya sud tizimida “e-government” tizimi o`rnatilgan bo`lib internet soxasiga “internet rights”, “internet law” kabi tushunchalar kirib kelgan. Barcha huquqshunos, yuristlarda hamda sudyalarda o`zlariga tegishli bo`lmish “smart card”lari mavjuddir. Ular ushbu smart cardlar orqali sud tizimida joriy etilgan elektron hukumatdan bevosita foydalanishadi. Shuningdek, ularga tegishli bo`lmish smart cardlarning joriy etilganligi sud ishiga taaluqli bo`lmagan boshqa shaxslarning tizimga kira olmasligi kabi kafolatni ta’minlaydi. Agarda 3 bora smart kardning “parol”lari noto`g`ri terilgan taqdirda blok xolatiga tushishi va bu blok holatini ochish esa ularga qimmatga tushishi kabi tartiblar o`rnatilgan. Bu esa sud tizimi huquqshunoslarining ehtiyotkorligini taqazo etadi. Bundan tashqari Germaniya sud tizimida joriy etilgan e-government portalida advokatlar hamda notariuslar uchun alohida pochta tashkil etilgan bo`lib, notariuslarning hamda advokatlarning sudga murojaatlari bevosita ushbu pochta orqali amalga oshirilishiga olib keladi. Jumladan, agarda advokat ish bo`yicha tushuntirishlar yoki, boshqa hujjatlarni sudga taqdim etmoqchi bo`lsa u ushbu pochta orqali o`z hujjatlarini elektron tarzda yuboradi. Shu o`rinda sudya ham nafaqat sud zalida balki, o`z uyida bo`la turib ham “smart card” orqali pochtaga kirib hujjatlar bilan tanishish hamda sud ishi bo`lmish arxivga qo`shib qo`yishi ham mumkin bo`ladi.
    Sud tizimida bu kabi pochtalarning odiy e-mail pochtalar emas balki, alohida yaratilgan tizimi orqali amalga oshirilishi diqqatga sazovordir. Bu kabi tizimning mamlakatimizda joriy etilishi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangansud hujjatlarini tegishliligi bo`yicha yuborishso`rovnomalar jo`natish va ularni qabul qilish kabi protsessual jarayonlarning elektron tizim orqali amalga oshirishlari shuningdek, Germaniya sud tizimidagi e-govermentda vujudga keltirishi mumkin bo`lgan yengilliklar ya’ni davlat boji masalalari hamda, boshqa xisoblash masalalaridagi yengilliklarga olib kelgan bo`lar edi.
    Bundan tashqari agarda sud hujjatlarini tarjima qilish kabi holatlar vujudga kelgan taqdirda sud hujjatlarini tarjima qilish ushbu elektron portal orqali amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan asoslarga tayanib Germaniya sud tizimi faqat elektron tarzda amalga oshirilishi lozim degan fikrda to`xtab qolish noo`rin bo`ladi, albatta. Germaniya sud tizimida qog`oz hujjatlar bilan ishlash ham saqlanib qolingan, ya’ni ikki xil ko`rinishda ham sud ishlari amalga oshirilaveradi. Shuningdek bu tizimda vujudga kelishi mumkin bo`lgan bir qiyinchilik mavjud bo`lib, bu sud hujjatlarining qayerda saqlanishi (arxiv) kabi savol bugungi kunda Germaniya “e-government” tizimida ham vujudga keltirayotgan o`rinli savol hisoblanadi.
    Endi o`rganilayotgan holatning boshqa tomonlariga ham to`xtaladigan bo`lsak. Xususan, G2B (Government to biznes) holatiga. Elektron hukumatning bu munosabatini davlat hamda tadbirkorlar o`rtasida bo`ladigan ijtimoiy munosabat desa ham bo`ladi. Bu kabi munosabatlarni Yaponiya tajribasi asosida o`rganadigan bo`lsak, Yaponiyaning oldingi bosh vaziri Mori bu borada quyidagi fikrlarni bildirib o`tgan edi (2001-yil mart oyida): “Umid qilamanki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi iqtisodiy faollikni o`sishining asosiy manbayi bo`lib xizmat qiladi va XXI asr umidlarni ro`yobga chiqaradi”.
    E-Japan tizimi har bir yapon fuqarosi uchun belgilangan summa miqdorida hamda, belgilangan tartibda undan foydalanish huquqiga ega. E-Japan elektron hukumatining etiborli jihati shundaki G2B tizimi puxta ishlab chiqilgan bo`lib, tarmoq orqali 70 trln ien (570 mlrd AQSh dollari) savdo aylanmasi rejalashtirilgan (2003-yilga nisbatan). Shuningdek, e-Japan elektron hukumatining muhim jihatlari shuki, foydalanuvchilarning identifik raqamlarining mavjudligi hamda, axborot almashinayotgan foydalanuvchining shaxsi tasdiqlanishi (e-certification), elektron shartnomalar tuzish hamda ularni elektron imzolar orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda Yaponiyada elektron sertifikat bilan ta’minlovchi xususiy firmalar tashkil qilingan jumladan, “E-certification-services” “Japan Certification Services Co.”.
    Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida to`xtaladigan bo`lsak, prezidentimizning “Tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 28.09.2015 yildagi PQ-2412-son Qaroriga muvofiq 2016 yil 1 yanvardan e’tiboran davlat organlari tomonidan 16 ta ruxsat berish tusidagi tadbirkorlarga “yagona darcha” markazlari orqali xizmat ko`rsatiladi. Bu esa qaysidir ma’noda “yugur-yugur”larning oldini olishi tabiiy.
    Elektron hukumat borasida xalqaro tajribalarni o`rganib chiqadigan bo`lsak, United Nations Division for Public Economics & Public Administration hamda, American Society for Public Administration (BMTning Davlat iqtisodiyot va davlat boshqaruvi taqsimoti va Davlat boshqaruvi uchun Amerika jamiyati) bilan birgalikda elektron hukumatning rivojlanish bosqichlarini tavsiflab o`tishgan:
    Xususan, birinchidan, davlatning web tizimda ishtirokini bevosita ta’minlash. Mamlakatda bir yoki bir necha rasmiy hukumat saytlarini (emerging web presence) xususan, foydalanuvchilar uchun statistik ma’lumotlarni beruvchi shuningdek, davlat va jamiyatni bog`lab turuvchi vosita sifatida joriy etilishi kerak. Ikkinchidan, davlatning bu tarmoqlardagi ishtirokini kuchaytirish(enhanced web presence): davlat web saxifalarining soni ko`payadi, taqdim etiladigan ma’lumotlar doimiy tusga ega bo`ladi, shu bilan birga foydalanuvchilar davlat web saxifalariga kirish yengilliklari yaratiladi. Uchinchidan, tizimda davatning interaktiv ishtiroki(interactive web presence), bunda davlat organlari hamda foydalanuvchilar bilan ma’lumot almashinishi amalga oshiriladi (shakllarni to`ldirish va onlayn tarzda arizalar yuborish). To`rtinchidan, davlatning tizimdagi ishtirokini shartnomaviy ko`rinishga keltirish(transactional web presence) foydalanuvchilarning ehtiyojlariga mos ma’lumotlarga ega bo`la olishlari, shartnomalarning onlayn tizimda amalga oshirilishi (soliqlar to`lash, ro`yxatga olish to`lovlari va bojxona bojlarini to`lash). Beshinchidan, tarmoqda davlat integratsiyasining to`liq mavjudligi (fully integrated web presence).
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    My.gov.uz, lex.uz, kitob.uz
    Xulosa:
    Bugungi kunda elektron hukumat turli davlatlarda turli xil siyosiy tizimlar asosida rivojlantirib borilmoqda. Shu o`rinda davlat organlari yuridik va jismoniy shaxslar bilan aloqa o`rnatishning yangicha elektron tizimini o`rnatishga talab oshib bormoqda.
    Download 24.9 Kb.




    Download 24.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti elektron hukumat fanidan

    Download 24.9 Kb.