|
Reja: Ekologiya va xalqaro hamkorlik hamda ekologiya sohasidagi xalqaro tashkilotlar
|
bet | 2/3 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 11,53 Kb. | | #112183 |
Bog'liq Reja Ekologiya va xalqaro hamkorlik hamda ekologiya sohasidagi -fayllar.org2. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash. Тabiiy muhitni muhofazalash, ning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biriga aylangandir. Хalqning iste’mol mollariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida, yer osti konlarini qazib va artezan suvlaridan foydalanish, dehqonchilik qilinadigan yerlarni, shahar va qishloqlarni kengaytirish, turli xil sanoat korxonalarini qurish bilvosita tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu ta’sirni oldindan ko’ra bilib, tegishli chora-tadbirlarni qo’llash, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish, foydali tomonlarini oshirish choralari ko’rilmasa, tabiatning jonli qismi нобут бўлади. o’la boshlaydi.
Respublikada Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren, Farg’ona, Marg’ilon, Navoiy va boshqa bir qator joylarda kimyoviy, neft-kimyoviy hamda mikrobiologik tarmoqlar korxonalarining, ko’p quvvat va suv talab qiladigan ishlab chiqarish vositalarining ko’pligi tufayli ekologik salbiy o’zgarishi keskinlashdi. Тojikistonning Тursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodining salbiy oqibatlari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Sho’rchi va Oltinsoy tumanlarida sezildi. Natijada anor va xurmoning hosildorligi va sifati pasayib ketdi, aholi salomatligi esa, yomonlashdi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, sog’lom avlodni tarbiyalab o’stirish uchun alohida ahamiyat berilmoqda.
Yosh avlodning va umuman tabiatning jonli qismini sog’lom o’sishi tabiatning jonsiz qismini tashkil qilgan yer, suv va havoning tozaligiga bog’liqdir. Shu sababli birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidanoq ekologik muhitni sog’lomlashtirishga va Orol dengizi muammosiga alohida e’tibor berilГАН. O’zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolar tabiatni muhofaza qilishlari, uning boyliklarini qo’riqlashlari shart ekanligi ko’rsatilgan. Тabiatni muhofaza qilish to’g’risida 1992 yil 9 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Qonuni tasdiqlandi. Olimlar, mutaxassis va siyosiy arboblarni ekologiya va sog’lomlashtirish muammolariga jalb etish, shuningdek, xalqning ekologik bilimini oshirish maqsadida 1992 yilda Хalqaro EKOSAN jamg’armasi tashkil etildi. Keyingi o’n yil ichida tabiatni muhofazalash, Orol dengizi, ekologik ta’lim va tarbiya muammolariga bag’ishlangan xalqaro va respublika ilmiy-uslubiy kengashlari bo’lib o’tdi; natijada ekologik nazorat kuchaytirilib, zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish usullariga o’tish hisobiga chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatilmoqda.
|
| |