|
Bu bo’limda biz zaryad va resistor to’g’risidagi bahsni davom etiramiz
|
bet | 2/4 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #129412 |
Bog'liq 12-Маъруза IBu bo’limda biz zaryad va resistor to’g’risidagi bahsni davom etiramiz
Aylanish analizida,aylanish oddiy diagrammada ta’svirlangan
,
bu yerda - dS yuza bilan unga o‘tkazilgan normal orasidagi burchakdir. Bu ifodadan o‘tkazgichning ixtiyoriy yuzasidan o‘tayotgan tok kuchini hisoblab topish mumkin.
, (1.1)
Tok kuchining zichligi deb, o‘tkazgichning bir birlik ko‘ndalang kesim yuzasidan o‘tgan tok kuchiga miqdor jihatidan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi.
O‘tkazgichning ichida, Kulon kuchi hosil qilgan maydonning kuchlanganligi o‘tkazgichning ikki uchidagi potentsiallar farqi yo‘qolguncha saqlanadi. Demak, zanjirda uzluksiz o‘zgarmas tok o‘tib turishi uchun, Kulon kuchidan tashqari potentsiallar farqini hosil qiluvchi tashqi noelektrik kuchlar ham mavjud bo‘lishi zarur. Bunday kuchlarni elektrga yot kuchlar deb ataymiz.
Elektrga yot kuchlar uzluksiz tokni ta’minlab turishi uchun har xil ishorali zaryadlarni ajratib, potentsiallar farqini doimiy saqlab turadi.Bunday elektrga yot kuchlarni elektr energiya manbalari (galvanik elementlar, akkumulyatorlar, elektr generatorlari) yetkazib turadi.
Elektrga yot kuchlarni hosil qiluvchi qurilmalar tok manbalari deb ataladi.
Tok manbalari, elektrga yot kuchlarning ish bajarishi natijasida, u yoki bu energiya turining elektr energiyaga aylanishi sababli xosil bo‘ladi. Shu sababli bu kuch elektr yurituvchi kuch (EYuK) deb ataladi.
, (1.2)
Manbaning EYuK zanjir ochiq bo‘lganda, uning qutblaridagi potentsiallar ayirmasiga teng bo‘ladi va Voltlarda o‘lchanadi.
Om va Joul-Lents qonunlarining differentsial va integral ifodalari
Elektrga yot kuchlar ta’sir etmaydigan zanjirning qismi bir jinsli o‘tkazgich deb ataladi (R1, R2) (1-rasm).
Om qonuniga asosan, bir jinsli o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi kuchlanishga to‘g‘ri proportsional, o‘tkazgich qarshiligiga teskari proportsionaldir:
, (1.3)
|
| |