|
Reja; Elektron hukumat nima o’zi
|
bet | 5/5 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 31,21 Kb. | | #108741 |
Bog'liq Elektron hukumat. Izbosarov AsqarUstuvor yo‘nalishlar
Aytish joizki, elektron hukumat faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanishni kengaytirish talab etiladi. Shuni unutmaslik kerakki, elektron hukumat faoliyatida ma'lumotlar muayyan davlat muassasasidan tashqariga chiqadi. Bu esa axborot xavfsizligi tizimini takomillashtirishni kun tartibiga qo‘yadi.
Turli idoralar axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlikka o‘tilishi aynan elektron hukumatning shakllanish jarayoni sanaladi. Ushbu jarayonning markazida davlat organi emas, aynan foydalanuvchi turmog‘i lozim.
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida 2018 — 2021 yillarga mo‘ljallangan tegishli dastur ishlab chiqilishi belgilangan. Joriy yilning o‘zida “Lisenziya” portali ishga tushirilishi ko‘zda tutilayapti, notarial xizmatlar avtomatlashtiriladi hamda soddalashtiriladi. Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha ruxsat beruvchi hujjatlarni bir xillashtirish davom ettiriladi. Davlat organlari xodimlari va aholining internetdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kompyuter savodxonligi oshirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi.
Qisqasi, bu va boshqa dolzarb vazifalarning muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarilishi davlat xizmatlari soni hamda sifatini oshiradi, xalq bilan muloqotni yanada yangi, yuqori bosqichga ko‘tarish imkonini beradi.
|
| |