|
Ish samaradorligini oshirishga nima xalaqit bermoqda?
|
bet | 4/5 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 31,21 Kb. | | #108741 |
Bog'liq Elektron hukumat. Izbosarov AsqarIsh samaradorligini oshirishga nima xalaqit bermoqda?
Elektron hukumat faoliyati samaradorligiga idoralararo elektron aloqalarning yaxlit tizimisiz erishib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda haligacha Elektron hukumatni rivojlantirish dasturi doirasida tegishli vakolatli davlat organlarining tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatga olish, ularga litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni taqdim qilishga oid ma'lumotlar bazasini integratsiyalash borasidagi vazifalar to‘liq ro‘yobga chiqarilmagan. Yer uchastkalari ajratish, qurilishga ruxsat berish, mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha tartib-taomillar interaktiv asosga o‘tkazilmagan. “Soliq”, “Bojxona”, “Lisenziya”, “Kommunal” axborot tizimlari majmualari “yagona darcha” tamoyilining barcha tartib-taomili o‘tishi mumkin bo‘lgan yagona platformaga birlashtirilmagan.
Hozirgi paytda har bir idora ish yuritish hamda ma'muriy tartib-taomillar bo‘yicha alohida nizom va yo‘riqnomalar asosida faoliyat olib bormoqda. Afsuski bu holatda ko‘plab muammolar yuzaga kelayotir. Bunday tartib ma'lumotlarni yig‘ish hamda qayta ishlashni qiyinlashtirayapti, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, ruxsatnoma berish bosqichida murojaat etuvchining shaxsan hozir bo‘lishi va hujjatlarning asl nusxalarini topshirishi (ularning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish maqsadida) zarurligi davlat xizmatlarini masofadan turib ko‘rsatish samarasini yo‘qqa chiqarib yubormoqda.
Bunday integratsiyalashmagan holatlar oqibatida takrorlash, “qisman” avtomatlashtirish hamda axborot resurslarining yopiqligi hosil bo‘layapti. Oqibatda axborot tizimlari va resurslarini joriy etish hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholi turmush sifatini oshirishga ta'sir ko‘rsatmayapti. Masalan, “Doing Business — 2016” hisobotida “Qurilishga ruxsatnoma olish” bo‘yicha O‘zbekistonda 28 kun talab qiladigan qo‘shimcha 6 ta tartib-taomil borligi qayd etilgan. Natijada aynan mana shu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston 2011 yildagiga nisbatan quyi pog‘onaga pastlagan. Yer uchastkalari ajratish va qurilishga ruxsatnoma berish eng murakkab tartib-taomillardan biri bo‘lib qolayapti. Buni tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar ham tasdiqlaydi.
Bugungi kunda respondentlarning 37,5 foizi biznes uchun yer olish taomillarini salbiy baholaydi. Bu kayfiyat Buxoroda 50,3 foizni, Andijonda 48,6, Jizzaxda 38,4, Samarqandda 37,7, Namanganda 37,4, Toshkent shahrida 38 foizni tashkil qiladi. “Mulkni ro‘yxatga olish” yo‘nalishida ham mana shunday salbiy vaziyat ko‘zga yaqqol tashlanadi.
|
| |