Elektrolitlar eritmalarida boradigan almashinish reaksiyalari




Download 0.52 Mb.
bet3/3
Sana20.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#62523
1   2   3
Bog'liq
Eritmalar konsentratsiyalarini ifodalash usullari
новые тесты, OVQATLANISH KORXONALARINING RELAMASI
Elektrolitlar eritmalarida boradigan almashinish reaksiyalari. Elektrolitlar eritmalarida reaksiyalar erigan modda ionlari orasida boradi. Agar eritmadagi ionlar qiyin eruvchan yoki kam dissotsiyalanadigan yoxud oson eruvchan moddalar hosil qila olsagina reaksiya sodir bo’ladi.
  • Kumush nitrat eritmasiga HCl yoki uning istalgan tuzi eritmasini ta’sir ettiramiz:
  • AgNO3 + HCl = ↓AgCl + HNO3
  • AgNO3 + NaCl =↓ AgCl + NaNO3
  • Har ikkala holda ham suvda deyarli erimaydigan, o’ziga xos oq “suzmasimon” cho’kma–kumush xlorid hosil bo’ladi. AgCl dan tashqari barcha moddalar eritmada ionlar holida bo’ladi.
  • Ag+ + NO3– + H+ + Cl– = ↓AgCl + H+ + NO3–
  • Ag+ + NO3– + Na++ Cl– =↓AgCl + Na+ + NO3–
    • www.arxiv.uz
    • Bu reaksiyalarning mohiyati shundaki, eritmadagi Ag+ ionlari Cl– ionlari bilan o’zaro ta’sir etib, AgCl cho’kmasini hosil qiladi. H+, Na+ va NO3– ionlari ushbu almashinish reaksiyalarida o’zgarmaydi, shuning uchun tenglama tuzishda ularni ko’rsatmasa ham bo’ladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan protsesslar bitta umumiy formula bilan ifodalanadi:
    • Ag+ + Cl– =AgCl↓
    • Masalan, quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadigan reaksiyalarda Ba2+ ionlari SO42– ionlari bilan birikadi.
    • BaCl2 + H2SO4 = BaSO4↓ + 2HCl
    • Ba(OH)2 + K2SO4 = BaSO4↓+ 2KOH
    • Natijada bariy sulfat BaSO4 cho’kmasi hosil bo’ladi. Har ikkala reaksiyani bitta umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:
    • Ba2+ + SO42– = BaSO4↓
    • www.arxiv.uz
    • Elektrolitlar eritmalarida sodir bo’ladigan reaksiylarning mohiyatini ko’rsatib beruvchi bunday qisqartirilgan tenglamalar deyiladi. eritmadan cho’kma tarzida ajralib chiqadigan qiyin eruvchan birikmalar, kam dissotsilanadigan elektrolitlar hamda oson uchuvchan moddalar ionli tenglamalarda hamma vaqt molekula holida yoziladi. Kam dissotsilanadigan modda hosil qiluvchi reaksiyaga misol tariqasida, kuchli kislotani kuchli asos bilan neytrallash reaksiyasini keltirish mumkin:
    • HNO3 + KOH = KNO3 + H2O
    • Suvdan tashqari, barcha moddalar eritmada ion holiday bo’ladi:
    • H++ NO3– + K++ OH– = K++ NO3– + H2O
    • Reaksiyada ishtirok etmaydigan ionlarni tenglamadan chiqarib tashlasak, quyidagi ionli tenglama hosil bo’ladi:
    • H++ OH– = H2O
    • www.arxiv.uz
    • Eritmalarda dissotsilanadigan birikmalar hosil bo’ladigan reaksiyaga misol qilib, kuchli kislotalarning kuchsiz kislotalar tuzlari bilan o’zaro ta’sirini keltirish mumkin. Bunday reaksiyalar kuchsiz kislota hosil bo’lish tomoniga qarab boradi. Masalan, HCl ning CH3COONa bilan o’zaro ta’siri natijasida kuchsiz dissotsilanadigan sirka kislota CH3COOH hosil bo’ladi.
    • HCl + CH3COONa = CH3COOH + NaCl
    • Kuchli kislotaning H+ ionlari natriy atsetatning CH3COO– ionlari bilan o’zaro birikadi.
    • H+ + Cl– + CH3COO– + Na+ = CH3COOH + Na++ Cl–
    • Reaksiyada ishtirok etmaydigan ionlarni tenglamadan chiqarib tashlasak, quyidagi ionli tenglama olinadi:
    • H+ + CH3COO– = CH3COOH
    • www.arxiv.uz
    • Eritmadan qisman gaz holida ajralib chiqadigan modda hosil qiluvchi almashinish reaksiyasiga misol qilib, Na2S ning HCl bilan o’zaro ta’sirini keltirish mumkin:
    • Na2S + HCl = NaCl + H2S yoki ionli ko’rinishda S2– + 2H+ = H2S↑ bo’ladi.
    • Ionlarning birikishi natijasida barqaror, oson parchalanadigan moddalar hosil bo’lsa ham, gaz modda ajralib chiquvchi almashinish reaksiyasi boradi. Masalan, sulfit kislota tuzlariga kuchli kislota ta’sir ettirilsa, sulfit angidrid SO2 ajralib chiqadi: H2O
    • Na2SO3 + 2HCl = 2NaCl + H2SO3 SO2
    • Ionli tenglamasi SO32– + 2H+ = SO2 + H2O bo’ladi.
    • www.arxiv.uz
    • Kimyoviy reaksiyalar elektrolitlar eritmalarida erkin ionlarning bog’lanish tomoniga boradi. Kuchli elektrolitlar, masalan, KCl va NaNO3 aralashtirilsa, eritmada na qiyin eruvchan birikmalar, na kam dissotsilanadigan moddalar va na gazlar hosil qiladigan K+, Cl–, Na+, hamda NO3– ionlari bo’ladi. Demak, bunday holda ionlar ximiyaviy o’zaro ta’sirlashmaydi, ya’ni reaksiya sodir bo’lmaydi.
    • www.arxiv.uz
    • Etiborinngiz uchun raxmat!
    • www.arxiv.uz

    Download 0.52 Mb.
    1   2   3




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrolitlar eritmalarida boradigan almashinish reaksiyalari

    Download 0.52 Mb.