• 2. Molyar konsentratsiya
  • Molyal konsentratsiya
  • Eritmaning titri
  • Eritmalarning konsentratsiyalarini ifodalash usullari




    Download 0.52 Mb.
    bet2/3
    Sana20.05.2023
    Hajmi0.52 Mb.
    #62523
    1   2   3
    Bog'liq
    Eritmalar konsentratsiyalarini ifodalash usullari
    новые тесты, OVQATLANISH KORXONALARINING RELAMASI
    Eritmalarning konsentratsiyalarini ifodalash usullari. Eritmalarning konsentratsiyalarini, ko’pincha quyidagicha ifodalanadi:
  • 1. Protsent konsentratsiya-100 gr eritmada erigan moddaning grammlar soni. Masalan, o’yuvchi natriyning 10 % li eritmasi deganda 100 gramida 10 gr NaOH hamda 90 g suv bor eritma tushuniladi. Ko’pincha eritmaning konsentratsiyasi uning zichlik qiymatiga qarab bilinadi, chunki ayni temperaturada eritmaning muayyan zichligiga eritma tarkibidagi muayyan miqdor modda to’g’ri keladi. Masalan, zichligi 1,2 g/sm3 bo’lgan sulfat kislotada (1,2 · 103 kg/m3) 15ºC temperaturada 27,27 % H2SO4 ya’ni 100g eritmada 27,27 g H2SO4 bo’ladi. zichlik bilan bog’liq bo’lgan hamma hisoblashlarda quyidagi bog’liqlikka asoslanish lozim.
  • m = V · d bunda, m-eritmaning massasi; V-eritmaning hajmi; d-eritmaning zichligi.
    • www.arxiv.uz
    • 2. Molyar konsentratsiya, boshqacha aytganda molyarlik-1 eritmada erigan moddaning gr-molekulalar (mollar) soni. Molyar konsentratsiya M harfi bilan belgilanadi. 1 litrida 1 mol erigan modda bor eritma bir molyar yoki to’g’ridan-to’g’ri molyar (1M) eritma deyiladi; agar 1 litrida 2 mol erigan modda bo’lsa, ikki molyar (2M), 1 litrida 0,1 mol erigan modda bo’lsa, detsimolyar (0,1M) eritma deyiladi va h.k.
    • www.arxiv.uz
    • 3. Molyal konsentratsiya, boshqacha aytganda molyallik-1000g erituvchida erigan moddaning gr-molekulalar soni. Agar 1000g suvda 0,5 mol modda erigan bo’lsa, bunday eritma yarim molyal eritma deyiladi.
    • 4. Normal konsentratsiya, boshqacha aytganda normallik-1 eritmada erigan moddaning gr ekvivalentlar (g-ekv) soni. Eritmaning normal konsentratsiyasi litrida 1g-ekv erigan modda bor eritma 1 normal yoki to’g’ridan-to’g’ri normal (1N) eritma deyiladi; 1 litrida 0,1g-ekv modda erigan bo’lsa, detsinormal (0,1N), 0,01 g-ekv modda erigan bo’lsa-santinormal (0,01N) eritma deyiladi.
    • www.arxiv.uz
    • 5. Eritmaning titri-1sm3 eritmada erigan moddaning grammlar soniga deyiladi. 
    • Tuz, kislota va asoslarning suvdagi eritmalari yana bir muhim xususiyatga ega: ular elektr tokini o’tkazadi. Shuning uchun bu eritmalar elektrolitmaslardan, ya’ni eritmalari elektr tokini o’tkazmaydigan moddalardan farqli o’laroq elektrolitlar deyiladi.
    • Shved olimi S. Arrenius eritmalarning xossalarini o’rganib (1887) quyidagicha xulosaga keldi: tuz, kislota, asoslar eritmalarida osmotik bosimning ko’tarilishi, muzlash temperaturasining pasayishi va qaynash temperaturasining ko’tarilishi hamda ularning elektr tokini o’tkaza olish xususiyatining hammasi bitta narsadan kelib chiqadi. Bu hodisalarning hammasiga sabab shuki, elektrolitlar suvdagi eritmalarida dissotsilanadi, ya’ni musbat va manfiy zaryadlangan ionlar ajraladi. Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar esa anionlar deyiladi.
    • www.arxiv.uz
    • Elektrolitlar eritmalarida uzluksiz harakatda bo’ladigan ionlarning borligi bu eritmalarning elektr o’tkazuvchanligiga sabab bo’ladi. Elektrolit ionlarga ajralganda bitta molekuladan ikki va undan ortiq ion hosil bo’lishi natijasida eritmadagi zarrachalarning umumiy soni ortadi. Shuning uchun elektrolit eritmasining osmotik bosim, muzlash temperaturasining pasayish va qaynash temperaturasining ko’tarilish kattaliklari xuddi shunday konsentrasiyali elektrolitmas eritmanikidan ancha yuqori bo’ladi.
    • Ya. Vant-Goff va F.Raul qonunlarini elektrolitlar eritmalariga tatbiq etish uchun eritma xossalarining konsentratsiyaga bog’liqligini ifodalovchi tenglamalarga Vant-Goff koeffitsiyenti yoki izotonik koeffitsiyent deb ataluvchi tuzatma ko’paytuvchi kiritiladi va u i harfi bilan belgilanadi. Bu koeffitsiyent elektrolit eritmasidan molekula va ionlarning umumiy soni erigan molekulalar sonidan necha marta ko'pligini ko'rsatadi. Elektrolit eritmasining osmotik bosimi
    • P = i · C · R ·T
    • www.arxiv.uz
    1   2   3




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eritmalarning konsentratsiyalarini ifodalash usullari

    Download 0.52 Mb.