|
Reja: Fan haqida
|
bet | 1/12 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 9,07 Mb. | | #105182 |
Bog'liq 1- dars iqtisot - Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar fanini ta’rifi, mohiyati va o‘qitish maqsadi va vazifalari
- Axborot texnologiyalarining infratuzilmasi
- Dasturiy taʼminot va uning rivojlanish tendensiyalari
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (АКТ) inson jamiyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Boshqaruv masalalarini yechishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni nihoyatda ahamiyatga ega. Ushbu fan talabalarga АКТ sohasidan fundamental nazariy bilimlarni berishga qaratilgan bo'lib, asosiy qo'llaniladigan texnik va dasturiy vositalarini qamrab olgan.
- Fanning predmeti va mazmuni
- Kursning predmeti axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda hamda ulardan foydalanishda, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-extiyojlarini yanada to‘liqroq qondirishda,
- Fanning predmeti va mazmuni
- jahon axborot hamjamiyatiga kirishda hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishda “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar” fanini o‘qitish katta ahamiyatga egadir.
- Talabalarni zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va instrumental vositalaridan foydalanish usullari, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyillari va uslublari bilan chuqur va har tomonlama tanishtirish.
- Talabalarni zamonaviy operatsion tizimlari, matnli va jadvalli axborotlarni qayta ishlash texnologiyalarining funktsional imkoniyatlari bilan tanishtirish va ulardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish;
- Boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning nazariy asoslari va ularni milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga tadbiq qilish usullarini o‘rgatish;
- Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va dasturlami ishlab chiqish texnologiyalardan foydalanishning, Internet tizimi va lokal hisoblash tarmoqlarida ishlashning amaliy ko'nikmalarini shakllantirish.
- Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyat va davlat boshqaruvi faoliyatining barcha sohalariga keng joriy etish hamda ulardan samarali foydalanish, fuqarolarning axborot olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash,
- Fanni sohalar bilan aloqadorligi
- “Elektron hukumat” tizimini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasi, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish borasida mamlakatimiz barcha hududida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
- Fanni sohalar bilan aloqadorligi
- Ta’limda АКТ. Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi hozirda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qisqa muddatli “Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” kursi maktab o‘qituvchilariga tegishli malakalarni egallashga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim samaradorligini oshirishga, darslarning qiziqarli va mazmunli bo‘lishiga olib keladi.
- Fanni sohalar bilan aloqadorligi
- Axborot-kutubxona tizimi. Axborot-kutubxonalarda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini integratsiyalash, axborotni to‘plash, unga ishlov berish tizimiga ilg‘or dasturiy mahsulotlarni joriy qilish, elektron kutubxonalarni tashkil qilish, ta’lim muassasalarida va hududlarda kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatishning tezligi va sifatini oshirishda foydalanilmoqda.
- Fanni sohalar bilan aloqadorligi
- Meditsinada AKT. Kompyuter texnikasidan foydalanish samaradorligini oshirish, qog‘oz sarfini kamaytirish va boshqaruv apparati faoliyatini takomillashtirish hisoblanadi.
- Fanni sohalar bilan aloqadorligi
- Korxonalarda AKT. Axborot texnologiyalari asosida operatsiyaviy faoliyat darajasida quyidagi vazifalarni hal etish mumkin:
- korxona amalga oshiradigan operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash;
- 2) korxonadagi ishlarning ahvoli haqidagi davriy nazorat hisobotlarini tuzish;
- 3) istalgan joriy so‘rovlarga javob olish va ularni qog‘oz hujjatlari yoki hisoblari ko‘rinishida rasmiylashtirish.
- Texnologiya so‘zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig‘indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi.
- AKT tushunchasi va tasnifi
- Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma’lumotni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko‘rinishga keltirish, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
- Axborot texnologiyasi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
- AKT tushunchasi va tasnifi
- Axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
|
| |