Reja: Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi. Texnika xavfsizligi haqida. Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi
"Frantsuzlarning Arximedi" degan nomni olgan olim Blez Paskal 1642 yilda keyinchalik keng ko'lamda go'llanilgan va keyingi hisoblash mashinalari uchun asos bo'lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi. Ana shu ixtiro tufayli duyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:
1662-1645 yillarda Pascal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakillarini yaratdi. Ularning eng mukammali 1645 yilda yaratildi va "arifmetik mashina" yoki "Paskal g'ildiragi" deb nomlandi. 1820 yili Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator- "Arifmometr" ni yaratdi. U qariyib 90 yil (ba`zi kichik o'zgarishlar bilan qayta ishlangan holda) qo'llanildi. Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo'l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining yaratilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. Bunday mashina loyihasi dastlab Rossiyada yashab turgan shved olimi V.T.
Elektron hisoblash mashinalari davri. 1943-1945 yillarda birinchi bo'lib AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Mouchli va Ekkert 70 tonnaga yaqin og'irlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallaydigan va 18 mingta elektron lampaga ega bo'lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi - "ENIAC" yaratildi. Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) - Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti - Vashington shahri, BMT aʼzosi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. U elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.
1947 yilda Bell laboratoriyasinig hodimlari Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Berteyn tomonidan birinchi tranzistor yaratildi. Mazkur kashfiyot uchun ular 1956 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldilar. Qisqa davr ichida, tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli, bugungi kungacha elektron hisoblash mashinalarining to'rtta avlodi yaratildi:
2. Texnika xavfsizligi haqida Kompyuter o'rnatiladigan xonaga kompyuterlar soniga qarab turib, quyidagi talablar qo'yiladi: ta’limni axborotlashtirish bu tinglovchilarni kompyuterda nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazish bilan bajariladi. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Shuning uchun kompyuter xonasida 5 tadan 20 tagacha kompyuter o'rnatilishi mumkin. Bizning sharoitimizda uning soni 5 taga teng. Shuning uchun kompyuter xonasini o'lchamlari quyidagicha bo'lishi kerak: 6x10x2,8 metr.
Stol va stullarga talablar Kompyuter xonasida stol va stullarga talablar mavjud bo'lib, stol balandligi yerdan 68-77 sm bo'lib, stullar esa aylanuvchan bo'lishi kerak va albatta orqasida suyanchig'i bo'lishi kerak. Chunki stol-stullar o'z gabariti bilan to'g'ri kelmasa, foydalanuvchi tezda charchab qoladi. Stol va stullar shunday joylashtirilishi kerakki, ular insonlarga turib yurishga xalaqit bermasligi kerak. Bundan tashqari, o'qituvchi bemalol har bitta tinglovchini oldiga borib, uni qilgan xatolarini Kompyuterda bemalol ko'rsata olishi kerak. Insonni antropometrik o'lchovlarini hisobga olish Insonni antropometrik o'lchovlari quyidagicha: o'rtacha balandligi 1 metr 72 sm, elka kengligi 39 sm, qo'llar yoyilmasi 160 sm. Agarda bu antropometrik o'lchovlar hisobga olinmasa, tinglovchilar ish paytida bir-biriga xalaqit berishi mumkin. Monitordan insonning ko'zigacha bo'lgan optimal masofa Monitor ko'zdan ozgina pastroqda va 50 smdan kam bo'lmagan masofada joylashishi kerak. Monitor va ko'z orasidagi masofa 60-70 sm bo'lishi tavsiya qilinadi, bu masofa kichik bo'lsa, insonni ko'zi tezroq charchaydi. Monitorni dizayni va rangi o'ziga e'tiborni jalb qilmasligi kerak. Shuning uchun monitorning sirt tomonida har xil reklama yopishtirgichlarini olib tashlash kerak. Monitorning ekrani zangori va ko'k ranglarga bo'yalishi shart. Chunki bu ranglar inson ko'ziga eng yaxshi ranglardan hisoblanadi. Kompyuterda ishlash vaqtida insonning charchash sabablari Kompyuter bilan ishlash vaqtida inson quyidagi faktorlardan charchaydi: - ekranni yorug'ligi; - kontrast va fon o'rtasidagi aniqligi; - Kompyuterda ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi; - Kompyuterda nurlanishning insonga ta'siri; - Kompyuter buzuqligi.
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud. Avvalambor, kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin. Shaxsiy Kompyuterlar uchun kuchlanishning o'zgarishi, ayniqsa keskin o'zgarishlar xavfli bo'lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvatining o'zluksizligini ta'minlovchi - URS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus URS qurilmasi elektr quvvatini o'zgarmas holda ushlab turadi, hamda elektr manbai o'chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida Kompyuter ishlashini ta'minlab turadi. Bu vaqt Kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. masalan, kerakli ma'lumotlarni diskka yozib qo'yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va hokazo. Download 78,5 Kb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Reja: Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi. Texnika xavfsizligi haqida. Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi
|