• Inson salomatligini ta’minlovchi asosiy omillar . III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
  • Reja: I. Kirish II. Asosiy qism




    Download 22.95 Kb.
    bet1/8
    Sana28.03.2023
    Hajmi22.95 Kb.
    #47210
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    referat
    Ibrayimov 1, Berilgan oraliqda funksiyalarni furye qatoriga yoyish Toq va ju (2), Анг, 2. 1 Tasodifiy miqdor va uning taqsimot funktsiyasi. Taqsimot fu, Python masalalar (Uslubiy qo\'llanma), Get Started with WPS Office for Android, Sultonov Humoyun icpc.global, 2 5463416859728548875, Maruza-1, Презентация1, KTP Tarmaq qáwipsizligi, Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov), 14-Амалий иш, Лекция 2. Типы задач машинного обучения. Инструментальные средства для машинного обучения

    inson salomatligin onitoring qilishda informatsiyalik texnologiyalardan foydalanish.
    Reja:
    I.Kirish
    II.Asosiy qism

    1. Valeologiya fanining ahamiyati, predmeti, maqsad va vazifalari.

    2. Sog’likka ogohlik.

    3. Sog’lik nima va u qanday baholanadi.

    4. Inson salomatligini ta’minlovchi asosiy omillar.

    III.Xulosa
    IV.Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Salomatlikni o’rganuvchi fan bu “Valeologiya” fanidir. Bu atamani 1982 yilda I. I. Brexman fanga kiritgan. “Valeologiya” lotincha so’z bo’lib, “Valeo” –sog’lomlik, sog’lom bo’lmoq degan ma’noni bildiradi. Demak valeologiya sog’lom odamning sog’lomlik holatini o’rganadi. Valeologiya integrativ fan sifatida gigiena, epidemiologiya, normal fiziologiya, tibbiy psixologiya, pedogogika, etika va ekologiya hamda boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog’langan holda ularning uslublari va dalillaridan, insonlarni sog’lomlashtirish maqsadida foydalanadi. Bu o’rinda esa har bir pedagog inson ruhiyatining bilimdoni bo’lishi kerak. Shundagina STTni shakllantirishda insonning sog’likka nisbatan dunyoqarashini o’zgartirish mumkin. Uning sog’lom umri davomiyligini saqlash mumkin.
    Valeologiyani – sog’lom turmush tarzini amalga oshirishda, yana bir masala, bu ham bo’lsa, sog’lom turlmush tarzini shakllantirishda psixologik ruhiy tayyorgarchilikning ahamiyati. Bu borada har bir inson STT talablari asosida yashashga urinishida, undagi xohishni rivojlantirish uchun psixologik nuqtai – nazardan tayyor bo’lmog’i lozim. Demak, STT ta’limotini o’zgartirish bu masalaga insonning ongli yondashishi, xatti-harakatlarini ongli ravishda tartibga solish va ko’zlangan maqsadga erishishi, buni amalga oshirishda uchraydigan to’siqlarni (shubha, qo’rqinch, ishonchsizlik kabilarni) irodaga tayanib engish katta ahamiyat kasb etadi. STTni shakllantirishda ruhiy-hissiy holatni ongli ravishda amalga oshirish asosiy masala bo’lib qoladi. Chunki ong-bu kishining moddiy dunyo, ijtimoiy hayot va uning qonuniyatlarini o’z imkoniyatlari darajasida anglash hamda voqea – hodisa yoki hayotiy muammolarni ijobiy hal qilish qobiliyatidir. Shuning uchun ham insondagi sog’likka bo’lgan qiziqishni shakllantirish uchun uning ruhiyatini ko’taruvchi holatlarni yaratish, jumladan, inson psixologiyasiga ta’sir etish yo’li bilan insonlar sog’ligini asrash, uzoq umr ko’rish g’oyasini insonlar ongiga singdirish katta ahamiyat kasb etadi.
    Valeologiya fanining predmeti – inson. Maqsadi esa insonlar salomatligini yaxshilash va mustahkamlash, insonning hayotdagi faol umrini uzaytirish, kasalliklarni kamaytirishga hamda kasalliklar kelib chiqishini oldini olishga, sog’lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan. Vazifasi esa shu maqsadlarni amalga oshirishdan iborat. Buning uchun valeologiya yuqorida keltirilgan fanlar bilan uzviy bog’langan holda o’z maqsadi sari boradi va insonning komillikka erishish jarayonida ularga yordamchi bo’ladi.

    Download 22.95 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 22.95 Kb.