• Nazariyaga oid integratsiya
  • Muammoli integratsiya
  • Ob'ektga doir integratsiya




    Download 20,92 Kb.
    bet2/3
    Sana18.12.2023
    Hajmi20,92 Kb.
    #122461
    1   2   3
    Bog'liq
    hafiza 4

    Ob'ektga doir integratsiya: bunda bir ob'ektning turli fanlardagi timsollari bir mavzu, bo‘lim yoki kurslarga (yer, suv, havo, oziq-ovqat va boshqa) kiritiladi.
    Tushunchaga oid integratsiya: bunda umumiy tushuncha (energiya, harakat, modda, axborot va boshqalar)lar mazmunini ochib beradigan mavzu yoki kurslar qamrab olinadi.
    Nazariyaga oid integratsiya: u fizika, kimyo, biologiyadagi kvant nazariyasi; biologiya, kimyo, astronomiya, texnika, sotsiologiyadagi evolyusion nazariyaga asoslanadi.
    Metodologik integratsiya: u falsafa metodologiyasi kabi ilmiy bilishning alohida metodlariga taalluqli integratsiya bo‘lib, ularga tizimli yondashuvning qo‘llanilishi va uning mohiyati, tabiatshunoslikka oid muammolarning qo‘yilishi va ularning hal etilishi; fandagi tushuntirish va prognoz qilish; kuzatish, tajriba, modellashtirishning tuzilish mohiyati va qo‘llanilishi kabilar kiritiladi.
    Muammoli integratsiya: u turli kenglik darajasidagi fanlararo muammolarni qamrab oladi (atrof-muhitni muhofaza qilish, giyohvandlikka qarshi kurashish va boshqalar).
    Faoliyatga oid integratsiya: munozara, guruhlar tarkibida ishlash, fanlararo reja va loyihalar tuzish va boshqalar.
    Amaliy integratsiya: turli jarayon yoki texnik mahsulotlarni har tomonlama ko‘rib chiqish, antibiotiklar, sintetik moddalar, biotexnologiya kompyuterlar va boshqalar.
    Boshlang‘ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. U bolalarga matematika, o‘qish, tabiat haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni va yana ko‘pgina narsalarni o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘zining kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang‘ich sinflarda har bir o‘qituvchining dars berishini, alohida olingan integratsiyaning bir usuli deb hisoblasak ham bo‘ladi.
    Integrativ darslarni tashkil qilish orqali o‘quvchilar bilan munozara qilish, ularni fantaziya qilishga o‘rgatish, guruhlararo musobaqalarni tashkil etish, savoljavoblarni uyushtirish mumkin. Bunday zamonaviy dars turlarini qo‘llashdan asosiy maqsad o‘quv jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish, o‘quv materialini o‘zlashtirishlarining yuqori darajasiga erishishdan iborat. Ana shunday texnologiya o‘quvchilarda dunyoni o‘zgacha tasavvur qilishga o‘rgatadi, amaliyotni hayot bilan bog‘lashga, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlamaslikka, shaxs va jamiyat uyg‘unligini anglashga, fikrlar rang-barangligiga erishishga, nostandart tafakkur qilishga, shuningdek, o‘z-o‘zini rivojlantirish yo‘llarini tushunishga imkon yaratadi. Ona-tili darslarini texnologiya darslari bilan integratsiyalash ham qiziqarli, ham o‘ziga xosdir. Bunda ham, ona-tili darslarini tasviriy san'at darslari bilan integratsiyalashgan kabi darsni ayrim qismlarini, yoki, uning boshida integratsiyani amalga oshirish mumkin. Ko‘pincha, o‘qituvchilar texnologiya darslarida plastilindan, qog‘ozdan foydalanadilar. Boshlang’ich sinflarda integratsiya kursi asoslari. Ona tili, o’qish, tabiat, o’qish, tasviriy san`at, musiqa, matematika, texnologiya, jismoniy tarbiya darslari integratsiyasi. Boshlang’ich sinflarda fanlarni integratsiyalash dars smaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o’zlashtirishga yordam beradi, bo’sh vaqt orttiriladi va to’garaklarga jalb etiladi.
    Boshlang’ich ta`limda ona tili, o’qish, tabiat, tasviriy san`at darslarini integratsiyalash mumkin. Masalan, O’zbekiston mening Vatanim mavzusini o’tishi uchun mavzu tushuntiriladi, tabiiy boyliklari va ularni qadriga etish ko’rib chiqiladi va mavzu asosida rasm ham chiziladi. Bu esa bolani mavzuni yaxshi tushunib olishiga yordam beradi, kengroq va chuqurroq tushunishiga imkon ortadi, uzoq vaqt yodda saqlab qolishiga yordam beradi. Bu esa dars samaradorligini oshiradi. Ona tili, o’qish, matematika, texnologiya darslari integratsiya qilinsa ham yaxshi natijaga erishiladi. Bunda ham o’quvchi darsni yaxshi tushunadi. Masalan, “Kuz” mavzusi o’tilsa, mavzu o’qiladi, tushuntiriladi, hosil yig’ib olishga doir masalalar echiladi, texnologiya darslarida mevalarni yasash mumkin. Shunda esa darsni mukammal o’zlashtirib olishlariga imkon yaratadi.
    Masalan; Bog’da o’quvchilar birinchi kuni 35 kg, ikkkinchi kuni 45 kg olma terishdi. Hammasi bo’lib necha kg olma terishdi? 35+45=80 javob: 80 kg. Bu masala asosida mevalar rasmini chizishlari mumkin. Bola bir darsning o’zida kuz haqida o’rgandi, mevalar haqida bildi va rasm chizdilar, kuz mevalari haqida masala echdilar. Shunday qilib o’quvchi birgina integratsiya darsida juda ko’p ma`lumotlarga ega bo’ldi va uzoq vaqt esda saqlab qoladilar deb o’ylayman.
    Matematika, jismoniy tarbiya, tabiat, musiqa darslari mujassamlashtirilsa foydadan holi bo’lmaydi. Musiqa eshitish, mavzu yuzasidan misol echish, narsalar yasash bular hammasi darsni yaxshi chiqishiga olib keladi deb o’ylayman.


    Download 20,92 Kb.
    1   2   3




    Download 20,92 Kb.