|
Reja: Integratsiylashgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari
|
bet | 1/3 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 20,92 Kb. | | #122461 |
Bog'liq hafiza 4
Mavzu :Texnologiya darslarini integraytsiyalash
REJA:
1.Integratsiylashgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida integratsiyalashgan ta’limdan foydalanishning metodik xususiyatlari.
3.Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish omillari.
«Integratsiya» tushunchasi ta'lim jarayoniga tatbiq etilganda ikkita ma'noni anglatadi: birinchidan, bu maktab o‘quvchilarida bizni o‘rab turgan atrof-olamni bir butunlikda deb qabul qilinishiga erishish (bunda integratsiya ta'lim maqsadi sifatida maydonga chiqadi); ikkinchidan, fanga doir bilimlarni umumiy jihatlarini yaqinlashtirish (bunda integratsiyaga ta'lim vositasi sifatida qaraladi).
Integratsiya - «butun» degan ma'noni bildiradi, demak, bu tafakkur o‘sishi jarayonining turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish bo‘lib hisoblanadi. Integratsiya fanlarning mexanik birlashishi emas, bu sintez, yangi narsaning kelib chiqishi, kashfiyotdir. Alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog‘lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir
Integrativ ta'limda - fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish o‘rganiladi.
T
a'limdagi integratsiyani quyidagicha ifodalashni lozim topdik:
1. Butun borliq haqida yaxlit tassavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya ta'lim maqsadi sifatida qaraladi);
2. Turli fan bilimlarini yaqinlashtirish uchun umumiy platforma topish (bunda integratsiya vosita sifatida ishlatiladi).
3. Rivojlantiruvchi ta'lim berish vositasi sifatida.
4. Umuminsoniy, milliy tarbiya vositasi sifatida.
Ikki o‘quv fani o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatishda va ularning integratsiyasida vaqti-vaqti bilan u yoki bu fan tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Turli o‘quv fanlardagi mavzularning uzviy bog‘liqligi va mantiqiy o‘zaro aloqadorligi integratsiyalashgan darslarning asosi bo‘lishi kerak.
Integratsiyaning tarkibiy qismlari. Olib borilgan tadqiqotlardan ma'lum bo‘ldiki, integratsiya ma'lum bir tarkibiy qismlarga ega ekan. Quyida ana shu haqda fikr yuritiladi.
|
| |