• Xalqaro standartlashtirish tashkiloti /ISO/
  • Metrologiya va standartlashtirish bo‘yicha xalqaro




    Download 45 Kb.
    bet2/4
    Sana22.12.2023
    Hajmi45 Kb.
    #126813
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Metrologiya sohasida ishlatiladigan asosiy atamalar

    2.2. Metrologiya va standartlashtirish bo‘yicha xalqaro
    tashkilotlar

    Turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohalarida meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu sohalardagi ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va bu sohalar bo‘yicha har xil yordam ko‘rsatish bilan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya sohasida qonunlashti-ruvchi Xalqaro tashkilot, sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiya, G‘arbiy Yevropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Arab tashkiloti va boshqalar faol ishlab turibdi.


    Ana shu tashkilotlar va ularning olib borayotgan ishlari, faoliyat doiralari xususida qisqacha ma’lumot berib o‘tish maqsadga muvofiqdir.


    Xalqaro standartlashtirish tashkiloti /ISO/

    Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo‘mitasi (1918 y), Amerika qo‘mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi.


    Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. Shu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi.
    1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro syezd ochildi. Unda texnikaning turli sohalari bo‘yicha 32 ta qo‘mita va kichik qo‘mitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi.
    Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, rivoj topmoqda.
    ISO ning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o‘zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirish-dir.
    Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
    dunyo ko‘lamida standartlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda uyg‘unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar ko‘rish;
    xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qo‘mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to‘rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma’qullanishi mumkin);
    o‘z qo‘mita a’zolarining va texnikaviy qo‘mitalarning ishlari haqida axborotlar almashinuvini tashkil qilish;
    sohaviy masalalar bo‘yicha manfaatdor bo‘lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.
    ISO rahbar va ishchi qo‘mita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari tarkibiga Kengashning yuqori idorasi - Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo‘mitalari va markaziy sekretariati kiradi.
    ISO da prezident, vitse-prezident, g‘aznachi va bosh sekretar lavozimlari mavjud. Bosh Assambleya – ISO ning Oliy Rahbari bo‘lib, ISO ning yig‘ilishi uch yilda bir marta bo‘ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.
    Bosh Assambleya o‘tkazish vaqtida sanoat sohasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
    ISO kengashi yiliga bir marta o‘tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi, xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash idoralarining a’zolarini hamda texnikaviy qo‘mitalarning raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko‘riladi.
    Sobiq Ittifoq parchalangunga qadar Xalqaro standartlash-tirish tashkilotining tarkibi 91 mamlakatning vakillaridan iborat edi.
    Respublikamizning dastlabki mustaqillik yillaridagi (1992 yil) muhim voqealardan biri ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi 92- davlat sifatida qabul qilinishi bo‘ldi.
    Endilikda O‘zbekiston Respublikasi ISO ning teng xuquqli a’zolaridan biri hisoblanadi.
    Mahsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va ta’minlash bo‘yicha oxirgi vaqtda qilingan ishlarni mujassamlab, ISO o‘zining bir qator meyoriy hujjatlarini ishlab chiqdi, bu hujjatlarga ISO 9000, 10011 va 10012 raqamli standartlarni ko‘rsatish mumkin.



    Download 45 Kb.
    1   2   3   4




    Download 45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metrologiya va standartlashtirish bo‘yicha xalqaro

    Download 45 Kb.