Reja: Jihozlarni ta'mirlash ishlarini tashkil etish 2




Download 0.63 Mb.
bet1/4
Sana06.03.2024
Hajmi0.63 Mb.
#167890
  1   2   3   4
Bog'liq
Nematov B. 1-20 TMJ
javob, Yangi konstitutsiya, 831 ustama baholash mezonlari, portal.guldu.uz-7-Amaliy Zamonaviy taqdimot yaratuvchi dasturlar, TAQRIZ TASHQI[1], TAQRIZ ICHKI[1], dinshunoslik, Dinshunoslik, Mustaqil3

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QOʻQON FILIALI 1-20 TMJ GURUH TALABASI NEMATOV BEHZODJONNING "TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLARNI TAʼMIRLASH" FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Mashina detallarining yeyilishi

Reja:

1.Jihozlarni ta'mirlash ishlarini tashkil etish

2.Jihozlarning ishchi organ va detallarining yeyilishi


JIHOZLARNI TA`MIRLASH ISHLARINI TASHKIL QILISH
VA TEXNOLOGIYASI
 
Ta`mirlash (remont – fransuzcha “remonter” – to’g’rilash, to’ldirish, qayta yig’ish) – jihozlarni, texnika qurilmalari va mexanizmlani, yig’ma birlik va detallarning ishga yaroqliligini tiklash uchun o’tkaziladigan tashkiliy va texnik tadbirlar majmuasi tushuniladi. Ana shu tadbirlarni amalga oshirish natijasida texnologik va boshqa jihozlarning, quvurlar sistemasining ish qobiliyati Davlat standarti DSt (Государственный стандарт ГОСТ) va texnik shartlar TSh (Технические условия ТУ) talablariga javob beradigan darajagacha etkaziladi, ya`ni mashinaning ish qobiliyati qaytadan tiklanadi.
Mashinaning ish qobiliyati (работоспособность) - bu mashinaning DSt va TSh da belgilangan talablar bo`yicha o`z funktsiyasini bajarish holatidir.
Buzilish (отказ) - bu mashinaning o`z ish qobiliyatini tamomila yoki qisman yo`qotishi.
Nosozlik (неисправность) - bu mashinaning DSt yoki TSh larning birini yoki bir nechtasini bajara olmaslik holati. Nosozliklar ikki sababga ko`ra kelib chiqadi: birinchisi - mashina o`ziga yuklatilgan vazifani bajarish uchun sozlanmagan, bu nosozlikni yo`qotish uchun mashinani sozlash (rostlash) kifoya, ikkinchisi - mashinada sozlash bilan bartaraf etib bo`lmaydigan o`zgarishlar ro`y bergan, bu holatda mashina detallarini qayta tiklash yoki almashtirish, ya`ni mashinani ta`mirlash talab etiladi.
 Ishonchlilik (надёжность) - bu mashinaning ish qobiliyatini ma`lum muddat ichida yoki ma`lum bajargan ish hajmida saqlab turish xususiyati.
Ishonchlilik nazariy va amaliyga bo`linadi. Nazariy ishonchlilik jihozni konstruktsiyalash (loyihalash) jarayonida ta`minlanadi. Amaliy ishonchlilik jihozni yasashda ta`minlanadi va uni to`g`ri transportlash, saqlash va ishlatishda muayyan darajada saqlab turiladi. Ishonchlilikning miqdoriy ko`rsatgichlarini aniqlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qonunlariga asoslangan ishonchlilik nazariyasi qo`llaniladi. Bu nazariyaning asosiy vazifasi mashinaning buzilish va nosozliklarini oldindan ro`y berish ehtimolini aniqlash va ular ro`y berishining oldini olishdir.
Mashinaning ishonchliligini oshirishning asosiy yo`li - bu uning konstruktsiyasini soddalashtirishdir, ya`ni mashinaning tashkil qilgan ishchi organlar (detallar) konstruktsiyasi qancha sodda bo`lsa, ularning ishdan chiqish ehtimoli shuncha kichik bo`ladi va aksincha.
Ishonchlilik miqdor jihatdan buzilish orasidagi ish hajmi va buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan belgilanadi.

Download 0.63 Mb.
  1   2   3   4




Download 0.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Jihozlarni ta'mirlash ishlarini tashkil etish 2

Download 0.63 Mb.