Reja: Kirish Asosiy qism




Download 1.26 Mb.
bet2/8
Sana28.02.2024
Hajmi1.26 Mb.
#163789
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayev Husniddin Kurs ishi
tarbiya usullari va shakllari, 221-I 26.04.1996, 3-20 Mexanika Kurs ishi, 3-mavzu, Tayanch harakatlanish sistemasigadoir testlar-fayllar.org, PIRLS TADQIQOTLARI UCHUN TOPSHIRIQLAR TOPLAMI (Oquv - uslubiy qollanma) , hal qilish va resurislardan samarali foydalanish, Berilganlar bazasi, Innovatsiya, Creative Personality at Work Katya Stoyheva, Mustaqil mavzular

Asosiy qism


HTML qisqartmasining kengaytirilgan ma’nosi Gipermatnli Belgilash Tili (Hyper Text Markup Language) degan ma’noni anglatib, asosan Internetda foydalaniladi va web sahifalar yaratishga xizmat qiladi. Qisqacha tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, HTMLga Bernars Lee degan odam 1991-yilda asos solidi, biroq 1995-yilda ishlab chiqilgan “HTML 2.0” HTMLning birinchi standart talqini sifatida qabul qilingan. HTML 4.01 HTML ning HTML ning eng katta versiyasi hisoblanadi va u 1999-yilning oxirida yaratildi. HTML 4.01 versiyasidan biz keng foydalanib kelmoqdamiz, biroq hozirda bizda HTML 4.01 versiya asosida ishlab chiqilgan HTML 5 versiyasi ham bor va unga 2012-yilda asos solingan.
Axborot deganda atrof muhit oby’ektlari va xodisalari, ularning o’lchamlari, xususiyatlari va holatlari to’g’risidagi ma’lumotlar tushuniladi.
Axborot so’zi lotincha «informasiya» so’ziga mos kelib, tushuntirish, tavsiflash degan ma’nolarni bildiradi.
Axborot bu - biz barcha sezgi a’zolarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar to’plamidir.
Axborot atrofimizdagi har xil voqea xodisalar haqidagi ma’lumotlar yig’indisidir. Shuning uchun axborotni kitoblarda, jurnallarda, yozuvimizda, o’zaro muloqotimizda, radio va televideniyelar kabilarda uchratish mumkin.
U quyidagi uchta muhim sifatga ega bo’lishi lozim:

  1. Axborot o’rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to’liq ifodalashi lozim, ya’ni axborot to’liqlik sifatiga ega bo’lishi lozim.

  2. Axborot ma’lum ma’noda qiymatli bo’lishi lozim, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug’ilmaydi.

  3. Axborot ishonchli bo’lishi lozim, aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug’ilmaydi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanida bundan tashqari algoritm, dastur, kompyuter, texnologiya, axborotlashgan jamiyat va boshqa tushunchalar ham mavjud.
Bu tushunchalar mazmuni quyidagi mulohazalarda keltirilgan:
Biror masalani kompyuterda xal qilish kerak bo’lsa, masalani dastlab yechish ketma-ketligini so’z yoki grafik shaklda yoziladi, ya’ni masalaning algoritmi tuziladi.
Masalaga tuzilgan algoritmni kompyuter tushunadigan ko’rsatmalar va qonunqoidalar asosida yozish dastur deb ataladi.
Kompyuter uchun masalaga dastur tuzish jarayoni dasturlash deyiladi. Kompyuter tushunadigan ko’rsatmalar va qonun-qoidalar asosidagi yozuvlar dasturlash tili deb ataladi.
«Kompyuter» so’zi inglizcha so’z bo’lib, «hisoblovchi» ma’nosini anglatadi. Hozirgi kunga qadar elektron hisoblash mashinasi (EHM), shaxsiy elektron hisoblash mashinasi (ShEHM), personal kompyuter tushunchalari hayotimizga kirib kelgan. U hozirda faqat hisoblash ishlarini bajaribgina qolmasdan, balki matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi.
Texnologiya so’zi lotincha ikki so’zdan, «thexnos» - san’at, mahorat, hunar, soha va «logos» - fan kabilardan olingan. Axborot texnologiyalari axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usullari va vositalari majmuidir.

Download 1.26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.26 Mb.