|
II.BOB ISHLAB CHIQARISH VA SANOAT KORXONALARIDA KOMMUTATSIYA TURLARI
|
bet | 4/8 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 3,58 Mb. | | #238812 |
Bog'liq 63-20 Turg\'unboyev DiyorbekII.BOB ISHLAB CHIQARISH VA SANOAT KORXONALARIDA KOMMUTATSIYA TURLARI
2.1. Fazoviy kommutatsiya tuzilishi va sanoatda ishlatilishi
Fazoviy kommutatsiya qurilmasi dekada – qadamli va koordinata turidagi ATSlarda ishlatilgan edi, ya’ni raqamli kommutatsiya paydo bo‘lishidan ancha avval ishlatilgan edi. Fazoviy kommutatsiya kvazielektron va elektron ATSlarning birinchi avlodining kommutatsiya maydonlari tuzilishining asosi bo‘lgan. Xususan, 1ESS, 2ESS va 3ESS Amerika stansiyalari hamda KVARS, MT- 20/25, ISTOK stansiyalari faqat fazoviy kommutatsiyadan foydalanadi. Elektromexanik va kvazielektron stansiyalarida fazoviy S - kommutatorlar (Space - fazo so‘zidan olingan) kommutatsiya maydonida mexanik bog‘lovchi yo‘lini barpo etadi, u butun ulanish davomida ulanib turadi. Bunda kommutatsiya maydoning kirishi bilan uning chiqishi o‘rtasida fizik ulanishni ta’minlaydi. 5.4- rasmda kirishdagi birinchi chiquvchi raqamli traktdagi i – kanalni (i- vaqt oralig‘i) chiqishdagi M – raqamli traktdagi i- kanal bilan, hamda kirishdagi N raqamli traktdagi 0- kanalni chiqishidagi birinchi raqamli traktdagi 0- kanal bilan kommutatsiyasi misol tariqasida keltirilgan.
4-rasm. Fazoviy kommutatsiya jarayoni.
Raqamli fazoviy kommutatsiya kirishlarini chiqishlar bilan ulash faqat kirishga ajratilgan vaqt oralig‘i nomeri chiqishiga ajratilgan vaqt nomeriga mos kelgan holdagina ulanish imkonini beradi, ya’ni vaqt kanallariga biriktirilgan vaqt intervali o‘zgarmagani tufayli fazodagi kommutatsiyada har xil traktdagi bir xil nomli vaqt kanallarining kommutatsiyasi bajariladi.
Agar: Xi- ixtiyoriy kiruvchi raqamli trakt bo‘lsa, bunda i 1, N ;
Zj - ixtiyoriy chiquvchi raqamli trakt bo‘lsa, bunda ;
Yij - kommutatsiyalanayotgan traktlarni aniqlovchi funksiyasi.
U holda quyidagi tizimga ega bo‘ladi:
Boshqa tomondan olganda, ixtiyoriy kirish trakti ixtiyoriy chiqish trakti bilan kommutatsiyalanishi uchun, Z ni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
U holda quyidagi tizimga ega bo‘lamiz:
|
| |