|
Reja: Kogerent to’lqinlar va kogerentlik shartlari
|
bet | 5/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,24 Mb. | | #235427 |
Bog'liq yorug\'likFrenel zonalari deb ataladi. OC≫�>> λ boʻlgani sababli, bu zonalarning yuzasi amalda bir xil bo'ladi. Lekin ularning O nuqtadagi ta'siri har xil. Haqiqatan ham,birinchi zonaning biror nuqtasidan va ikkinchi zonaning unga mos nuqtasidan O nuqtagacha bo'lgan yo'llar ayirmasi �2λ/2 ga teng, binobarin, bu mos nuqtalardan nurlanayotgan to'lqinlar O nuqtaga qarama-qarshi fazada keladi va bir-birini so'ndiradi. Xuddi shuningdek, ikkinchi zonaning O nuqtadagi ta'siri uchinchi zonaning ta'sirini, uchinchi zonaning ta'sirini esa to'rtinchi zonaning ta'siri kompensatsiyalaydi va hokazo.
3-rasm
Agar teshikka faqat ikkita zona sig'sa, u vaqtda O nuqtada yorug'lik deyarli bo'lmaydi, chunki ikki qo'shni zonalar bir-birining ta'sirini oʻzaro so'ndiradi. Yorug'likning asosiy qismi O nuqtaning atrofida taqsimlanadi. Demak, yorug' halqa bilan o'ralgan qora dog'ni ko'ramiz.Yorug' halqadan so'ng yana xira yoritilgan halqa kuzatiladi va hokazo. Uchta zona sig'adigan teshik bo'lsa, u holda O nuqtada toʻliq birinchi zona ta'siri tufayli yorug'lik boʻladi, chunki ikkinchi va uchinchi zonalardan kelayotgan to'lqinlar bir-birining ta'sirini yo'qotadi. Bu holda yorug' markaziy nuqta qora halqa bilan o'ralgan boʻladi, undan keyin yana yoritilganlik kuzatiladi va hokazo. Shunday qilib, noshaffof ekran ochiq qoldirgan DCD to'lqin sirtiga sig'gan Frenel zonalarining soni toq bo'lsa, difraksion manzaraning markazida yorug' dog', uning atrofida navbatlashib kelgan xira va yorug' halqalar hosil bo'ladi (2- a rasmga qarang). Aksincha, zonalarning soni juft bo'lsa, u holda difraksion manzaraning markazida qora dog' va uning atrofida navbatlashib kelgan yorug' va xira halqalar paydo bo'ladi (2- b rasmga qarang). Yuqorida yuritilgan mulohazalar kabi mulohazalar yuritib, barcha difraksion manzarani tushuntirish mumkin. Gyuygens - Frenel prinsipi yorug'likning to'g'ri chiziq bo'yicha tarqalishini ham tushuntirib beradi. Agar yorug'likning to'lqin sirti to'la ochiq bo'lsa (hech qanday to'siqqa uchramasa), u holda unga joylashishi mumkin boʻlgan zonalarning soni cheksiz ko'p boʻladi. Tegishli hisoblashlarning koʻrsatishicha, butun to'lqin sirtining ta'siri markaziy - birinchi zona ta'sirining yarmiga teng ekan. Markaziy zonaning oʻlchamlari millimetrning ulushlari tartibida. Demak, yorug'lik S nuqtadan O nuqtaga go'yo juda ingichka to'g'ri chiziqli kanal chegarasida tarqaladi, ya'ni deyarli to'g'ri chiziq bo'yicha tarqaladi. To'lqinlarning difraksiya hodisasini 1690- yilda golland olimi Gyuygens tomonidan tavsiya qilingan prinsip asosida tushuntirish mumkin. Bu prinsip olimning nomi bilan
|
| |