|
Gyuygens - Frenel prinsipi
|
bet | 4/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,24 Mb. | | #235427 |
Bog'liq yorug\'likGyuygens - Frenel prinsipi vujudga keldi. Gyuygens - Frenel prinsipining asosida isbotsiz qabul qilingan quyidagi muhim qoidalar yotadi:
1 .Fazoning biror ixtiyoriy M nuqtasida �0S0 yorug'lik manbayi uyg'otayotgan tebranishlarning amplitudasini hisoblashda shu �0S0 manbani unga ekvivalent boʻlgan ikkilamchi manbalar sistemasi bilan almashtirish mumkin.�0S0 manbani o'rab olgan, lekin kuzatilayotgan M nuqtani o'z ichiga olmagan ixtiyoriy qo'shimcha S berk sirtning kichik dS bo'lakchalari ikkilamchi manbalar vazifasini o'taydi (2-rasm).
2-rasm
2. Ikkilamchi manbalar �0S0 manba bilan va oʻzaro kogerent, shuning uchun ular chiqarayotgan ikkilamchi to'lqinlar bir-biri bilan ustma-ust tushganda interferensiyalanadi. Agar S qo'shimcha sirt sifatida �0S0 man- badan tarqalayotgan yorug'likning to'lqin sirti tanlab olinsa, hisoblashlar ancha osonlashadi, chunki bu holda barcha ikkilamchi manbalarning tebranishlari bir xil fazada sodir boʻladi.
3. �0S0 manbaning to'lqin sirti bilan ustma-ust tushuvchi S berk sirtning bir xil yuzali boʻlakchalarining ikkilamchi nurlanish quvvati bir xil boʻladi.
4. Ikkilamchi manbalarning M nuqtada uyg'otadigan tebranishlar amplitudasi bo'lakchalaring dS yuzasiga to'g'ri proporsional, �0S0 manbadan shu M nuqtagacha bo'lgan r masofaga teskari proporsional boʻladi.
5. Agar S berk sirtning bir qismi noshaffof ekran bilan to'silgan bo'lsa, u holda ekran to'sib qolgan ikkilamchi manbalar yorug'lik chiqarmaydi, qolgan ikkilamchi manbalar esa xuddi ekran boʻlmaganidagidek yorug'lik chiqaradi.
Gyuygens - Frenel prinsipiga asoslanib yorug'lik difraksiyasi, shuningdek, yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishini quyidagicha tushuntirish mumkin.
F araz qilaylik, yorug'lik noshaffof ekranning DD dumaloq teshigiga tushayotgan bo'lsin (3-rasm).
3-rasm
Fazoning biror O nuqtasida yoritilganlik qanday bo'lishini ko'raylik. Buning uchun O nuqtadan sferik to'lqinning DCD sirti bilan kesishguncha OKL, OMN, OPQ va hokazo konusaviy sirtlarni o'tkazamiz. Konuslarning yasovchilarini shunday tanlaymizki, bunda
va hokazo bo'lsin. Konuslarning asosi DCD to'lqin sirtini shar kamarlari (halqasimon zonalar)ga ajratadi.
Bunday shar kamarlarini
|
| |