• Тayanch iboralar
  • Kompyuter tarmoqlari
  • Reja: Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha




    Download 89 Kb.
    bet1/6
    Sana10.04.2024
    Hajmi89 Kb.
    #192841
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Reja Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha (1)
    byudjet, Axborot xavfsizligi, 9497, 4-Testlar (1), Fizika 10-sinf, Elektr quvvati va energiyani oʻlchash, Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1], botanika, CamScanner 2023-12-10 16.39, Axborot xavfsizligi yo‘nalishi, Doc1, Ma ruza№6, Muhandislik geodеziyasi Maruza matni, Kadastr xizmatidagi geodezik ishlar, ТОШКЕНТ ШАХРИ

    10-Ma’ruza: Kompyuter tarmoqlari: Internet va WWW.
    Reja:
    1. Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha.
    2. Lokal va Global kompyuter tarmoqlari.
    3. Internet xalqaro kompyuter tarmog‘i.
    4. Internetga ulanish usullari.
    5. Internetni ishga tushirish va unda ishlash.
    6. Internetda ma’lumotlar topish va undan foydalanish.


    Тayanch iboralar: Server, konsentrator axborotni uzatish kabellari, modem, internet haqida tushuncha, uning texnik terkibiy va axborotli qismlari, dasturiy ta’minoti, bayonnoma, HTML, WWW, Gipermatn, gipermediya, multimediya, sayt, elektron aloqa, shaxsiy manzil, elektron xatning standart sarlavhasi, internetda ishlash asoslari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, SLIP va RRR orqali, chaqiruv asosida, UUSR yordamida bog‘lanishlar, mijoz, shlyuz, Proxy, URL.

    Kompyuter tarmoqlari
    Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‘ladi.
    Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
    Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog‘liq.
    Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig‘indisi tushuniladi.
    Tarmoqda kompyuterlarni ulash usullari:
    a) shinali ulanish; b) aylanma ulanish; v) yulduzsimon ulanish.
    Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko‘rsatilgan. Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo‘linadi.
    Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o‘zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
    Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni birgaliqda qayta ishlash va ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
    Shuninguchun, bittadan ko‘p kompyuterga ega bo‘lgan firmalar o‘z ompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‘lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
    Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo‘lini aniqlash jarayonidir.
    Selekciyalash — tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
    Lokal tarmoqlar axborotni marshruglash va selekciyalash usuli bo‘yicha ikki sinfga ajratiladi.
    Lokal tarmoklar selekciyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta’minlaydi.
    Ishchi tizimlar katta mikdordagi ma’lumotni saklash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
    Ma’muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikacion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog‘lanishlarni kommutaciya qilish vazifasini bajaradi.
    Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmoq.
    Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo‘ladi va bunday serverlar o‘rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sunhiy yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
    Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Intenet) deb ham yuritiladi.
    Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi.
    Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo‘lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog‘idir.
    Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farklanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo‘ladi.
    Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo‘lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha elektron hujjatlar va ma’lumotlar omborini giperbog‘lanishlar yordamida o‘zaro bog‘lab yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi.

    Download 89 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha

    Download 89 Kb.