vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va
qulay vositalarni tashkil
etadi. Ularga
dasturlar yaratish vositalari va
Case-texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni
avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o’z ichiga oladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
— kompilyator va interpretatorlar;
— dasturlar kutubxonasi;
— turli yordamchi dasturlar.
Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi
dasturga aylantirib
beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning
bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi.
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Mikroassembler, SI, SI++, Delphi,
Visual Basic
va boshqalar kiradi.
CASE-texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan
sohalaridan biridir.
CASE — Computer Aided Sistem Engineering — axborotlar tizimini
avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo’lib, CASE-texnologiyasi turli
mutaxassislar,
jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok
etadigan ko’pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda
qo’llaniladi.
Case-texnologiyalari
vositalari nisbatan yangi, 80- yillar oxirida shakllangan
yo’nalishdir. Ulardan keng ko’lamda foydalanish qimmatligi tufayli
chegaralangandir.
Case-texnologiyasi — murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyixalash, ishlab
chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi
dasturiy
ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug’i - kompyuterlarning mahalliy
tarmog’ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda,
hamkorlikda loyiha ustida
ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila
olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir.