• 4. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari
  • Reja: Kompyuterning dasturiy ta`minoti




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana29.11.2023
    Hajmi0,56 Mb.
    #107390
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-amaliy



    1-mavzu: 
    Kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, Dasturlar va 
    apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, interfeys tushunchasi, uning turlar

    Reja: 
    1. Kompyuterning dasturiy ta`minoti
    2. Sistemaviy dasturiy ta`minot 
    3. Amaliy dasturiy ta`minot 
    4. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari 
    Kompyuterning dasturiy ta`minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy 
    ta`minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin: 
     sistemaviy dasturiy ta`minot; 
     amaliy dasturiy ta`minot; 
     dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari 
    Sistemaviy dasturiy ta`minot (Sistem software)—kompyuterning va 
    kompyuter tarmoqlarining ishini ta`minlovchi dasturlar majmuasidir. 
    Amaliy dasturiy ta`minot (Application program package) — bu aniq bir 
    predmet soxasi bo’yicha ma`lum bir masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan 
    dasturlar majmuasidir. 
    Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni 
    ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat 
    vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, 
    ya`ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), 
    saqlash va joriy etishga mo’ljallangan. 


    1
    Sun`iy intellekt tizimlari. Bu soxadagi izlanishlarni turt yunalishga bo’lish 
    mumkin: 
    1
    David A. Patterson, John L. Hennessy. Computer Organization and Design, Fifth Edition: 
    The Hardware/Software Interface. Morgan Kaufmann. USA 2014. 10 р. 


    — Ijodiy jarayonlarni imitatsiya k.iluvchi tizimlar. 
    Ushbu yunalish kompyuterda uyinlarni (shaxmat, shashka va h.k.) 
    avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta`minotni 
    yaratish bilan shugullanadi. 
    — Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar. 
    Ushbu yunalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi 
    hisoblanadi. Shu tufayli sun`iy intellekt tizimlarini ma`lum va kichik soxdparning 
    eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin. 
    — EHM larning yangi arxitekturasini yaratish.
    Bu yunalish sun`iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHMlari) ni yaratish 
    muammolarini urganadi. 
    — Intellektual robotlar. 
    Bu yunalish oldindan quyilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar 
    avlodini yaratish muammolari bilam shugullanadi. 
    Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari 
    Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish 
    bilan bogaiq yunalish tez sur`atlar bilan rivojlanmoqaa. Bunday uskunaviy 
    vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun kuvvatli va qulay vositalarni tashkil 
    etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Casetexnologiyalar kiradi. 
    Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim 
    ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta`minlovchi dasturiy tizimlarni uz ichiga 
    oladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
    — kompilyator va interpretatorlar; 
    — dasturlar kutubxonasi
    — turli yordamchi dasturlar. 
    Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga 
    aylantirib beradi. Interpretator yukrri darajadagi dasturlash tilida yozilgan 
    dasturning bevosita brjarilishini ham ta`minlaydi. 
    Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat. 


    Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for 
    WINDOWS Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for WINDOWS va 
    boshqalar kiradi. 

    Download 0,56 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish