Plotter – turli tasvirni va grafiklarni bosmaga chiqarish qurilmasi.
Strajer – kompyuterning venchesteridagi ma’lumotlar nusxasini zaxiraga olish
uchun mo`ljallangan qurilma bo`lib , ma’lumotlarni magnit lentali kassetaga
(kartridjga) yozishga mo`ljallangan.
Kompakt disklar – 610 Mgbaytgacha ma’lumatlarni saqlay oladi. Ular
asosan
o`qish uchun ishlatiladi.
Trekbol – shar shaklidagi manipulyator. Kompyuter o`yinlarida foydalaniladi.
Tarmoq qurilmasi– bir necha kompyuterlarni tarmoqqa
birlashtirilib, kompyuter
o`zi axborot almashish imkonini beruvchi qurilma.
Har bir qurilma – sistema blokida joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki
o`rnatiladi.
Kolonka - kompyuterdan tovushli (ovozli) film, musiqa, o`yinlar o`ynagan paytda
o`yinning maxsus
effekt tovushlarni eshitish
, tovushli programmalarni, maxsus
tovushli o’rgatuvchi fayllarni bizga eshittirish uchun yordam beradigan moslama.
Videoproyektor – kompyuter va shunga o`xshash namoyish vositalarining alohida
qo`shimcha
monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda
tasvirlash uchun
mo`ljallangan.
Printer – (ing.chop qiluvchi) ma’lumotlarni qog`ozda chop qiluvchi qurilma.
Skaner – (ing.scaner-o`qib oluvchi) ma’lumotlarni nurli lampa yordamida
rasmli
ko`rinishda kompyuter xotirasiga o`qib oluvchi qurilma.
Periferik qurilmalar ham kompyuterning qo`shimcha qurilmalariga kiradi.
Periferik qurilma – bu komyuterga tashqi tomondan ulanib uning imkoniyatlarini
kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Periferik qurilmalar faqat qo`shimcha
ishlarni amalga oshiradi. Periferik qurilmalar kompyuterga ma’lum
bir portlar yoki
simsiz ulanishi mumkin. Periferik qurilmalarning soni ko`pligi uchun , ular bir
necha guruhlarga bo`lib o`rganiladi:
▪
Kiritish qurilmalari – bu qurilmalar biror narsa
(rasm, yozuv, komanda,video, ovoz)larni
kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi.
Klaviaturani ham
shu guruhga kiritish mumkin
,
lekin u periferik qurilma emasda. Bu guruhga
quyidagi qurilmalar misol bo`la oladi:trekbol,
skaner, raqamli fotoapparat, kodlovchi qurilma,
shtrix-kodlarni o`quvchi
qurilmalar
,mikrofon,…
▪
Chiqarish qurilmalari – biror
narsa(rasm,matn,ovoz,…) ni kompyuterdan
chiqarish uchun ishlatiladi.Bu guruhga
quyidagilar misol bo`la oladi:printer, plotter,
naushnik, kolonka,sambufer,…
▪
Saqlash qurilmalari – bu qurilmalar
ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Bu
guruhga qo`shimcha qattiq disklar,
CD-DVD
disklar
, fleshkalar, floppy disketalar,
disk
massivlari
,…
▪
Tarmoq qurilmalari – bu qurilmalar tarmoq
qurish uchun ishlatiladi.Tarmoq topologiyalariga
qarabbu qurilmalar tanlanadi. MIsol qilib, tashqi
modem qurilmalari,
tarmoq adapterlari
,…
Modem va faks modemlar. Modem-telefon tarmog`i orqali kompyuter
bilan aloqa
qilish va internet tarmog`iga ulanish imkonini beruvchi qurilmadir.
Faks modem bu faksimil xabarlarni qabul qilish va jo`natish
imkonini beruvchi
modemdir.
O`zining tashqi ko`rinishi va o`rnatilishi joyiga qarab modemlar
ichki va tashqi
modemlarga bo`linadi.