Reja: «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni




Download 58,54 Kb.
bet9/23
Sana30.12.2023
Hajmi58,54 Kb.
#129148
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Termez davlat universiteti matematika talim yo’nalishi 207-guruh-www.kompy.info
Betliklar jamlanmasi (O\'quvchilar uchun), Б Биллашуви Жавоб варака 5- 6-7-8-синф, 8-sinf informatika, Mustaqil ish. NAMUNA, 1-amal sxemo, Funksiyaning hosilasi, hosilaning ta\'rifi. Uning gåomåtrik va må, 1000021650, YO\'PA 0601, Fayzullayeva Iroda Baxtiyorovna, M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n-fayllar.org, 104-107 (2), Yangi-yi-senariysi (2), Termiz davlat universiteti, 8 – mavzu. O‘yin ta’lim texnologiyalari-fayllar.org, статья ГУли

Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; -jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish; - tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish; - o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish; - ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.

Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo’lib kelgan. San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. 


Download 58,54 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Download 58,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni

Download 58,54 Kb.