|
Reja: «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni
|
bet | 2/23 | Sana | 30.12.2023 | Hajmi | 58,54 Kb. | | #129148 |
Bog'liq Termez davlat universiteti matematika talim yo’nalishi 207-guruh-www.kompy.infoInsoniyatni o`rab to`rgan muxitning targ`ibiy qismi bo`lgan odamzodning yaratuvchilik qobiliyatini ko`z-ko`z qiladigan eng buyuk ne’matlar orasida madaniyat asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Unda odamzodning iqtidori , saloxiyati va qobiliyati o`zligini namoyon qiladi. Goxida olimlar, mutaxassislar o`rtasida «Odamzod madaniyatni yaratishga kancha ko`p e’tibor qaratgan bo`lsa, madaniyat ham odamzodni shuncha ko`p tarbiyalagan», degan fikrlarni ham eshitish mumkin. Keyingi yillarda madaniyat tushunchasi bilan birga, «Sivilizatsiya» atamasi ham tez-tez eshitiladigan bo`lib qoldi. Muayyan xalq, xudud yoki davlatning taraqqiyot bosqichlari, ularga xos madaniy rivojlanish to`g`risida gap ketganida, olim va mutaxassislar ana shu atamadan foydalanmokda. Bu esa o`z-o`zidan «Хush, madaniyat nima? Sivilizatsiya-chi?» kabi savollarga javob berishni taqozo etadi. Madaniyat ko`pqirrali ijtimoiy-tarixiy hodisa bo`lib, insoniyat ma’naviyati yo`qsalib borgani sayin mazkur tushunchaning mazmuni tobora boyib boradi. Madaniyat inson tomonidan yaratilgan sun’iy olamdir yoki ikkinchi tabiatdir, degan qarashlar ham yo`q emas. Bunda odam zotining yaratuvchilik qobiliyati, iktidori va shu asosdagi faoliyati hamda ularning natijalari nazarda tutiladi. Тarixdan jamiyat taraqqiyotining muayyan davrlarida madaniyatning nixoyatda gullab-yashnagan davrlari bo`lgani ma’lum. Masalan, qadimgi Yunonistonda miloddan ilgarigi VII-II asrlarda fan va madaniyat nixoyatda rivojlangan. Usha davrda yashagan Suqrot, Aflotun, Arastu kabi unlab allomalarning nomlari insoniyat tarixiga abadiy muxrlangan. Hozirgacha insoniyat tarixini o`rganadigan mutaxassislar bu davrdagi Yunoniston madaniyatini jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri sifatida talqin etadilar. Тaxminan ana shu davrda «Avesto» kitobini yaratgan yurtdoshlarimiz madaniyati ham yo`qsak bo`lganini bugungi kunda ko`pgina mutaxassislar e’tirof etmogda. Хuddi shunday madaniy taraqqiyotni yurtimiz tarixining VII-XII asrlarida yoki Soxibkiron Amir Тemur xukmronlik qilgan davrda ham ko`zatish mumkin.
|
| |