|
Reja: «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni
|
bet | 1/23 | Sana | 30.12.2023 | Hajmi | 58.54 Kb. | | #129148 |
Bog'liq Termez davlat universiteti matematika talim yo’nalishi 207-guruh-www.kompy.info Betliklar jamlanmasi (O\'quvchilar uchun), Б Биллашуви Жавоб варака 5- 6-7-8-синф, 8-sinf informatika, Mustaqil ish. NAMUNA, 1-amal sxemo, Funksiyaning hosilasi, hosilaning ta\'rifi. Uning gåomåtrik va må, 1000021650, YO\'PA 0601, Fayzullayeva Iroda Baxtiyorovna, M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n-fayllar.org, 104-107 (2), Yangi-yi-senariysi (2), Termiz davlat universiteti, 8 – mavzu. O‘yin ta’lim texnologiyalari-fayllar.org, статья ГУли
Termez davlat universiteti matematika talim yo’nalishi 207-guruh talabasi O’rinov Dilshodbekning falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti
Termiz Davlat Universiteti Axborot texnologiyalar fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi 2-kurs 202-guruh talabasi Hakimov Murodning falsafadan tayyorlagan taqdimoti. 1-mavzu : Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar .“Dunyo xalqlari miflari “ haqida. Reja: 1.«Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni. 2. Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari va hozirgi zamondagi xususiyatlari. 3. Jahon sivilizatsiyasida O`zbekistonning to`tgan o`rni va istiqbollari. 4. Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish – ma’naviy kamolot manbai. Insoniyatni o`rab to`rgan muxitning targ`ibiy qismi bo`lgan odamzodning yaratuvchilik qobiliyatini ko`z-ko`z qiladigan eng buyuk ne’matlar orasida madaniyat asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Unda odamzodning iqtidori , saloxiyati va qobiliyati o`zligini namoyon qiladi. Goxida olimlar, mutaxassislar o`rtasida «Odamzod madaniyatni yaratishga kancha ko`p e’tibor qaratgan bo`lsa, madaniyat ham odamzodni shuncha ko`p tarbiyalagan», degan fikrlarni ham eshitish mumkin. Keyingi yillarda madaniyat tushunchasi bilan birga, «Sivilizatsiya» atamasi ham tez-tez eshitiladigan bo`lib qoldi. Muayyan xalq, xudud yoki davlatning taraqqiyot bosqichlari, ularga xos madaniy rivojlanish to`g`risida gap ketganida, olim va mutaxassislar ana shu atamadan foydalanmokda. Bu esa o`z-o`zidan «Хush, madaniyat nima? Sivilizatsiya-chi?» kabi savollarga javob berishni taqozo etadi. Madaniyat ko`pqirrali ijtimoiy-tarixiy hodisa bo`lib, insoniyat ma’naviyati yo`qsalib borgani sayin mazkur tushunchaning mazmuni tobora boyib boradi. Madaniyat inson tomonidan yaratilgan sun’iy olamdir yoki ikkinchi tabiatdir, degan qarashlar ham yo`q emas. Bunda odam zotining yaratuvchilik qobiliyati, iktidori va shu asosdagi faoliyati hamda ularning natijalari nazarda tutiladi.
|
| |