• Vazifa Bajarish usuli
  • Ctrl+C, Ctrl+Insert.
  • Вырезать
  • Вставить
  • Reja: Microsoft Office Word dasturini ishga tushirish




    Download 0.58 Mb.
    bet2/3
    Sana28.04.2023
    Hajmi0.58 Mb.
    #54435
    1   2   3
    Bog'liq
    8 Matnli hujjat muharrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari
    7-A loyiha, Mustaqil Ish, reshenie zadach na chasti, Мехнат шартномаси 1 Азамат, тесты по инф для учит, Gp, oqsillarning xossalari, 77777 , 13.Slaydlar ustida amallar, sun-iy-intellektning-amaliy-sohalarda-qo-llanishi, Taqriz , 100027 2 Mavzu, uyqu-buzilishlari, O\'simliklarni mikroklonal ko\'paytirish

    Главная uskunalar paneli.


    B u uskunalar panelida oldingi Word versiyalarida Стандартная va Форматирование uskunalar panellarida joylashgan eng ko`p ishlatiladigan tugmalar joylashgan bo`lib, bular quyidagilardir:
    Буфер обмена – almashinish buferi bo`lib, uning asosiy vazifasi dasturda va dasturlararo ma`lumotlar almashinuvini ta`minlashdan iborat va Word 2007 dasturida bu ishlarni bajarish uchun buferga olinadigan qismni belgilab ko`rsatish kerak. Belgilashning quyidagicha usullari mavjud:

    1. Belgilanadigan matnning boshiga sichqoncha ko`rsatkichini keltirib, chap tugmani bosib turgan holda matn oxirigacha ko`rsatkichni olib borish.

    2. Belgilanishi kerak bo`lgan so`z ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta tez bosish. Sichqoncha chap tugmasini uch marta tez bosish esa ko`rsatkich turgan abzasning to`liq belgilanishiga olib keladi.

    3. Klaviatura orqali belgilashda kursor kerakli pozitsiyaga olib kelinadi va Shift tugmasini bosib turgan holda yo`nalish tugmachalari yordamida harakatlantiriladi. Bunda kursor bosib o`tgan yo`ldagi matn belgilanadi. Bu usulda kursorni tezroq harakatlantirish uchun quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin:

      Vazifa

      Bajarish usuli

      Bir so`z chapga o`tish

      Ctrl+<-

      Bir so`z o`ngga o`tish

      Ctrl+->

      Satr oxiriga o`tish

      End

      Satr boshiga o`tish

      Home

      Bir sahifa yuqoriga o`tish

      Page Up

      Bir sahifa pastga o`tish

      Page Down

      Hujjat boshiga o`tish

      Ctrl+Home

      Hujjat oxiriga o`tish

      Ctrl+End

      Abzas boshiga o`tish

      Ctrl+yuqori yo`nalish tugmasi

      Abzas oxiriga o`tish

      Ctrl+pastki yo`nalish tugmasi

    4. Butun hujjatni belgilash uchun Ctrl+A kombinatsiyasi bosiladi.

    Matnlarni belgilab olgach, ularni buferga nusxalash, qirqib olish va kerakli joyga olib borib, joylashtirish mumkin, buning uchun quyidagilarni bilish kerak:
    Buferga belgilangan ma`lumotni nusxalash. Bunda belgilangan ma`lumot bilan hech qanday o`zgarish sodir bo`lmaydi. Faqatgina shu ma`lumotni kompyuter vaqtincha eslab qoladi. Ma`lumotni belgilab bo`lgach, uning ustida sichqoncha o`ng tugmasini bosganda kontekst menyu hosil bo`ladi va bu menyuni hosil qilish uchun klaviaturadagi o`ng tomondagi Ctrl va Pusk menyusi tugmalari o`rtasida joylashgan kontekst menyu tugmasi orqali ham hosil qilish mumkin. Kontekst menyuni hosil qilgach, undagi Копировать(nuzxalash) buyrug`ini tanlash, shu belgilangan matn yoki ob`yektning buferga olinishiga olib keladi. Belgilangan ma`lumotni buferga nusxalash uchun bundan tashqari tugmalar kombinatsiyalaridan ham foydalanish mumkin: Ctrl+C, Ctrl+Insert.
    Umuman olganda bir hujjat doirasida biror bir matn qismini bir joydan boshqa joyga nusxalab o`tkazish zarurati tug`ilganda uni albatta buferga nusxalab olib o`tish shart emas. Agar boshlang`ich va so`nggi manzil orasi yaqin bo`lsa, bu ishni Drag&Drop(ushlab ol va o`tkaz) usulidan foydalanib ham bajarish mumkin. Buning uchun kerakli matn qismini belgilab olamiz va Ctrl tugmasini bosib turgan holda shu matn qismini kerakli joyga sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda olib o`tamiz.
    Buferga belgilangan ma`lumotni qirqib olish. Bunda belgilangan ma`lumot yo`qoladi va joylashtirilishi kerak bo`lgan joyga kursorni olib borib joylashtirilmasa yo`qotilishi mumkin. Bu buyruqni berishning yana bir usulibelgilangan matnning kontekst menyusini hosil qilib, shu hosil bo`lgan menyudan Вырезать(Qirqib olish) buyrug`ini tanlash kerak. Bu ishni klaviatura orqali bajarish uchun qirqib olinadigan qismni belgilab, Ctrl+X kombinatsiyasini bosiladi. Umuman olganda buferga biror-bir qismni qirqib olib, uni boshqa joyga joylashtirish uchun Drag&Drop usuli qo`l keladi. Bunda ko`chiriladigan qism belgilab olinadi va uning ustida sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda kerakli joyga olib borib qo`yib yuboriladi. Bunda shu belgilangan qism oldingi turgan joyidan yo`qoladi va yangi joyga ko`chadi.
    Bu tugma formatlarni nusxalash tugmasi bo`lib, undan biror-bir matnning formatini tezlik bilan boshqa bir matnning formati ko`rinishiga o`tkazish uchun foydalaniladi. Buning uchun formati kochirilayotgan matn belgilanib(ko`rsatilib), so`ng shu tugma ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi. So`ngra sichqoncha ko`rsatkichi shu tugma shaklini olgach formatlanihi kerak bo`lgan matn ustiga olib borilib, sichqoncha chap tugmasini bosiladi. Natijada shu matn ko`rinishi dastlabki ko`rsatilgan matn formati ko`rinishiga o`tadi. Biror bir matnning formatini bir necha marta bir nechta joylarda qo`llash kerak bo`lganda shu tugma ustida sichqoncha chap tugmasi ikki marta bosiladi va kerakli joylarda chap tugmani bosish shu joylarning formati dastlabki matn korinishini olishiga olib keladi. Bu holatdan chiqish uchun esa klaviaturadagi Esc tugmasini bosish yetarli.
    Bu tugma buferga nusxalab yoki qirqib olingan ma`lumotni kursor turgan joyga o`rnatish tugmasi bo`lib, uni bajartirishning yana bir usuli – kursorni kerakli joyga keltirib, klaviaturadan kontekst menyu tugmasini bosish yoki shu joyda sichqoncha o`ng tugmasini bosib, kontekst menyuni hosil qilish va hosil bo`lgan menyudan Вставить buyrug`ini tanlashdir. Bundan tashqari bu buyruqni klaviatura orqali Ctrl+V, Shift+Insert kombinatsiyalari orqali ham bajarish mumkin.
    Bu tugmaning pastki qismida joylashgan Вставить tugmaini bosganda quyida ko`rsatilgan ko`rinishdagi ro`yxat hosil bo`ladi va bu ro`yxatda quyidagicha buyruqlar bor: Вставить – Oddiy o`rnatish

    Download 0.58 Mb.
    1   2   3




    Download 0.58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Microsoft Office Word dasturini ishga tushirish

    Download 0.58 Mb.