|
Reja: Ot turkumining ta’rifi. Otning leksik grammatik xususiyatlari
|
bet | 3/3 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 30,36 Kb. | | #107565 |
Bog'liq Ot so`z turkumi. Otning leksik grammatik xususiyatlari1. Atoqli otlar. Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs ismlari, havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va gegrafik makon nomlari, koinot jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida uchraydi: Alisher, Ulug‘Bek, Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Mars kabi. Bunday atoqli otlar o‘zaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga ko‘ra farqlanishi mumkin. Masalan, Lola, Go‘zal, Amir, Gavhar Orol kabi otlar sodda tub, Ilonli, Do‘stlik, Paxtakor kabi atoqli otlar sodda yasama, Ulug‘bek, Alisher, Nurato, Nurobod, Qo‘shrabot, Uchquduq kabi atoqli otlar qo‘shma otlardir. Atoqli otlarning asosiy qismini turdrsh otlar tashkil qiladi. Biroq ular boshqa so‘z turkumlari asosida ham yuzaga keladi. Masalan: Asal, Quvonch, Anor kabilar turdosh otdan, O‘lmas, Sotiboldi, Turdi, Tursun kabilar esa fe’ldan, Aziz, Botir, Shirin, Vali kabilar sifatdan, To‘qsonboy, Oltibek kabilar esa sondan, Bultur, Avvalboy kabilar esa ravishdan hosil bo‘lgan atoqli otlardir.
Turli turkumga mansub bo‘lgan so‘zlarning atoqli ot sifatida qo‘llanishi natijasida ular o‘zining hususiy nominativ mohiyatidan chekingan holda, umumiy semantik ma’no tashuvchi lug‘aviy birlikka aylanib qoladi. Masalan, Uchquduq mazkur joydagi uchta quduqni emas, balki umuman shahar tushunchasini anglatuvchi onomastik birlikdir.
2. Turdosh otlar bir jinsdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlardir. Masalan, inson, daryo, shahar, kitob, daftar. Turdosh otlar quyidagi ma’no guruhlarga mansubligi bilan o‘zaro farqlanadi:
3. Aniq otlar bevosita narsa-buyum va shaxs, jon-zot anglatadigan otlardir. Aniq otlar bevosita sanash va ko‘rish mumkin bo‘lgan otlar hisoblanadi. Masalan: kitob, talaba, daraxt, qush.
4. Mavhum otlar his qilish, sezish mumkin bo‘lgan otlardir. Ular ham ko‘plik affikslari bilan qo‘llanmaydigan otlar bo‘lib, ularga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda turlicha ma’no bo‘yog‘i yuzaga keladi. Masalan: sevgi, sezgi, qayg‘u, alam, qadr, oriyat.
5. Jamlovchi va yakka otlar. Bir turdagi narsaning o‘zini ifodalaydigan otlar yakka otlar hisoblanadi: kitob, gul, daraxt kabi. Birlik shaklida bo‘lib, bir xil turdagi narsaning to‘dasi, jamini ifodalaydigan otlar jamlovchi otlardir: xalq, armiya, ko‘pchilik, poda, jamoa, o‘rmon kabilar.
6. Sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar. Sanaladigan otlar, asosan, aniq otlardan tashkil topadi: daraxt, kitob, qalam. Sanalmaydigan otlar modda otlari, og‘irlik, suyug‘lik o‘lchamiga xos otlar va atoqli otlardan tashkil topadi: tuproq, qum, havo, shakar, tuz, yog‘, guruch, kabilar.
7. Bundan tashqari, tabiatan yakka bo‘ladigan va juft holda uchraydigan otlar ham mavjud bo‘lib, ular ham otning alohida ma’no turini tashkil qiladi. Masalan: yurak, quyosh, oy, ko‘z, qosh, oyoq kabilar shular jumlasidandir.
Shuningdek, otlar kim? so‘rog‘i asosida shaxs hamda nima? so‘rog‘i asosida narsa otlariga ham ajratiladi. Otlarning bunday tasniflanishi o‘zbek tilining, shu jumladan, boshqa turkiy tillarning o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Ayni paytda bu tasnif ularning turli grammatik jarayonda ishtirokida ham o‘z aksini topadi. Xususan, shaxs otlari to‘liq tuslovchi affikslarni qabul qilgan holda qo‘llana oladi: o‘quvchiman, o‘quvchisan, o‘quvchimiz, o‘quvchisiz. Biroq, narsa otlari (majoziy ma’nosini e’tiborga olmaganda) faqat uchinchi shaxs ma’nosdagina ishlatilishi mumkin.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, atoqli va turdosh otlar o‘zaro ma’no jihatdangina emas, balki ba’zi grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, atoqli otlar faqat birlikda qo‘llanadi. Ko‘plikda qo‘llanganda, ular grammatik ko‘plik emas, boshqa ma’no bo‘yoqlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, atoqli otlar turdosh otlarga va aksincha, turdosh otlar atoqli otlarga o‘tib turadi. Masalan: Lola-atoqli ot, ayni paytda, lola-tog‘da o‘sadigan gul ma’nosida turdosh otdir. dizel, amper, rentgen, bitner kabi otlar esa atoqli ot asosida shakllangan turdosh otlardir. Atoqli otlarning turdosh otga aylanishida –lik qo‘shimchasidan ham foydalaniladi: kattaqo‘rg‘onlik, toshkentlik, andijonlik kabi.
Ot turkumi uch xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.
Otlar nutqda doimo grammatik son va kelishik kategoriyasida bo‘ladi. Masalan, kitob - birlik sonda va bosh kelishikdagi ot. Egalik kategoriyasi esa otning grammatik shakllanishida har doim ham ishlatilmaydi.
Otlarning birlik va ko‘plik shakllari va shu shakllarni ifodolovchi vositalar son kategoriyasini tashkil etadi.
Birlikdagi otlar bir jinsdagi narsalarning bittasini anglatadi va ular grammatik son ko‘rsatgichga ega bo‘lmaydi. Masalan: kitob, olma, qalam kabi. Birlik sondagi otlar egalik ( kitobim, kitobimiz), kelishik (kitobdan, kitobning) kategoriyasiga xos qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda ham o‘z grammatik mohiyatini yo‘qotmaydi, ya’ni birlik hisoblanaveradi.
Otlarning ko‘plik shakli maxsus grammatik vosita - lar orqali ifodalanadi va bir turdagi narsaning noaniq miqdorini bildiradi. Grammatik ko‘plik hosil qiluvchi –lar otlardagi lug‘aviy shakl yasovchi affiks hisoblanadi. Grammatk son ma’nosini ifodalashning bu usuli morfologik usul deb yuritiladi. Masalan: kitob - kitoblar, qalam - qalamlar. Otlarning birlik va ko‘plik shaklda ishlatilishi, asosan, sanaladigan va aniq turdosh otlarga xosdir. Biroq juft turdosh otlarning son kategoriyasi bilan qo‘llanishida o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, kuch-qudrat, savlat-salobat, mehr-muhabbat, vaqt-soat kabi otlar birlik shaklda ishlatiladigan otlardir. Juft turdosh otlarning yigit-qiz, qiz-juvon, o‘g‘il-qiz kabi turlari ko‘plikda qo‘llaniladigan otlardir. Ko‘rpa-to‘shak, qand-qurs, fikr-mulohaza, ota-ona, oshiq-ma’shuq, oshna-og‘ayni kabi otlar esa grammatik sonning har ikki shaklida ishlatilishi mumkin.
O‘zek tilida faqat birlikda ishlatiladigan otlar ham mavjud bo‘lib, ularga mavhum otlar, donalab sanalmaydigan otlar, asli o‘zi juft, yakka holda uchraydigan otlar, atoqli otlar, jamlovchi(xalq, o‘rmon) va jamlik (soch, kiprik) otlari kiradi. Shuningdek, ma’lum soha, kasb-hunar otlari ( matematika, adabiyot, dehqonchilik, o‘qituvchilik) ham ko‘plikda qo‘llanmaydi. Bunday otlarga -lar affiksi qo‘shilganda ko‘plikdan boshqa ma’no ifodalanadi. Bu ma’no otlarga xos modal ma’no deb yuritiladi. Grammatik son affiksi asosida ifodalanadigan modal ma’nolar quyidagilardan iborat:
1.Atoqli otlarga –lar qo‘shilganda sulola, avlod, oila, guruh, jamlik ma’nosi ifodalanadi: Temuriylar, Boburiylar sulolasi, Salimovlar, Akramovlar oilasi, Halimalar (kelishdi), Majnunu Farhodlarga arkon bo‘lgan Sharq. Atoqli otlarning bir turi bo‘lgan geografik nomlarga qo‘shilganda esa, shu joy anglatgan hududning barcha qismi anglashiladi: Samarqandlarni aylanmoq, Toshkentlarni tomosha qilmoq kabi.
2.Mavhum otlarga -lar affiksi qo‘shilganda ma’no kuchaytiriladi: uyqularim qochib ketdi, ko‘ngillarim ozdi, hayollarim to‘zg‘idi kabi. Xuddi shunday modal ma’no asli o‘zi bitta yoki juft holda bo‘ladigan otlarga hamda jamlik va yakkalik tushunchalarni ifodalovchi otlarga –lar qo‘shilganda ham ifodalanadi: ko‘zlarim achishdi, qo‘llari toldi, yuraklar orziqdi, sochlar to‘zg‘idi, kipriklar namlandi.
3.Donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo‘shilganda tur, nav ma’nosi anglashiladi: unlar (1,2-nav ), yog‘lar (paxta yog‘i, sariyog‘, zig‘ir yog‘i), qumlar (qora, sariq ).
4.Qarindoshlik, yaqinlik ko‘rsatuvchi otlarga egalik qo‘shimchasidan keyin –lar affiksi qo‘shilganda hurmat ma’nosi ifodalanadi: bobomlar, akamlar, amakimlar kabi. Agar -lar affiksi egalik ko‘rsatkichidan avval qo‘shilsa bunday otlar ko‘plik, shuningdek, boshqa modal ma’nolarga ega bo‘lishi ham mumkin. Qiyoslang: akamlar-akalarim, amakinglar-makilaring, otamlar-otalarim. Shuningdek, hurmat ma’nosida ishlatilgan otlar bilan qaratqich kelishigi vositasida birikkan ba’zi narsa-buyum otlariga egalik qo‘shimchasidan avval –lar affiksi qo‘shilganda ham hurmat ma’nosi anglashiladi: Bobomlarning sovg‘alari, akamlarning ko‘ylaklari, amakimlarning uylari.
5. Shaxs otlariga (shuningdek, olmoshlarga) –lar qo‘shilganda, ba’zan piching, kesatiq ma’nosi ifodalanadi: Tojixon o‘zlaridan ibrat olsa, kamina kuyovlaridan ibrat olsam, turmushimiz yaxshi bo‘lib ketsa, ajab emas. (A. Qahhor)
Narsaning birdan ortiqlik tushunchasi morfologik usuldan tashqari quyidagi unsurlar bilan ham ifodalanishi mumkin:1) leksik- semantik usul. Grammatik jihatdan birlikda bo‘lib, mazmunan ko‘plik anglatuvchi jamlovchi otlar orqali: xalq, armiya, to‘da, poda; 2) leksik-sintaktik usul. Son va ot turkumiga oid so‘zlarni biriktirish hamda takroriy otlar orqali: o‘nta kitob, uch o‘rtoq, beshta daraxt, dasta - dasta gul, qop - qop un, ombor-ombor g‘alla kabilar. Narsaning birdan ortiqligini qayd etilgan vositalar yordamida ifodalash mumkin bo‘lsa-da, otning morfologik ko‘pligi birgina –lar affiksi orqali shakllanadi. Unga (oppozetiv) qarama-qarshi bo‘lgan grammatik shakl esa birlik hisoblanadi.
Grammatik son kategoriyasi otdan boshqa so‘z turkumlarga ham xos bo‘lib, ular ham birlik va ko‘plikda ishlatilishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Ayni paytda son kategoriyasi bilan qo‘llanadigan so‘zlar ot o‘rnida ishlatilishi va otlashishi jihatidan ikki guruhni tashkil qiladi.
1.Bevosita ot o‘rnida qo‘llaniladigan ot tipli (bunday so‘zlar ism guruhi deb nomlanib, ularga mustaqil so‘zlardan ot, sifat, son, olmosh kabilar va fe’lning harakat noni shakli kiritiladi) so‘zlarning birlik va ko‘plikda ishlatilishi quyidagicha o‘ziga xos belgilarga ega. Xususan, ism guruhiga mansub Men, hech kim, hech nima va o‘z olmoshlari har doim birlikda ishlatiladi. Fe’lning harakat nomi shakillari ham, asosan, birlikda ishlatiladigan so‘zlardandir. Olmoshning boshqa turlari birlik va ko‘plikda ishlatilishi mumkin: Sen-senlar, u-ular, biz-bizlar, siz-sizlar, kim-kimlar, har nima-har nimalar kabi. Bu olmoshlardan ba’zilariga –lar affiksi qo‘shilganda ular turli ma’no nozikliklarga ega bo‘ladi: Sen olmoshiga –lar qo‘shilganda tinglovchi va boshqalarga murojaat yoki tinglovchini kamsitish, mensimaslik ma’nosi yuzaga keladi: Senlarga gapirayapman! O‘zlik olmoshiga –lar qo‘shilganda esa piching, kesatiq ma’nosi anglashiladi: O‘zlari qadam ranjida qilibdilar-da.
Predmet yoki predmetlik tushunchalarining uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini ifodalovchi shakllar egalik kategoriyasi deyiladi. Otlardagi egalik uch shaxsni, birlik va ko'plikni ifoda etadi. O'zbek tilida egalik ma'nolari morfologik va sintaktik usullarda ifodalanadi.
So'z o'zak negiziga maxsus qo'shimchalar qo'shish orqali egalikning hosil bo'lishi morfologik usul bilan ifodalanishidir. Predmet. narsa-hodisani uch shaxsdan biriga qarashliligini belgilaydigan qo'shimchalar egalik qo'shumchalari deyiladi.
Egalik qo'shimchalari predmetning shaxsga yoki predmetga qarashli ekanligini ko'rsatib, shaxs va son ma'nolarini ham ifodalaydi. Egalik qo'shimchalari so'zning qanday tovush bilan tugashiga ko' ra ikki shakllidir.
Shaxslar Birfik Ko'plik
I shaxs II shaxs IH shaxs -m (-im)
- ng (-ing) -si(-i) -niz (-iiriz) -ngiz (-ingiz) -si- i (-lari)
Egalik qo'shimchalarining IE shaxsi ko'pincha birlik va ko'plikda farqlanmaydi. Masalan, uning kitobi, ularning kitobi. Ba'zan III shaxs ko'plikda -lar qo'shimchasi ham qo'llaniladi: ularning ishlari kabi.
So'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganda, ko'pgina so'zlar o'zagida o'zgarish bo'lmasa-da, ayrim so'zlarning o'zagida o'zgarish yuz beradi. Masalan, aka, uka, daftar, gul so'zlariga egalik qo'shimchalari qo'shilganda (akam, gulim) o'zak aslidagidek qoladi. Biroq og'iz, burun, ko'ngil, singil, qishloq so'zlariga egalik qo'shimchasi qo'shilganda o'zakda o'zgarish bo'ladi: og'zim, burnim, ko'nglim, qishlog'im kabi.
Egalik qo'shimchasini olgan so'zlar boshqa so'zlar bilan quyidagicha birikadi.Egalik qo'shimchasini olgan ot ko'pincha qaratqich kelishigidagi ot yoki otlashgan so'zlar bilan bog'lanadi. Shu boisdan egalik qo'shimchasini olgan so'zningkelishikli so'zga qarashli ekanligi ifodalanadi. Egalik qo'shimchasining qaratqichli so'z bilan bog'lanishi juda ko'p uchraydigan holatdir. Bu navning ahamiyatini hozir aniq baholash qiyin, albatta. (O'.U.) Mova-rounnahrda esa Shayboniyzodalarning hokimiyati parcha-parcha bo'lib zaiflashib bormoqda. (P.Q.)
Egalik qo'shimchalarini qaratqich kelishigi qo'shimchasini olgan ot bilan birikishi, shu qo'shimchalarni ifoda jarayonini kengaytiradi. Zero, egalik qo'shimchalari faqat tegishlilik, mansublik ma'nolarini bildiradi. Masalan. ish joyi, bahor payti, kuz havosi kabi birikmalarda mansublik ma'nosi mavjud bo'lsa, maktabning bog'i, Alining ukasi kabi birikmalarda qarashlilik ma'nosi mavjud.
Egalik qo'shimchasining ko'proq qaratqichli so'z bilan birga qo'llanishi egalik vositalan hamda qaratqich kelishigining o'zaro bog'liqligini ko'rsatadi. Qaratqich va egalik qo'shimchalarini olgan so'zlar: niening o'rtog'im, mening o'rtoqlarim tipida qaratqich va qaralmish birlikda. qaratqich birlikda, qaralmish ko'plikda yoki ularning o'rtog'i tipida, qaratqich ko'plikda, qaralmish birlikda kelishi mumkin.
Egalik qo'shimchalarini olgan so'z son, ot, sifat yoki olmoshdan so'z bo'lsa chiqish kelishigi qo'shimchasini olgan so'z bilan birikadi: talabalardan biri, yaxshisidan yaxshisi, hunarmandlardan ko'pi kabi.
Bundan tashqari egalik qo'shimchasini olgan so'z bosh kelishikdagi so'z bilan birikadi. Bu xildagi birikshida ham qarashlilik ma'nosi ifodalanadi. Masalan, Kampir qiziga javob topolmadi, allanimalar deb ko'ngillab savatdagi zog'oralarni yoyib qo'ydi-da, oshxona yig'ishtirgani ketdi. (0.) Qarashlilik ma'nosi ifodalanmaydi: Tuhmat balosidan meni faqat Humoyun hazratlari qutqarur, -dedi-yu, Agradan qochib chiqdi.(P.Q.) Egalik qo'shimchalari shaxs ma'nosini ham, son ma'nosini ham ifodalaydi. Egalik qo'shimchalarining shaxs ma'nolari birlik va ko'plikda bir xil: -in, -ng, -i (-si) qo'shimchalari shaxs ko'rsatkichlaridir. Masalan, akam, akang, akasi so'zlarida bar uchala shaxs ifodalangan. Bu qo'shimchalar uchta shaxsda birlik va ko'plikni ifodalash uchun asos bo'lsada, shaxs qo'shimchalarining o'zi ko'plikni ifodalay olmaydi. Ko'plikni ifodalash uchun shaxs qo'shimchalariga kop'lik ifodalovchi -iz son qo'shimchasi qo'shiladi. Masalan, aka+m-iz, aka-ng-iz kabi.
Egalik qo'shimchalarining I. II shaxslari ko'p jihatdan bir-biriga mos, HI shaxs esa farqlanadi. Masalan, son qo'shimchalari I, II shaxsda bir bo'lsa, (-iz) III shaxsda boshqachadir (-lari).
Shuningdek, egalik qo'shimchalari I, II shaxsda predmet, narsa-hodisaning kimga, nimaga tegishli ekanligini aniq ko'rsatib turadi: kitobim. kitobing kabi. Bu xildagi ifodalarda qaratuvchi shaxslar (men, sen) aniq. Ill shaxsda esa qaratuvchi shaxs u olmoshi bilan ham, boshqa kishi otlari bilan ham ifodalanadi: uning kitobi— Nafisaning kitobi kabi.
I, II shaxs egalik qo'shimchalari predmetni, narsani shaxsga tegishli ekanligini ifodalaydi: akam, akang kabi. Predmetning shaxsga tegishli ekanligi III shaxs egalik qo'shimchasi orqali ham ifodalanadi: akasi kabi.
Shu bilan birgalikda III shaxs egalik qo'shimchasi ko'proq shaxsga tegishli bo'lmagan narsa predmetlami ifodalaydi. Masalan, kitobning varag'i, maktabning bog'i kabi.
Egalik qo'shimchalari ko'plik ifodalovchi -lar qo'shimchasidan keyinqo'shiladi.
Ishxona rahbarlari to'yxonaga ancha barvaqt borishdi. Osmon xuddi tomlarga tegib turganday. (A.Q.)
O'zbek tilida egalik ma'nosi ot va olmoshlarga -ni, -ki qo'shimchasini qo'shish bilan ham ifodalanadi: kitob meniki, kitob seniki. Bu qo'shimcha u ohnoshiga qo'shilganda mavhum egalikni hosil qiladi.Jkitob uniki kabi.
Otlarda kelishik kategoriyasi
Ot yoki otlashgan so'zlarning boshqa bir so'zga tobeligini ifodalaydigan kategoriyalar kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik ot bilan otni,ot bilan fe'lni yoki boshqa biror turkumdagi so'zni o'zaro ma'no sifatlarini ko'rsatib. shu so'zning gapdagi vazifasini belgilaydi. Otlarning kelishik qo'shimchalarini olib o'zgarishi turlanish deyiladi. Shu boisdan kelishik qo'shimchalari turlovchi qo'shimchalardir Kelishik shaklidagi so'z boshqa so'zlar bilan grammatik aloqaga kirishadi. Kelishikli so'zning gapda biror gap bo'lagi vazifasida kelishi qaysi kelishik shaklida qo'llanishi bilan bog'liq.
Masalan: Peshanasini stuhiing suyanchig'iga qo'yib sukutga cho'mgan. Otaq'o'zi nogohon "dik" etib o'rnidan turdi. (O.Yo.) Bu gapdagi peshana so'zi -ni qo'shimchasi bilan stul so'ziga, stul so'zi esa -ning qo'shimchasi bilan suyanchiq so'ziga, suyanchiq so'zi -ga qo'shimchasi bilan qo'yib so'ziga, o'rni so'zi -dan qo'shimchasi bilan turdi so'ziga tobedir. Otaqo'zi so'zi kelishik qo'shimchasiga ega emasligi uchun hokim holatda qo'llanilgan. Kelishik shakllari so'zlarni o'zaro aloqasini ta'minlab, to'ldiruvchi (peshanasi, suyanchig'iga, sukutga), aniqlovchi (stulning) hoi (o'rnidan) vazifalarida kelgan. Kelishiklar ko'pincha sintaktik vazifa bajaruvchi shakllar hisoblanadi. Biroqma'lumbirkelishikdagi shakl gapdaturli gap bo'lagi bo'lib kelishi mumkin. Masalan. Vatanni kelgindilardan ozod qilish - dunyodagi eng katta mardlikdir. (P.Q.) Sal vaqt o'tgach qishloq kasalxonasidan chaqirilgan vrach va hamshira ayol qutichalarini ko'targanicha chiqib kelishdi. (O'. U.) Ushbu gaplardagi chiqish kelishigi qo'shimchalarini olgan so'zlar to'ldiruvchi va hoi vazifalarida kelgan. Kelishik qo'shimchasini olgan so'zning turli vazifalarni bajarishi qaysi turkumdagi so'z bilan bog'lanishiga ham bog'liq. Bu hoi, ayniqsa, o'rin-payt va chiqish kelishigi qo'shimchalaridayaqqol seziladi. Ushbu qo'shimclialami olgan ot yoki otlashgan so'zlar, harakat nomi bilan bog'lansa hoi vazifalarida keladi. Shuningdek, o'rin-payt, chiqish kelishiklari qo'shimchasini olgan so'z o'rin, payt ma'nolarini ifodalasa hoi: Bular mehmonxonaning quyirog'idan joyoldilar. (O.) Boshqa ma'nolarni ifodalasa to'ldimvchi vazifasini bajaradi.
O'zbek tilida olti kelishik kategoriyasi mavjud: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo'nalish kelishigi, o'rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi.
Har bir kelishikni aks ettiruvchi maxsus qo'shimchalar mavjud bo'lsa-da, bosh kelishikda bunday qo'shimcha yo'q. Shunga ko'ra bosh kelishikdagi so'z boshqa kelishiklardan farqli ravishda o'zi bog'langan so'zni o'ziga tobelaydi. Shuning uchun bosh kelishik asosiy kelishik. qolganlari esa vositali kelishikdir.
Kelishik shakllarini olgan so'zlar boshqa so'zlar bilan quyidagicha bog'lanadi.
1. Kelishiklar ot bilan otni bog'laydi. Ikromjonning yuragikuyardi. (S.A.)
2. Kelishiklar ot bilan fe'lni bog'laydi. Aziz yelkasini qisdi.(O'.U.) Eshon boshini qimirlatdi. (0.)
3.Kelishiklar ot bilan boshqa so'zlarni ham o'zaro bog'laydi. lyul kunlarining birida. (A.Q.) Havfi umumiydan tashqari (P.Q.) va hokazo.
Ot bilan otni bosh va qaratqich kelishiklari, ot bilan fe'l va boshqa turkumdagi so'zlarni bosh, tushum. jo'nalish, o'rin-payt, chiqish,ba'zan qaratqich (kunlarning biri mehnatning zo'ri) kelishiklari o'zaro bog'laydi.
Otlarda so‘z o‘zgarishi va so‘z yasalishidan tashqari lug‘aviy shakl yasash hodisasi ham mavjud. Otlarning leksik ma’nosiga qo‘shimcha ma’no qo‘shish uchun xoslangan affikslar lug‘aviy shakl yasovchilar deyiladi. Ular quyidagi sintetik shakllardan tashkil topadi. -cha affiksi shaxs bildiruvchi otlardan boshqa otlarga qo‘shilganda kichraytirish ma’nosini ifodalaydi: hovuzcha, qushcha, uycha, baliqcha kabi. Shaxs bildiruvchi otlarga qo‘shilganda esa kichraytirish bilan birga erkalash, hurmat yoki kamsitish, kesatish ma’nolarini ham hosil qiladi: Ko‘chadan bir qizcha chopqilab o‘tdi. Sizni es-hushli yigitcha deb o‘ylardim. Sal o‘pkangizni bosib oling, yigitcha!
Ba’zi so‘zlar tarkibida –cha affiksi kichraytish ma’nosini yo‘qotib,
yangi so‘z yasashi ham mumkin. Bunday holda so‘z yasovchi va kichraytuvchi affiks o‘rtasida omonimlik munosabat hosil bo‘ladi: sholcha, ko‘rpacha, bog‘cha, qizilcha, taqsimcha. Bundan tashqari,–cha affiksi sifat va ravish yasovchi –cha affiksi bilan ham shakldoshdir: o‘zbek+cha raqs, fag‘ona+cha palov, qishloq+cha kiyinmoq, askar+cha yurmoq, yangi+cha fikrlamoq, o‘zbek+cha gapirmoq.
-choq\\-chak affiksi toy, kelin, qo‘zi kabi so‘zlarga qo‘shilgandagina kichraytish-erkalash shaklini hosil qiladi. Masalan: toychoq, kelinchak, qo‘zichoq kabi. Qo‘zichoq, toychoq so‘zlari ko‘chma ma’noda bolalarga nisbatan ishlatilganda erkalatish shakli kuchayadi. Bu affiks ba’zi so‘zlar tarkibida kichraytirish ma’nosi bilan birga ba’zi otlarni ham yasaydi: o‘yin+choq, bela+n+chak, ko‘m+ir+chak. Kichraytirish affikisning o‘zlik nisbatdagi fe’lga qo‘shilishi bilan sifat yasaydigan omonimi ham bor: kuy+in+chak, erin+choq . –jon, -xon, -oy affikslari atoqli va turdosh otlarga qo‘shilib, erkalash, suyish kabi ijobiy munosabat shakllarini hosil qiladi: ukajon, oyijon, kuzgujon, akaxon, Abrorjon, Hulkaroy, Halimaxon.
Bu affikslar ba’zi kishi ismlarining tarkibiy qismi sifatida ham uchraydi: Onaxon, O‘g‘iloy, Mamajon kabi. Shuningdek, oromijon, rohatijon kabi forsiy izofalar tarkibida jon mustaqil so‘z sifatida «jonning oromi», «jonning rohati» kabi ma’nolarga teng bo‘ladi; –xon affiksi esa, gazetxon, kitobxon kabi otlarning yasalishida ishtirok etib, -xon shakl yasovchisiga omonim bo‘ladi.
- (a) loq affiksi qiz, bo‘ta kabi so‘zlarga qo‘shilgandagina erkalash ma’nosini hosil qiladi: qizaloq, bo‘taloq, toyloq. Ba’zi o‘rinda –cha affiksi bilan sinonim bo‘la oladi: qizaloq-qizcha, toyloq-toycha. Bu affiks o‘rin-joy oti yasovchi –loq affiksi bilan omonimlik munosabatga ham ega bo‘ladi: o‘tloq, qumloq.
-gina affiksi. Asosan, shaxs bildiruvchi otga qo‘shilib, erkalatish-kichraytirish shaklini hosil qiladi: bolagina(m), qizgina(m), jongina(m). Mazkur affiks yaxshigina, kattagina, tezgina, endigina kabi so‘zlarda sifat va ravishga xos shakl yasaydi. So‘z takibida shakl yasovchi sifatida ishtirok etganda urg‘uli hisoblanadi: bolagina΄, yaxshigina΄, ozgina΄. Urg‘usiz holatda esa, ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasini bajaradi va shakl yasovchilar bilan omonim bo‘ladi. Masalan: bola΄gina, faqa΄tgina, so‘zlarni΄gina. Qarashlilik shakli ot yoki olmoshlarga –niki affiksini qo‘shish bilan yasaladi. Bu affiks o‘zakka qo‘shilib, narsaning asosdan anglashilgan shaxs yoki narsaga qarashli ekanligini bildiradi: akamniki, do‘stingniki, ko‘chaniki, maktabniki kabi. Men, sen olmoshlariga qo‘shilganda qo‘shimcha tarkibidagi n undoshi tushiriladi: men+iki, sen+iki. Qarashlilik shaklidagi ot mazmunan egalik affiksini olgan otlarga sinonim bo‘ladi.
Adabiyotlar ro'yxati
I.A.Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, 1997 yil
U.Tursunov, N.Muxtorov, SH.Rahmatullayev. «Hozirgi o'zbek adabiy tili» 1992 yil
A.Abduazizov. «O'zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi» Toshkent, 1992 yil
S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek-adabiy tili» Toshkent, 2001 y
S.Rahimov, B.Umurqulov, «Hozirgi o'zbek adabiy tili» Toshkent, 2003 y
|
| |