|
Reja: Ot turkumining ta’rifi. Otning leksik grammatik xususiyatlari
|
bet | 2/3 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 30,36 Kb. | | #107565 |
Bog'liq Ot so`z turkumi. Otning leksik grammatik xususiyatlari Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig'ilish, radiolashtirish, odamgarchilik).
Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig'ilish, radiolashtirish, odamgarchilik).
Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qoʻshma otlar vujudga keladi: bilaguzuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish.
Abbreviatsiya usuli bilan ot yasalganda, qisqartma otlar hosil qilinadi: BMT, SamDU, OʻzME kabi.
Otlar gapda ega, toʻldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo oʻrni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran boʻlib kelishi ham mumkin.
Predmetning nomini (keng ma'noda) bildiruvchi mustaqil so'z turkumiga ot deyladi. Ot so'z turkumiga oid so'zlar kim? Nima? Kimlar? Nimalar? so'rog'laridan biriga javob berad:
Yer, quyidagi leksik-semantik xususiyati:
1)Keng ma'noda predmet ma'nosini ifoda etish otning leksik xususiyatidir. Predmet ma'nosini tirik mavjudotlar (parranda, qush, chumoli kabilar), yer va osmonga, kundalik turmushga oid narsalarning nomi (quyosh, oy, tog', tosh, daryo, tuz, non, choynak, qoshiq kabilar), o'simliklarning nomi (paxta, sholi, jo'xori, beda kabi), voqea-hodisalarning nomi (to'y, anjuman, majlis, shodlik, ishonch, kurash) o'rin vaqt nomlari (yoz, kuz, pastlik, tepalik), atab qo'yilgan shaxs va predmetlarning nomi (Toshkent, Zulfiya, Sirdaryo, «O'qituvchi» nashriyot kabi) ifoda etadi.
Shunga ko'ra otlar ma'no jihatdan 2 turga bo'linadi: atoqli va turdosh otlar. Samarqand, Akmal. «Qora ko'zlar» (roman), «Fan» (nashriyoti)-atoqli otlar. Kitob, daftar, kulgi, tinchlik, turdosh otlar.
1)Ot son kategoriyasiga ega, ya'ni predmet anglatuvchi so'zlar birlik va ko'plik sonda qo'llanadi.
2)Ot egalik kategoriyasiga ega, ya'ni predmetning (keng ma'noda predmetlik tushunchasi: shaxs voqea-hodisa va b) uch shaxsdan biriga taaluqligini, qarashliligini, mansubligini bildiradi: menning daftarim, sening ukang, uning quvonchi kabi
3)Ot kelishik kategoriyasiga ega. Otlar oltita kelishik ma'nosiga ega bo'lib, kelishik qo'shimchalari otning otga yoki otning fe'lga tobeligini ifodalaydi: bosh kelshik-kitob, qaratgich kelishik-kitobning., tushum kelishigi-kitobni, jo'nalish kelishigi-kitobga, o'rin-payt kelishigi-kitobda, chiqish kelishigi-kitobdan. (Zulfiyaning kitobi, kitobni sevadi) kabi.
4) Ot so'z yasalish xususiyatlariga ega. Ot va so'z turkumi faol so'z yasalish usullari morfologik, sintaktik; shuningdek faqat ot so'z turkumini yasaydigan abbrevasiya usuli bilan yasaladi: xizmatchi, kulgi, taroq, gulzor, quvonch (morfologik usul bilan); belbog', ko'zoynak, baxt-saodat, ota-ona (sintaktik usul); DAN, ToshDPU (abbreviasiya usuli bilan)
4)Otlarda modal forma yasalishi ham mavjud. Otlarda modal ma'no otning leksik ma'nosiga kichraytirish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon, noaniqlik, kesatiq kabi qo'shimcha ma'nolarni qo'shish bilan hosil qilinadi: qizcha, qo'zichoq, bo'taloq, bolagina, Karimjon, Ra'noxon, un-pun, non-pon kabi.
1)ot ot bilan bog'lanadi. Bosh va qaratgich kelishigidagi otlar ana shunday xususiyatga ega:
2)ot fe'l bilan bog'lanadi. Tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar fe'l bilan bog'lanadi: xatni o'qidi, xatga qaradi, xatda yozilgan kabi;
3)ot ba'zan sifat, ravish, son, olmosh, undovga ham bog'lanadi: osmon tiniq, uylar ko'p, maqsadim shu kabi
4)bosh kelishik shaklidagi ot gapdaega, kesim, sifatlovchi kabi gap bo'laklari vazifasida; undalma, nomenativ gap bo'lib keladi.
Masalan: O'zbekiston-kelajagi buyuk davlat (I.Karimov). Olim kishi o'zining ilmi va odobiga tayanadi. (Oz-oz o'rganib dono bo'lur). Seni ulug'layman, ey ona xalqim (A.O.) Subhidam. Quyosh yotog'idan bosh ko'tardi. (P.Q.)
5)Qaratgich kelishigidagi ot qaratuvchi-aniqlovchi vazifasida keladi; Sen Pushkinning sevgan malagi (A.O.)
6) Tushum, jo'nalish, o'rin-prayt va chiqish kelishigi shaklidagi otlar to'ldiruvchi, hol, ba'zan kesim vazifasini bajaradi.
Masalan: Bayramni munosib mehnat tortiqlari bilan nishonlashdi. (S.A.) Bog'chada daraxtlar oltin rang bilan tovlanardi. (O) Oltin o'tda bilinadi, odam mehnatda (Maqol)
Otlar ma'no jihatdan ikki turga bo'linadi: turdosh otlar va atoqli otlar:
Turdosh otlar. Bir turdagi predmetlarning, hodisalarning umumlashtiruvchi nomi turdosh ot deyiladi: stol, kitob, tanbur, baxt, kulgi, anjuman kabi. Turdosh otlar atoqli otlarga qaraganlar ko'p miqdorni tashkil qiladi. Turdosh otlar kichik harf bilan yoziladi.
Atoqli otlar. Bir xildagi predmet (shaxs) yoki hodisalardan birini ayirib ko'rsatadigan otlar atoqli otlar deyiladi.
Atoqli otlar atab qo'yilgan nomlarni ifodalaydi. Atoqli otlarga quyidagilar kiradi:
Kishilarning ismi va familiyalari: Murod, O'ktam, O'tkir, Maxmudjon, Axmedov
Yozuvchi va shoirlarning taxalluslari: Oybek, Uyg'un, Muqimiy, Furqat
Uy havonlariga atab qo'yilgan nomlar: Lopar, To'rtko'z, Mosh
Planeta, yulduz va sayyoralarning nomlari: Yer, Zuhar, Yetti qaroqchi, Mirrix
Geografik nomlar (shahar, qishloq, tog', daryo, ko'l, cho'l, qit'a nomlari): Toshkent, Marg'ilon, Chotqol, Pomir, Ohangaron, Chirchiq, Osiyo.
Oliy Davlat va yuqori tashkilotlarning nomlari: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Oliy Kengashi
Ilmiy muassasalar, oliy o'quv yurtlari, vazirliklar va korxonalar nomi: Paxtachilik ilmiy-tekshirish instituti, O'rta Osiyo Ipakchilik ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent davlat pedagogik universiteti, Moliya vazirligi, Davlat banki
Yuqori mansab, oliy faxriy unvon nomlari: O'zbekiston Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi raisi, Bosh Qo'mondon.
Turli anjuman, xujjat va rezolyusiyalar, tarixiy sanalar, voqealar nomi: Ulug' Vatan urushi, Mustaqillik kuni, Toshkent anjumani.
Fabrika, zavod, jamoa xo'jaligi, sport jamiyatlari, kino, teatr, kitob, gazeta, jurnal, nomlari: «Sharq yulduzi» xo'jaligi, «Qutlug' qon» romani, «Ma'rifat» gazetasi, «Yosh kuch» sport jamiyati, «Guliston» jurnali
Atoqli otlar ko'plikda qo'llanilmaydi.
Turdosh otlar ifodalangan tushunchaning xususiyatiga ko'ra aniq (konkret) va mavhum (abstrakt) otlarga bo'linadi.
Aniq otlar bevosita predmetni ifoda etadi: uy, shaxar, talaba, eshik. Aniq otlar ifoda etgan predmetni donalab sanash mumkin: ikkita uy, o'nta shahar, beshta talaba kabi. Shuningdek, ko'plik ma'nosini -lar qo'shimchasini qo'shish bilan anglata oladi: uylar, shaharlar, talabalar, eshiklar kabi.
Mavhum otlar predmet sifatida tasavvur qilinadigan noaniq, mavhum, tushunchani ifodalaydi: yaxshilik, baxt, sog'inch, ёg'ingarchilik va boshqalar.
Mavhum otlar donalab sanalmaydi va -lar qo'shimchasi vositasida ko'plik ma'nosi ifodalamaydi.
Turdosh otlar shuningdek, birlik shaklda yakka bir predmetni ifoda etadi. Turdosh otlar shu xususiyatga ko'ra yakka va jamlovchi otlarga bo'linadi.
Yakka otlar birlik shakldagi predmetlardan bittasini yakkalab, ajratib ko'rsatadi: stol, kitob, qalam, uy chamadon. Grammatik jihatdan -lar ko'plik qo'shimchasini olib, ko'plik ma'nosini ifoda eta oladi.
Jamlovchi otlar birlik shakldagi bir xil predmet otlarning to'dasini, jamini anglatadi: xalq, armiya, gala, to'da, poda, ozchilik, ko'pchilik. Demak, jamlovchi otlar grammatik jihatdan birlik shaklda bo'lsa ham, ma'no jihatdan ko'plikni ifodalaydi.
Narsa-buyum, shaxslarning nomi, atamasi bo‘lgan so‘zlar turkumi ot deyiladi. Otlar kim? nima? qayer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Otlar egalik, kelishik kabi so‘z o‘zgartirish, turli ma’no va vazifa uchun qo‘llanuvchi vazifadosh shakllarga hamda o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi.
Otlarning muhim belgilaridan biri ularning sifat, son, olmosh, fe’l va ravish distributsiyasida kelishi, ya’ni ular bilan birika olishidir: katta bino, ikkinchi kurs, barcha inson, kitob o‘qimoq, ko‘p odam.
Ot gapning barcha gap bo‘lagi vazifasida qo‘llanishi mumkin. Otning bu kabi sintaktik vazifasi uning qanday grammatik shakldaligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, otning bosh shakli, ya’ni bosh kelishik, ko‘plik yoki birlik hamda egalik shakli gapda ega, Kesim kabi vazifada keladi: O‘zbekiston-mustaqil davlat. Millatim-o‘zbek. O‘zbekistonim-onajonim.
Mustaqil so‘zlar ot turkumiga munosabati nuqtai nazardan ikki guruhni tashkil etadi: 1) ot tipidagi so‘zlar. Bu guruhga otlar kabi kim? nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, otga xos grammatik shakllarda bevosita qo‘llana oladigan olmoshlar (men, sen, biz, har kim, nimadir), jamlovchi sonning –ov, -avlon affiksli turi (ikkov, ikkavlon), fe’lning harakat nomi shakli (o‘qish, yozuv) kiradi; 2) otlashuvchi so‘zlar. Bu guruhga grammatik son, egalik, kelishik shakllaridan birida qo‘llanilib, muayyan matn doirasidagina ot vazifasida ishlatlishi mumkin bo‘lgan sifat, son va ular o‘rnida qo‘llanadigan olmoshlar (qanday, qancha, nechta), ba’zi bir ravishlar, fe’lning sifatdosh shakli kiradi.
|
| |