|
Reja: «Personal» tushunchasining mazmuni, boshqarish subyektlari va obyektlari
|
bet | 4/5 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 16,52 Kb. | | #143072 |
Bog'liq Reja «Personal» tushunchasining mazmuni, boshqarish subyektlari-fayllar.org3. Personalni boshqarish vazifalari
Personalni boshqarish vazifalari u yoki bu boshqaruv jarayoni doirasida odamlarni boshqarish tadbirlaridan farq qilib, boshqarishning muayyan funksional mustaqil jarayonlaridan iborat.
Ularning maqsadli yo‘nalishi ishlab chiqarish tashkiloti umumiy strategiyasining tarkibiy qismi bo‘lgan ijtimoiy strategiya bilan belgilab berilgan. Personalni boshqarish tizimining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
— firmaga o‘z maqsadlariga erishishida yordam berish;
— firmani malakali va manfaatdor xodimlar bilan ta’minlash;
— personalning mahorat va qobiliyatlaridan samarali foydalanish;
— personalning asoslash tizimlarini takomillashtirish;
— barcha kategoriyadagi personalning mehnatdan qoniqish darajasini
oshirish;
— qulay axloqiy vaziyatni saqlash; — personalning malakasi va kasbga doir ma’lumotini oshirish tizimini rivojlantirish va yuqori darajada saqlash;
— martabani - xizmat sohasida ko‘tarishni rejalashtirish;
— personalning ijodiy faolligi, firmaning innovatsiya rejalarini amalga oshirishda yordam berish;
— personalning faoliyatiga baho berish va boshqarish hamda ishlab chiqarish sohasidagi personalni attestatsiyadan o‘tkazish usullarini takomillashtirish, boshqarish personalining barcha xodimlar bilan aloqasini o‘rnatish;
— turmushning yuqori sifat darajasini ta’minlash;
— uning mazkur firmada ishlash jarayonining maroqli qilish darajasini ta’minlash.
Tashkilotda ishning samaradorligi vertikal mehnat taqsimotining darajasi va bosqichlaribilanbelgilanadi.
Boshqarish mehnati ijtimoiy mehnatning alohida toifasi sifatida ajralib chiqdi,
chunki boshqarish faoliyat sifatida barcha birgalikda amalga oshiradigan mehnatga
xosdir.
Keng tushunchada boshqarish — bu tashkilotni maqsadga erishish va
shakllantirish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashkil qilish, motivlashtirish
va nazorat jarayonidir. Ya’ni boshqarish mehnati — bu asosiy vazifasi butun
mehnat jamoasi va birgalikda mehnat jarayonining alohida qatnashchilari
faoliyatining maqsadli yo‘nalishi, moslashishini ta’minlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy
mehnat turidir.
|
| |