• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Personalni boshqarishda axborot texnologiyalari




    Download 16,52 Kb.
    bet5/5
    Sana22.01.2024
    Hajmi16,52 Kb.
    #143072
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Reja «Personal» tushunchasining mazmuni, boshqarish subyektlari-fayllar.org

    4. Personalni boshqarishda axborot texnologiyalari
    Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi personalni boshqarish xizmatida ham axborot texnologiyalarini joriy etishning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonuni hisoblanadi.
    Axborot texnologiyalari davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zo‘zini boshqarish organlari, jamoatchilik birlashmalarining axborotga bo‘lgan extiyojlarini qondirish uchun eng maqbul shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgandir.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-sonli «Axborotlashtirish sohasida normativhuquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish, axborotlarni hujjatlashtirish tartibi belgilab qo‘yilgan.
    Ushbu qarorga asosan hujjatlashtirilgan axborot, mulk huquqi obyekti hisoblanadi va tegishli rekvizitlar bilan birgalikda axborot manbaida qayd etilgan alohida hujjat yoki jami hujjatlar shaklida, shu jumladan, elektron hujjat shaklida bo‘ladi.

    Personal boshqarilishini axborotlashtirishga tizimli yondashuv talab etiladi. Bunday yondashuv quyidagi bosqichlardan iboratdir:
    — personalni boshqarish jarayonlarini axborotlashtirishni
    loyihalashdan avval tadqiq etish;
    — personalni boshqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlash tizimini loyihalash;
    — tizim yaratilishini tegishli texnik vositalar bilan ta’minlash;
    — tizimni sinab ko‘rish, tegishli o‘zgartirishlar kiritish, personalni boshqarishni ta’minlash, avtomatlashtirilgan tizimni
    joriy etish;
    — personalni boshqarish xizmati xodimlarini avtomatlashtirilgan tizimda ishlashga o‘rgatish, ularni tegishli yo‘riqnomalar
    va uslubiy materiallar bilan ta’minlash.
    Ana shu bosqichlarning dastlabkisi — loyihalashdan avval tadqiqotlar o‘tkazishda quyidagi masalalarni chuqur tahlil etib chiqish talab etiladi:
    — personalni boshqarish xizmati funksiyali tarkibi va uning axborot faoliyati;
    mavjud axborot resurslari ;
    — axborot ehtiyojiga ega axborot oqimlari;
    — axborot oqimlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari va uning maqsadga muvofiqligi.

    Personal boshqarilishini avtomatlashtirish vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan kompleks avtomatlashtirish va kompyuterlash tizimi quyidagicha sxema ko`rinishi bo‘lishi mumkin.



    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-sonli «Axborotlashtirish sohasida normativ huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori
    2. “O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to’plami” 2019-yil 19-avgust, 33-son, 570-modda
    3. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
    3. Lex.uz
    4. “Xalqso’zi”, 2019- yil, 21-avgust
    5. QosimovF.M Menejment: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik, T:. O’zbekiston, 2002
    G’ulomov.

    http://fayllar.org


    http://fayllar.org
    Download 16,52 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 16,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Personalni boshqarishda axborot texnologiyalari

    Download 16,52 Kb.