• Reja
  • Avtotroflar va geterotroflar
  • Avtotroflar
  • Reja: Reja: Asosiy tushunchalar




    Download 2,95 Mb.
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,95 Mb.
    #241968
    Bog'liq
    Oziq zanjiri

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta‘lim yo’nalishi IV kurs 404-guruh talabasi Raximboyeva Saboxatning tayyorlagan taqdimoti

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta‘lim yo’nalishi IV kurs 404-guruh talabasi Raximboyeva Saboxatning tayyorlagan taqdimoti

    Reja:

    Reja:


    Oziq zanjiri va ekologik piramida qoidasiga oid masala va mashqlar yechish metodikasi

    Asosiy tushunchalar:

    • Asosiy tushunchalar: Produtsentlar yoki avtotrof organizmlar oʻzlari uchun kerakli boʻlgan organik moddalarni hosil qiladi. Konsumentlar yoki geterotrof organizmlar esa boshqa organizmlarni isteʼmol qilish orqali ulardagi organik moddalarni oʻzlashtiradilar.
    • Oziq zanjiri bu organizmlarning chiziqli ketma-ketligi boʻlib, bir organizm boshqasi bilan oziqlanishi natijasida oziq moddalar va energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga oʻtishidan iborat

    Oziq zanjirida har bir organizm turlicha trofik darajani egallaydi va bu zanjir asosidagi qismdan qancha energiya ajralib, zanjirning keyingi qismiga oʻtishiga koʻra farqlanadi.

    • Oziq zanjirida har bir organizm turlicha trofik darajani egallaydi va bu zanjir asosidagi qismdan qancha energiya ajralib, zanjirning keyingi qismiga oʻtishiga koʻra farqlanadi.
    • Oziq toʻrlari bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan koʻplab oziq zanjirlaridan iborat va ular ekotizimdagi ozuqa isteʼmoli munosabatlarining grafik ifodasi hisoblanadi.
    • Trofik darajalar oʻrtasida energiyaning biridan ikkinchisiga oʻtish unumdorligi past, yaʼni taxminiy unumi 10% ga teng. Bu kamunumlik oziq zanjiri davomliligini chegaralaydi

    Avtotroflar va geterotroflar

    • Oziq topish uchun organizmlar qanday asosiy jarayonlarni qoʻllaydi? Baʼzi organizmlar karbonat angidrid kabi oddiy molekulalardan oʻzlari uchun ozuqa boʻladigan organik birikmalarni hosil qilgani uchun oʻz-oʻzidan oziqlanadigan turlar sifatida maʼlum va ular avtotroflar deb nomlanadi. Avtotroflar ikkita asosiy turga ajratiladi

    Fotoautotroflar, masalan, oʻsimliklar fotosintez jarayonida quyosh energiyasidan foydalanib karbonat angidriddan organik birikmalar – qand moddalarni hosil qiladi. Fototrof organizmlarga yana suvoʻtlar va sianobakteriyalarni ham misol qilib keltirish mumkin.

    • Fotoautotroflar, masalan, oʻsimliklar fotosintez jarayonida quyosh energiyasidan foydalanib karbonat angidriddan organik birikmalar – qand moddalarni hosil qiladi. Fototrof organizmlarga yana suvoʻtlar va sianobakteriyalarni ham misol qilib keltirish mumkin.
    • Xemoavtotroflar kimyoviy energiyadan foydalangan holda karbonat angidrid va shu kabi molekulalardan organik birikmalar hosil qiladi. Bu jarayon xemosintez deb nomlanadi. Misol uchun, suvostining yorugʻlik yetib bormaydigan qorongʻi qismlarida vodorod sulfidni oksidlovchi xemoavtotrof bakteriyalar uchraydi

    Avtotroflar

    • Avtotroflar sayyoramizdagi har bir ekotizimning asosi hisoblanadi. Bu gʻaroyib eshitilishi mumkin, lekin bu mubolagʻa emas. Avtotroflar oziq zanjirlari va oziq toʻrlarining asosini shakllantiradi, ular yorugʻlik va kimyoviy moddalardan oladigan energiya tabiatdagi barcha boshqa organizmlarni taʼminlaydi. Oziq zanjirlari haqida gap borganda, biz avtotroflarni produtsentlar deb ataymiz.

    Produtsentlar bilan oziqlanuvchilar birinchi tartib konsumentlar deb ataladi. Birinchi tartib konsumentlar odatda oʻsimliklar bilan oziqlanuvchi oʻtxoʻrlardan iborat, shu bilan birga, suvoʻtlar va bakteriyalar bilan ham oziqlanishi mumkin.

    • Produtsentlar bilan oziqlanuvchilar birinchi tartib konsumentlar deb ataladi. Birinchi tartib konsumentlar odatda oʻsimliklar bilan oziqlanuvchi oʻtxoʻrlardan iborat, shu bilan birga, suvoʻtlar va bakteriyalar bilan ham oziqlanishi mumkin.
    • Birinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi organizmlar ikkinchi tartib konsumentlar deb nomlanadi. Ikkinchi tartib konsumentlar asosan goʻsht bilan oziqlanuvchi yirtqich hayvonlardan iborat.
    • Ikkinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi organizmlar uchinchi tartib konsumentlar deb nomlanadi. Bular burgut yoki katta baliq kabi yirtqichlar bilan oziqlanuvchi yirtqichlarni oʻz ichiga oladi.
    • Baʼzi oziq zanjirlarida toʻrtinchi tartib konsumentlar kabi qoʻshimcha darajalar ham mavjud, yaʼni uchinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi yirtqich hayvonlar. Oziq zanjirining eng yuqorisidagi organizmlar yuqori konsumentlar deb nomlanadi

    Quyidagi jadvalda bu darajalarga misollarni koʻrishimiz mumkin. Birinchi daraja produtsent – yashil suvoʻt birinchi tartib konsumentlar – mollyuskalar tomonidan isteʼmol qilinadi. Mollyuskalar ikkinchi tartib konsument “Cottus cognatus” turkumiga kiruvchi shilimshiq mayda baliqlar uchun tushlikka aylanadi, oʻz navbatida, bu baliqlar ham uchinchi tartib konsument boʻlgan kattaroq baliq – Chinuk losos baligʻining ozuqasiga aylanadi

    Quyidagi jadvalda bu darajalarga misollarni koʻrishimiz mumkin. Birinchi daraja produtsent – yashil suvoʻt birinchi tartib konsumentlar – mollyuskalar tomonidan isteʼmol qilinadi. Mollyuskalar ikkinchi tartib konsument “Cottus cognatus” turkumiga kiruvchi shilimshiq mayda baliqlar uchun tushlikka aylanadi, oʻz navbatida, bu baliqlar ham uchinchi tartib konsument boʻlgan kattaroq baliq – Chinuk losos baligʻining ozuqasiga aylanadi


    Download 2,95 Mb.




    Download 2,95 Mb.