|
Sanoat korxonalarining xonalari
|
bet | 4/7 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 28,65 Kb. | | #150855 |
Bog'liq Asosiy talablar-fayllar.org4. Sanoat korxonalarining xonalari
Sanoat korxonalarining xonalari texnologik jarayon talablariga va tayyorlanadigan rnahsulot katta-kichikligiga qarab quriladi. Korxonaning umumiy sexlarida liar bir ishchi uchun kamida 15 m3 hajmdagi maydon to'g'ri kelishi, bunda minimal maydon 4,5 m2 dan kam bo'lmasligi va binoning balandligi kamida 3,2 m bo'lishi sanitariya qoidalarida chegaralab qo'yilgan.
Har xil sanoat chiqindilari va issiqlik ajralib chiqadigan texnologik jarayonlar bo’lganda (bunda issiqlik ajralishi 20 kkal m2 - 1 soatda), shuningdek, titrash manbalari mavjud bo'lsa, bunday sanoat korxonalari uchun bir qavvatli bino qurish sanitar-gigienik nuqtayi nazaridan qulay hisoblanadi.
Agar ko'p qavatli binolarga joylashgan mashinasozlik sanoati korxonalarida yuqorida ko'rsatilgan sexlarni eng oxirgi qavatga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar bunday sexlar qavatlar o'rtasiga joylashtirilsa, zararli chiqindilr va issiqlik boshqa qavatlarga ham o'tib ketib, ularning zararlash maydonlarini oshirib yuboradi. Zararli moddalar ajratadigan yoki ko'plab issiqlik chiqaradigan jihozlarni ayrim xonalarda iloji boricha xonaning chekka tomonlariga devorlar yaqiniga o'rnatiladi. Mashinasozlik sanoatida bunday xonalarga temirchilik sexlari, lak-bo'yoq ishlarini bajaradigan uchastkalar va detallarga galvanik ishlov berish sexlari joylashgan bo'ladi.
Har xil sanitar-gigienik sharoitga ega bo'lgan ishlarni bir xonada joylashtirilganda, ularning zararlovchi omili ta'siri boshqalarga ham ta'sir qilmasligini ta'minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunda, masalan, havo dushlari, zararli mashinalarni ajratish, havo to'siqlari va boshqalardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish xonalarini yerto'lalarga joylashtirish, texnologik jarayon uchun zarur bo'lgan ayrim hollardagina yo'l qo'yiladi.
Xonalarga tabiiy yorug'lik tushishi muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham yoruglik tushiruvchi deraza va tuynuklarning joylashishiga alohida e'tibor beriladi va bular albatta hisoblab chiqiladi. Tepa tomondan yorug'lik tushishini ta'minlovchi fonarlar holatiga alohida e'tibor berish zarur. Chunki sanoat korxonalarida zaharli moddalar chiqishini hisobga olib, sanoat korxonasi shamollatish vositalari bilan jihozlanishidan qat'i nazar, uni shamollatishning ma'lum vositalari bilan jihozlash zarur hisoblanadi. Mana shu shamollatish vazifasini yorug'lik tushirishni ta'minlovchi fonarlar amaiga oshiradi. Shuning uchun ham yorug"lik tuynuklarining 20% i ochiladigan vositalar bilan ta'minlanadi va shamollatish vazifasini bajaradi. Yon tomonga o'rnatilgan derazalar ham shu vazifani bajaradi.
Binolarning devor va shiftlariga ham alohida e'tibor beriladi. Ular ishchilarni sovuq va zax havodan saqlashi bilan birga zaharli modda va gazlarni shimib olmasligi va bunday moddalarni undan yuvib yuborish oson bo’lishi kerak. Binolarning tashqi devorlari albatta qiyin yonadigan yoki yonmaydigan qurilish konstruksiyalaridan tayyorlanadi (masalan, g'isht, beton, temir-beton va metall konstruksiyalar). Ular bundan tashqari issiqlikni saqlash qobiliyatiga ham ega.
Namlik ko'p bo'ladigan sanoat korxonalari binolari (masalan, detallarni yuvish, bo'yash, galvanika uchastkalari) devorlari va shiftlari suv va namlikni o'tkazmaydigan qilib tayyorlanadi.
Ba'zi bir juda zaharli va yemiruvchi xususiyatga ega bo'lgan moddalar bilan ish bajaradigan (masalan, simob, qo'rg'oshin, mishyak, benzol, kislotalar, oltingugurtli gazlar va boshqalar) xonalarda, bino devorlari, pollari va shiftlari bu moddalarni) o'ziga jamlab yoki shimib olmasligi, oson yuvib tashlash murnkin bo'lgan materiallar bilan qoplanadi.
Ma'lumki ba'zi bir moddalarning bug'lari (simob, tetraetilv qo'rg'oshin va boshqalar) hattoki, uncha katta bo'lmagan miqdorlarda ham devor va shift yuzalariga o'tirib qolishi va uzoq| muddat undan ajralib chiqib, ishlab chiqarishda band bo'lgan kishilarning surunkali zaharlanish hodisalari uchraydi. Shuning uchun ham bunday binolarning devorlari nitroemal yoki boshqa turdagi turg'in bo'yoqlar bilan bo'yaladi.
Masalan, sanoat korxonalari. Binolarida galvanik ishlarini bajaradigan, simob bilan ishlatiladigan asboblarni ta'mirlashda foydalaniladigan, shuningdek, moy bilan ishlatiladigan qurilmalan yig'iladigan, akkumulatorlar zaryadlanadigan xonalarning devorlari 2 m gacha balandlikda sopol plitkalar bilan qoplanadi.
Ba'zi bir ko'p chang ajralish bilan boradigan ishlar bajariladigan xonalarda (masalan, quymalarni qum oqimi bilan tozalash, shlifovka qilish va boshqalar) chang so'rish vositalarini o'rnatish, pol va bino devorlarini suv bilan yuvib tozalash imkonini beradigan qilib bajarish kerak.
Demak, har bir xonani ish bajarish turi, xili va holatiga qarab jihozlanadi va bunda sanitariya qoida va me'yorlariga to’la amal qilinadi. Sanoat korxonalari xonalari pollariga ham alohida ahamiyat beriladi. Pollar issiq, mustahkam, tarang bo'lib, ba'zi bir zarbalarga chidash berishi va yetarli miqdorda yukni ko'taraolishi kerak. Undan tashqari sirpanchiq bo'lmasligi va tozalashga qulay bo'lishi kerak.
Mexanika va asbobsozlik sexlarida bino pollari issiqlikni saqlovchi materiallardan tayyorlanadi.
Agar ba'zi bir sexlarda polga ishqor yoki kislota to'kilishi xavfi bo'lsa, bunday sexlarning pollari sopol plitkalar bilan qoplanadi. Yong'inga xavfli sexlarda pollar yonmaydigan yoki olov ta'siriga chidaydigan materiallardan tayyorlanadi. Shuningdek, kislota va ishqorlar bo'lgan sexlarda ularni yuvib yuborish imkoniyatini beradigan oqova uchastkalari ta'minlanadi.
Ko'plab yog' mahsulotlari to'kilishi mumkin bo'lgan xonalarning poli ham sopol plitkalar bilan qoplanadi yoki betondan juda silliq qilib tayyorlanadi.
Har qanday sanoat korxonasi xonalari yong'in bo'lgan taqdirda odamlarni u yerdan chiqarib yuborishning eng qisqa ya xavfsiz yo'llari bilan ta'minlanadi. Shuning uchun sanoat korxonalari har qanday binosida kamida ikkita chiqish yo'li bo'lishi va bular iloji boricha qarama-qarshi tomonga chiqishi kerak. Korxonaning hamma eshik va darvozalari albatta tashqariga ochilishi kerak. Har bir sanoat korxonasi uchun eng uzoq ish joyidan tashqariga chiqishgacha bo'lgan vaqt muddati belgilanadi.
Ishchilarni ish joylaridan tashqariga chiqarib yuborish vaqti 3 minutdan ortiq bo'lmasligi kerak.
|
| |