|
Reja: Sanoat korxonalarini qurish va ishlatishga qo'yiladigan
|
bet | 1/7 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 28,65 Kb. | | #150855 |
Bog'liq Asosiy talablar-fayllar.org
Asosiy talablar
Korxonalarda ishchilarni mehnatini muhofaza qilishni tashkillashtirish
Reja:
1. Sanoat korxonalarini qurish va ishlatishga qo'yiladigan
2. Mashinasozlik sanoati korxonasini qurish uchun maydon tanlash
4. Sanoat korxonalarining xonalari
5. Sanoat korxonalarini suv bilan ta'minlash va kanalizatsiya tizimlari
6. Yordamchi bino va yordamchi xonalar
1. Sanoat korxonalarini qurish va ishlatishga qo'yiladigan
asosiy talablar
Sanoat korxonalarini qurishda birmuncha ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy masalalarni yechibgina qolmasdan, ushbu sanoat korxonasi qurilayotgan aholi yashaydigan maskanning ekologiya muvozanatiga ham e'tibor berish juda muhim masalalardan biri ekanligiga ahamiyat berish zarur.
Har qanday sanoat korxonasi xalq xo'jaligiga zarur bo'lgan sanoat mollarini ishlab chiqarishdan qat'i nazar, birinchidan, uni o'rnashtirilishi mumkin bo'lgan joyning asosiy xususiyatlarini o'rganishni taqozo qiladi. Chunki sanoat korxonasi har qancha bezarar deb topilgani bilan, uning ishlab chiqarishi tarkibida ma'him miqdorda xavfli holatlar ham mavjudki, bularni hisobga olmaslikning mutlaqo iloji yo'q. Masalan, hozirgi zamonaviy texnologiya jarayonlari butunlay chiqindilarsiz ishlashi mumkin emas. Bu chiqindilar ma'lum miqdorda suv havzalarini, ko'pgina qismi esa atrof-muhitni ifloslaydi. Albatta hozirgi zamon texnologik jarayonlarida ifloslangan suvni tozalash vositalari, shuningdek, changli havoni tozalash qurilmalari mavjud. Lekin shuni unitmaslik kerakki, bu havo tozalash qurilmalarining samaradorligi nihoyatda past, suv tozalash vositalari esa ma'him bir qancha kamchiliklardan holi emas. Bundan tashqari suv tozalash qurimalarining aksarisi ma'lum miqdorda yig'ilgan suvni tozalaydi. Shuning uchun bu suvlar biror bir falokat yoki tabiiy ofat, masalan, suv toshqini, jala yog'ishi natijasida suvlarni ifloslanganlarini oqizib ketishi, atrofdagi serhosil yerlarni, bog'-rog'larni vayron qilishi, zaharlashi va odam yashashi mumkin bo'lmagan holatni vujudga keltirishi mumkin.
Yuqorida taxmin qilinganlardan ko'rinib turibdiki, sanoat korxonalarini aholini suv bilan ta'minlaydigan daryolar, ariqlar va ko' liar yaqiniga qurish mumkin emas.
Bundan tashqari sanoat korxonalaridan faqatgina ifloslangan suv emas, balki atrof-muhitni ifloslantiruvchi ko'pgina kimyoviy moddalar, masalan, bo'yash sexlaridan ajraladigan bo'yoqlar tarkibidagi parchalanib ketuvchi moddalar: kselol, toluol, atseton, uayt-spirt va boshqalarni ko'rsatish mumkinki, bular uchun hozirgi vaqtda samarali havo tozalagichlar yo'q.
Bunday moddalar birmuncha miqdordagi tozalanmagan havo tarkibidagi changlarga qo'shilib mutlaqo salbiy holatlarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sanoat korxonalarini qurishda
ushbu aytilgan zararliklarni hisobga olgan holda ish olib borish, har bir mutaxassisning muqaddas burchidir. Bu ishga sovuqqonlik bilan qarash butun tabiatga, ekologik muvozanatga, bu bilan birga kishilarning yashayotgan maskanlarining umumiy sog'lomligiga va bu bilan butun avlodlar oldida javobgarlik hissiga sovuqqonlik bilan qarash demakdir.
|
| |